Seminar mashg’ulotlari mavzulari


Konsultatsiyani ochiq savollar bilan boshlash



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/62
tarix16.02.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#100861
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
4 KURS MASLAXAT SEMINAR BARCHA MAVZULAR

Konsultatsiyani ochiq savollar bilan boshlash
; bunda psixolog konsultatsiya jarayonini boshlashga 
kirishar ekan, avvalo, patsientga ochiq savollar bilan murojaat qilishi lozim bo’ladi. patsient bilan tanishganidan 
so’ng, eng avvalo, ushbu konsultatsiyadan mijoz nima kutayotganligini so’rash zarur. buni bilish konsultatsiya 
samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari mijoz bilan psixologning bir- birlarini yana ham yaxshiroq 
tushunishlariga ko’mak beradi. 

Psixolog noaniqliklar yoki psixologik muammo
kelib chiqishidagi tafsilotlarda noaniqliklar 
yo’zaga kelib, konsultatsiya samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi uchun ochiq savollar orqali masalani 
oydinlashtirib olishi foydadan holi emas. Shunaqa vaziyatlar bo;’ladiki, patsient biror vaziyatga qanday munosabat 
bildirganini ya’ni o’z emotsiyalarini, o’z ruhiy holatini psixologga yetkazib bera olmaydi. Masalan, erining 
xiyonatidan xabar topgan patsientdan ayni damda qanday hislar o’tayotganini psixolog “Siz bundan xabar 
topganingizdan so’ng ichingizdan qanday hislar o’tdi?” kabi savollarni berish orqali patsientda nafrat hissi kuchlimi 
yoki bu voqea natijasida o’ziga beradigan bahosi tushib ketganmi kabi savollarga aniqlik kiritish mumkin. 
Psixolog qabuliga kelayotgan patsientlarning ham turli tiplari bo’ladi. ba’zi patsientlar psixolog 
konsultatsiyasiga kelayotgan bo’sa-da, unga ichidan qiynayotgan hislarni ochiq oydin aytavermaydi. Shunday 
“Yopiq” patsientlar bilan ishlashda ham ochiq savollarning roli bo’lakchadir. 
Bunda faoliyatni tinglash, takrorlash 
va oydinlashtirishdan foydalanish yaxshi samara beradi.

 
Patsientning arzini qayd etib borish va umumlashtirish;
Ma’lumki, psixolog ho’zuriga kelgan 
patsient o’zi yoki atrofdagi odamlar sabab turli ruhiyatida turli ichki noroziliklar kelib chiqqan inson sanaladi. 
Psixolog esa bu noroziliklarni bilishi hamda ularni bartaraf etishi lozim. Shuning uchun ham patsient shikoyatlarini 
qayd etib, oxirida ularni umumlashtira olish psixolog faoliyatining muhim mazmuniy jihatlaridan biridir.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə