Seminar mashg’ulotlari mavzulari


Tinglovchi odam boshini qo'liga tiralib olsa, hozir gapirilayotgan gaplarga uning qiziqishi  so'nayotganligini anglatadi.  



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

 
Tinglovchi odam boshini qo'liga tiralib olsa, hozir gapirilayotgan gaplarga uning qiziqishi 
so'nayotganligini anglatadi. 

 
Agarda odam kafti bilan boshi orqasini ishqalasa va ko'zini olib qochsa, demak u yolg'on 
gapirayotgan bo'ladi. 

 
Barmog'ini og'ziga solish - bu odam shu payt qo'llab- quvvatlashga, rag'batlantirishga 
muhtojligini bildiradi. 

 
Qo'li bilan stolni yoki boshqa bir buyumni taqillatib o'tirish, odamning sabrsizligini bildiradi. 

 
Kaftini ochib o'tirish uning samimiy, ishonuvchan va 
halolligini bildiradi. 

 
Kaftini yopib o'tirish, aksincha, samimiy emasligini bildiradi. 
Agarda odam sekin, so'zlarni tanlashga harakat qilib va o'zining nutqini nazorat qilib borsa u 
ichki psixologik k eskinlikni his qilayotgan bo'ladi. Mijozning psixolog-maslahatchiga qattiq e'tirozi 
mijoz o'ziga va o'zi aytgan gaplar haqiqat ekanligiga to'la ishonmasligini bildiradi. 


2-qoida.
Psixolog maslahatchi mijozga tayyor maslahatlarni emas, balki yo’zaga kelgan 
muammoni hal etishda ularga amal qilish osonligi yoki qiyinligi nuqtai-nazaridan shaxsiy baholarni 
ham berishi kerak. Yakuniy mustaqil qaror qabul qilar ekan, mijoz usullardan birini tanlaganida 
qandaydir foydaga ega bo'lishi va deyarli albatta, qo'ldan boy berishi mumkinligini o'zi tushunib olishi 
kerak. 
3-qoida
. Mijozga o'zi uchun eng mos keladigan deb hisoblagan xulqi usulini o'zi tanlashiga 
imkon berish zarur. Hech kim mijozning shaxsiy xususiyatlarini va hayot sharoitini o'zichalik bila 
olmaydi. Shuning uchun eng to'g'ri yechimni topa olmaydi. To'g'ri, mijozning o'zi ham xatoga yo'l 
qo'yishi mumkin. Shuning uchun psixolog- maslahatchi mijozga mustaqil qaror qabul qilish imkonini 
berish bilan birga baribir o'zining nuqtai nazarini ham aytishi kerak. Unday hollarda maslahatchi va 
mijoz bir oz vaqtga go'yo nomlarini almashtirishlari, psixolog-maslahatchi tomonidan unga amaliy 
yordam ko'rsatishning eng ma'qul shakllaridan hisoblanadi. Psixolog-maslahatchi mijozdan muammoni 
yechimini asoslab tushuntirib berishini so'raydi. O'zi esa uni diqqat bilan tinglab, savollar b eradi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə