«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Fanning maqsad va vazifalari



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə2/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga fan sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvurlar zahirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma’lumotlar manbaini berish.
Fanning vazifalari:
Talabalarni ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish:
Kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni asoslash;
Kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish;
Shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalari.
Kasb psixologiyasi o‘quv fanini o‘zlashtirish natijasida talaba:
- kasb psixologiyasi fanining mazmun va mohiyati haqida, kasbga yo‘naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari, kasb psixologiyasining metodlari, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi, xronomotraj metodi, kuzatish metodi, test metodlarini bilishi kerak;
- kasb tanlash va shaxs xususiyatlari, kasbiy o‘z-o‘zini anglashni shakllantirishi, shaxsning kasbiy xavfsizligi psixologiyasi. Kasbiy xavfsizlikning psixologik masalalari ish joyi. Mehnat jamoasi, psixik holat, kasbiy qobiliyatlar bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari ta’minlanadi.
- kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy qobiliyatlarini shakllanganligini diagnostika qilish, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, ongli kasb tanlash hamda kasbga yo‘naltirishga doir malakalariga ega bo‘lishi shakllantiriladi.
Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanoq uning kelajagi to‘g‘risida o‘ylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta’lim-tarbiya o‘quvchining turli fanlarga bo‘lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa qaysidir fanlarga bo‘lgan qiziqishi tez seziladi, ya’ni tasviriy, musiqaviy va hokazolar. O‘smirlik davriga kelib, muammo yanada kuchayadi. Ko‘pgina o‘quvchilar va ota-onalarga qanday kasbni tanlashlari oldindan ma’lum bo‘ladi: ular “Men shifokor bo‘laman”, “Bizning o‘g‘limiz, qizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi”. Shunday bo‘lsada, kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo‘yicha xavotirlanish holatlari sezilib turadi. Omadsizlikka uchrasa-chi? Ayrim o‘quvchilar uchun to‘qqizinchi sinfni bitirgach, kasbiy yo‘nalishlarini tanlash - eng dolzarb masala bo‘lib qoladi. Ko‘pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo‘lsam ekan yoki qaysi sohani mutaxassisi bo‘lsam ekan? - degan savolni o‘z oldilariga qo‘yib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi.
Natijada o‘quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Hech qanday maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib yetmasdan, maktab bitiruvchilarining bir qismi darhol ishga joylashadi. Bunda kasb dunyosida o‘z o‘rnini qidirish o‘zgacha ma’noga ega bo‘ladi.
Kasb hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to‘liq yechilmagan bo‘ladi. Ularning bir qismi tanlovning to‘g‘riligiga o‘qishning birinchi yilidayoq ikkilanib qolishadi, boshqalari - mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo‘yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo‘yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga qo‘shilib qoladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo‘lib qolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik bilan qarash mehnat olamida o‘zini topishida ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo‘ladi.
Kishilarning individual-psixologik xususiyatlarini kasb talablari bo‘yicha kasbiy tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlov o‘tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi, ya’ni unga ko‘ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim.
Bo‘lajak mutaxassis shaxsida yangi a’zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo‘lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko‘nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O‘zgargan kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs psixologik tuzilishidagi keskin o‘zgarishlar kishining hayotini ham o‘zgartiradi. Oldingi – “maktab – oila – jamiyat” tizimi o‘rnida yangi, ya’ni “kasb-oila-ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar” vaziyati kelib chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida kasb-muhit omili muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir kishining hayotida kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo‘ladi.
Masalan, kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo‘lgan layoqatini yo‘qotish, majburiy ishdan bo‘shash va boshqalar. Bunday voqealarining paydo bo‘lishi bexosdan yoki qandaydir sharoitlar tufayli, gohida esa mutaxassislik sababi natijasida bo‘ladi. Ko‘p hollarda normativ bo‘lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar hisoblanadi.
Jamiyatimiz uchun dolzarb psixologik muammolardan biri-bu ishchining nafaqaga chiqishi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi yangi ijtimoiy vazifa - nafaqaxo‘rlar uchun psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, ular psixologik ko‘mak va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladilar. Shaxs va kasb o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va kasbiy rivojlanish vaziyatlarini umumlashtirgan holda quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə