«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə200/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

3. Reorientatorning izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati
Reorientatsiya (qayta kasbga yo‘llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini turmushga tatbiq etishga zarur shart – sharoit yaratadi. inson omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas, istak – xohish ushalishga negiz vujudga keltiradi. Ko‘p profilli kasb – hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg‘usini jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi.
Reorientatsiya inson imkoniyatini qaytatdan sinashning manbai hisoblanib, o‘zini o‘zi kashf qilishi, o‘zini – o‘zi boshqarishi, o‘zini o‘zi tashkillashtirish, o‘zini–o‘zi baholash, o‘zini–o‘zi refleksiyalash, o‘zini–o‘zi identifikatsiyalash kabi shaxs fazilatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Maktab o‘quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash demakdir. O‘quvchilarning idividual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘quvchilarni (o‘z imkoniyatlarini o‘zi baholashorqali) mustaqil kasb tanlashga o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi.
Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo‘l-yo‘riqlar va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shaxobchalari kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko‘lami orttirilishi lozim. Bu borada Respublika tashxis Markazining 2003 yil ma’lumotlari juda qiziqarli va ba’zan munozaralidir. Bularni quyidagi raqamlarda ham ko‘rish mumkin: Respublika bo‘yicha 9-sinflarni bitirgan o‘quvchilarning 8,00 %ga sanoat yo‘nalishlariga yo‘llanma berilgan bo‘lsa, ularning atigi 3% o‘qishga joylashgan. Sog‘liqni saqlash sohalariga esa 12,60% yo‘llanma berilgan bo‘lsa, amalda ularning 4,80 % o‘qishga kirgan. Maorif sohalariga esa 9,60 % yo‘llanma berilgan bo‘lib, ularning 4,00%gina o‘qishga joylashganlar («Maktab va hayot» jurnaliga ilova 2003 yil, №1-2, 24-39 betlar).
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o‘quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so‘ngra kasbga yo‘llash kerak.
Hozirgi davrda xalq ta’limi bo‘limlarida, ishlab chiqarishda, aholini ish bilan ta’minlash muassasalarida, kollejlar va Oliy O‘quv Yurtlarida yoshlarga kasb tanlash yo‘lini ko‘rsatadigan maxsus kasb – hunar kabinetlari tashkil etilgan. Bu borada Respublika tashxis Markazining, hamda joylardagi uning bo‘limlarining faoliyati ibratlidir. Bundan tashqari, malakali psixologlar va pedagoglar (shu jumladan mahalla tarbiyachisi), murabbiylar, muhandislar va texniklar har bir kasb-hunarning o‘ziga xos tomonlari haqida malakaviy maslahatlar tashkil qilishadi.
Lekin yoshlarning kasb-hunar tanlashi asosan o‘rta maktabdan boshlanadi, shunga ko‘ra o‘quvchilar kichik jamoasi bilan psixologlar oldida turli yoshdagi, jinsdagi maktab o‘quvchilarini kasbga qiziqtirish, mehnat qobiliyatlarini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ishga solish (o‘zini-o‘zi namoyon etish) kabi muhim vazifa turibdi. Psixologlar, bundan tashqari, o‘quvchilarning aql idroki, qobiliyatlarini hamda muayyan kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash metodlari, usullari, texnologiyasi, shakllari, mezonlari va tarkibiy qismlarini ishlab chiqishlari, shuningdek, bu sohada ilmiy- tadqiqot ishlari olib borishlari zarur.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, psixologiya fani o‘quvchilarning kasb-hunar tanlashiga yordam beradigan, yo‘l-yo‘riqlar va tavsiyalar, mukammal qo‘llanmalar, aksariyat kasb-hunarning professiogrammasini hali to‘liq ishlab chiqqan emas. Lekin shaxs psixologiyasiga oid amaliy va nazariy materiallar etarli miqdorda yaratilgan. Shaxs psixologiyasi masalalarini yoritish, ya’ni shaxsning bilish qobiliyatlari, aql-idroki, aql-zakovati, individual tipologik xususiyatlari, ruhiy holatlarini aniqlash yo‘li bilan uning nimalarga qodir, qanday kasb-hunarga yaroqliligi to‘g‘risida aniq fikr bildirish va muayyan tavsiyalar berish mumkin.
Keyingi yillarda o‘tkazilgan kuzatishlar Respublikamizda yoshlarni kasbga yo‘llash sohasida talay kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. Buni biz viloyatlar kesimida hamda Respublika bo‘yicha 9 sinf bitiruvchilariga sohalar bo‘yicha tavsiyanomalar berishda ko‘rdik.
Darhaqiqat, maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarini amalga oshirishdagi dastlabki qadamlar boshlandi. O‘ylaymizki, ana shu dastlabki qadam maktablarda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boruvchi mutaxassis hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash bilan shug‘ullanadigan maktab amaliyotchi psixologi shtatlarini tashkil etishdan iborat bo‘lishi lozim. Chunki, bu mutaxassislarsiz maktabda mazkur ishlar haqida gapirish ham mumkin emas. Maktabda olib borilayotgan kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarining samarasi bevosita shu ikki mutaxassisning olib borayotgan ishlarining ko‘lami, ularning saviyasi va malaka ko‘rsatkichi hamda faoliyatining aniqligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lishligi barchamizga ayondir.
Ommaviy kasblarga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy adabiyotlar va kasb-hunar to‘g‘risidagi kinofilmlar, spravochniklar kamligi, psixologik-diagnostik tadqiqotlar o‘tkazishga yordam beradigan zamonaviy apparat va asboblar bilan ta’minlash yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, shaxsning muayyan kasbga yaroqliligini aniqlash borasida ilmiy-tadqiqot ishlari etarlicha olib borilmayotganligi shunday kamchiliklar jumlasiga kiradi.
O‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb-hunarini o‘z qobiliyatlariga yarasha to‘g‘ri tanlashlariga erishish uchun maktab o‘qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akademik, tashkilotchilik, perseptiv va h.k.) qobiliyatlari yuksak bo‘lishi, fan asoslarini turmush bilan bog‘lab o‘rganilishi, to‘garak va qo‘shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarada kasb-hunar to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qilishi, suhbatlar, munozaralar o‘tkazilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb-hunar fotoko‘rgazmalari tashkil qilishlari zarur.
Ilk o‘spirinlar va katta o‘smirlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo bo‘lganligidan bu jarayonda ota-onalar, jamoatchilik va turli kasb ustalari ham faol qatnashishlari kerak, chunki yoshlar ko‘p hollarda kattalarning maslahatlari va tavisyalarini hisobga olgan holda qat’iy bir fikrga, qarorga kelishlari mumkin.
Shuni ham aytib o‘tish o‘rinliki, maktab o‘quvchilari kasb tanlash borasidagi o‘z qarorlarini, ko‘pincha, har tomonlama dalillab bera olmaydilar, biroq ularning ko‘pchiligi bu masalaga ongli ravishda yondashishga intiladilar.
Maktab kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassisining asosiy vazifasi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishni ta’minlovchi barcha ma’lumotlar bankini yaratishdan iborat. Bu maqsadda kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassis tuman (shahar) tashxis Markazidan olgan kasbiy axborotlar, kasblar ro‘yxati, tasnifi, hududiy kasblar ro‘yxati, kasblarga bo‘lgan ehtiyoj va boshqa kasbiy tashxis metodikalari, tavsiya va yo‘riqnomalardan foydalaniladi. Maktab kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassisi tomonidan o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi ma’lumotlarni to‘liqroq anglab etishi shuningdek, ularning kasb tanlashdagi reallikni vujudga keltirish maqsadida maktabda ilg‘or kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar va ma’ruzalar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu tadbirlar o‘quvchining shu kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada qat’iylashishini vujudga keltiradi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə