«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasb psixologiyasining metodologik asosi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə6/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi, ya’ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga, shuningdek tasodifiy holatlarga, hayotiy muhim kasbiy voqealarga bog‘liq bo‘ladi.
Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy hayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya’ni kasbiy ta’lim va tayyorgarlik, profadaptatsiya, professionalizm hamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin.
Kasbiy shakllanish - getroxron jarayon bo‘lib, ayrim paytlarda pasayish va sakrash xususiyatiga ega. Individning shaxsiy va kasbiy rivojlanish omillarining o‘zaro aloqalariga ko‘ra kelishmovchilik va inqirozlar kiritiladi. Bu individual to‘laqonli jarayonini ijtimoiy vaziyat va asosiy faoliyat bilan bog‘liq bosqichlarga ajratish mumkin. Ular sirasiga kasbiy tayyorgarlik, kasbiy adaptatsiya, birlamchi va ikkilamchi professionalizatsiya va kasbiy mahoratlar kiradi.
Kasbiy shakllanish yo‘li va tezligi bir guruh omillar bilan belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin.
Kasbiy rivojlanish - bu yo‘nalish salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini oshirib borish bilan belgilanadi. Kasbiy shakllanishining psixologik jihati. Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jihatidan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni hal qilish uchun bor kuchini sarflash, shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi destruktiv an’analarni o‘zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko‘rsatish, kasbiy jihatdan o‘zini anglash imkon yaratish lozim.
Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat mazmuni va talablari bilan bo‘lgan jihatlarini mustaqil anglab olishi, shuningdek ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda bajariladigan ishidan ma’no topishi, kasbiy jihatdan o‘zini asray olish lozim.
Inson shaxsiga yo‘naltirilgan mahsuldor kasbiy faoliyatda doimiy o‘z-o‘zini o‘zgartirib turishi, tayyorgarligi va kasbiy imkoniyatini, o‘zini ruyobga chiqarishi, kasbiy hayotini boshqara olishi, kasbiy rivojlanish va lavozimda ko‘tarilishdagi destruktiv vaziyatlarni yengib o‘tish bilan bog‘liqdir. Professionalizatsiya destruksiyalari. Professionalizatsiya jarayonidagi miqdor va sifat o‘zgarishlar, shaxsning rivojlanishi va deformatsiyasi bilan kuzatiladi.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə