Sentabr/oktabr o’zbekistonda ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy maqomi


Keywords:  Mass media, speech, diversity of opinion, censorship, freedom of speech,  newspaper, magazine, television, radio, internet



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#156076
1   2
o-zbekistonda-ommaviy-axborot-vositalarining-konstitutsiyaviy-maqomi

Keywords: 
Mass media, speech, diversity of opinion, censorship, freedom of speech, 
newspaper, magazine, television, radio, internet.
 


144
2022-SENTABR/OKTABR 
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarning jamiyat hayotida tutgan o’rni va 
ahamiyati, ular tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalarning o’rni juda katta. Ommaviy 
axborot vositalari jamiyatdagi eng kuchli, jamiyat taraqqiyotini qanday bo‘lishini 
belgilovchi vositalardandir. 
Ommaviy axborot vositalari orqali, inson ongiga ta'sir qilinadi. U orqali 
konstitutsiyada belgilangan turli fikrlilik, fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari 
hisoblangan so‘z erkinligi, erkin fikr bildirish ro‘yobga chiqadi. 
Joriy konstitutsiyamizning 67-moddasiga ko’ra esa,

Ommaviy axborot vositalari 
erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan 
tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” – deyilganligi, OAVning 
konstitutsiyaviy maqomining isbotidir.
Konstitutsiyasining 67-moddasiga asosam, ommaviy axborot vositalari erkin ishlashi 
kerak va qonunlar asosida o‘z faoliyatini tashkil qilishi kerakligi mustahkamlangan. 
Ommaviy axborot vositalari vazifalarini
ko‘radigan bo‘lsak, ular quyidagilardan 
iborat : 
aholida tegishli fikrlarni shakllantiradi; 
bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ma'lumot berib boradi; 
turli fikrlilik, so‘z, fikr erkinligini ta'minlaydi; 
turli idoralar, siyosiy institutlar manfaatini ifodalaydi; 
fuqarolarni huquq va erkinliklarini himoya qiladi; 
demokratik jarayonlarning chuqurlashuviga hissa qo‘shadi. 
Konstitutsiyamizda 
Ommaviy 
axborot 
vositalarining 
huquqiy 
maqomi 
mustahkamlanganligini, 12-moddada, ya’ni, “Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida 
o‘rnatilishi mumkin emas”, yoki 29-moddada, “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi 
huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, 
amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan 
boshqa cheklashlar bundan mustasnodir” – kabi normalarda o’z ifodasini topgan.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha 
olib borilgan ishlar natijasida ularni erkinligini ta'minlovchi qator huquqiy hujjatlar qabul 
qilindi. 


145
2022-SENTABR/OKTABR 
Jumladan
: 1996-yil 30-avgustdagi “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”, “Mualliflik 
huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”, 1997-yil aprelda qabul qilingan “Axborot olish 
kafolatlari va erkinligi to‘g‘rsida”, “Jurnalistik faoliyating himoya qilish to‘g‘risida”, 
1997-yil dekabrda qabul qilingan, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” qonunlar 
shular jumlasidandir. 
Bu qonunlar ommaviy axborot vositalarini erkinligini ta'minlashga, ularni faoliyatini 
takomillashtirishga qaratilgandir.
 
Mamlakatimizda maxsus “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonun amal qilib, 
unda “Davlat tomonidan qo‘llaniladigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yilgan 
alohida axamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy 
va o‘zga ma'lumotlr O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi” – bunday 
malumotlarni oshkor qilishga hyech qanday jurnalist, ommaviy axborot vositalari haqli 
emas. 
Konstitutsiyasining 67-moddasida “Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” – degan qoida 
mavjud. Senzura ma'lumotlarni elon qilingunga qadar o‘qish, uni tarqatish, qo‘shimcha 
kiritish, yoki umuman nashr qilishni cheklashdir. Ommaviy axborot vositalarida 
qilinayotgan ma'lumotlarda davlat siriga zid, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi ma'lumotlar 
bo‘lmasa, ularni o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, ayrim larini olib tashlashga yo‘l 
qo‘yilmaydi degan qodia shu ma'noni beradi. 
Ommaviy axborot vositalarida senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi qoidasini konstitutsiyaga 
kiritilishi sababi, avvalgi tuzum(sovet tuzumi)da ommaviy axborot vositalari nashriy 
faoliyati nihoyatda senzuralashgan, hyech qanday ma'lumot avvaldan o‘qib chiqmasdan, 
tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritmasdan, ayrim joylari olib tashlanmasdan nashr 
qilinmas edi. 
Senzura ommaviy axborot vositalarining erkinligini, umuman so‘z, fikr erkinligi 
cheklovchi kuchli vosita edi. Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatida 
senzuraga yo‘l qo‘yilmasligining belgilovchi qoidani kiritilganligi, ommaviy axborot 
vositalarini erkinligi, umuman jamiyatda so‘z, fikrlash erkinligini ro‘yobga chiqaruvchi, 
ta'minlovchi muhim shart hisoblanadi. 
Senzura yo‘qligi ommaviy axborot vositalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni bo‘lishini, 


146
2022-SENTABR/OKTABR 
kuchayishini, jurnalistlarni ijodiy tashabbuskorlik faoliyatini rivojlanishini ta'minlovchi 
muhim vositasidir. 
Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga taalluqli barcha qonunlarda ham senzuraga 
yo‘l qo‘ymasligini belgilab qo‘yilgan. 
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunlarda qanday masalalarda 
ma'lumotlar oshkora qilishmasligi ham belgilab qo‘yilgan. Bular xavfsizlik, fuqaro 
manfaatlaridan kelib chiqa 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Allan Ides Christopher N. May Constitutional Law - Individual Rights. Fifth Edition 2012. 
2. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O’zbekiston” 2019 
3. B.T. Musayev, K.R. Aliyeva, B.Narimanov “O’zbekiston Respublikasining 
konstitutsiyaviy huquqi” Darslik. T. 2019 
4. A. Azizxo‘jayev va boshq. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh. T., 
«O‘zbekiston», 2008. 
5. O.T.Husanov Konstitutsiyaviy huquq atamalari. T.,«Sharq», 2015. 
6. O.T.Husanov “Konstitutsiyaviy huquq” T.”ILM-ZIYO” 2017 
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə