«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə9/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Nazorat savollari
1. Kasbiy psixologiya fanining predmeti nima?
2. Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3. Kasbiy psixologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi qanday?
4. Kasbiy psixologiya fanining hozirgi paytdagi dolzarb muammolari nimalardan iborat?
5. Kasbiy tanlov va kasbga yaroqlilikni (layoqatini) aniqlash.
6. K.Farrenning shaxs yashovchanlik sifatlariga
7. K.Farren kasbning yashovchanlik ko‘rsatkichlarini sanang.
2-mavzu. Sharq mutafakkirlarining kasbiy ta’lim va tarbiyaga oid falsafiy psixologik qarashlari
Reja:
1. Ajdodlarimizning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga oid qarashlari va o‘gitlari haqidagi “Avesto” asarining ahamiyati.
2. Buyuk qomusiy olimlar Abu Nasr Forobiy va Abu Rayhon Beruniy kasb-hunar to‘g‘risida.
3. Ibn Sino va Yusuf Xos Hojibning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari
4. Kaykovusning “Qobusnoma” asarida kasb-hunar egallash haqidagi bilimlarning yoritilishi
5. Amir Temur, Alisher Navoiy va Sa’di Sheroziy asarlarida kasb-hunarning inson hayotidagi ahamiyati


Tayanch iboralar: kasb-hunar, ma’naviy boylik, kasb psixologiyasi, naqqoshlik, ganchkorlik, me’morchilik, ijodiy faoliyat


1. Ajdodlarimizning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga oid qarashlari va o‘gitlari haqidagi “Avesto” asarining ahamiyati
Kasb-hunar egalari qadimdan e’zozlanib kelingan. Bizning davlatimizda ularga nisbatan hurmat-ehtirom o‘zligimizni anglash tufayli yanada jamiyatimizda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, yuqori malakali, ma’naviyatli, mohir kasb egalari tobora ko‘proq talab qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining Qaror va Nizomlarida mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda va ular haqida alohida g‘amho‘rlik qilinmoqda. Shu bilan birga, tor sohadagi kasbdan asta-sekin keng qamrovli universal kasbga o‘tish muammosi, g‘oyasi ilgari surilmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilganidek, mehnat va kasbiy tayyorgarlik sifatini yanada yaxshilash, uzluksiz ta’limning faol metodlarini qo‘llash, yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etish, ta’lim va tarbiya birligi tamoyilini sobitqadamlik bilan amalga oshirish lozim.
Sharq mutafakkirlaridan qolgan qimmatli ma’naviy boylikning har bir satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamoloti, ma’naviyati va mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib shakllantirish va kasb–hunarga o‘rgatishga taalluqli ibratli, qimmatli mulohazalar olsa bo‘ladi. To hozirgacha saqlanib kelayotgan qator me’moriy inshootlar, buyuk tarixiy obidalar, xalq amaliy san’ati asarlari (naqqoshlik, ganchkorlik, me’morchilik) arxeologik izlanishlar tufayli topilgan hunarmandchilik buyumlari, bularning barchasi buyuk ajdodlarimizning kasb–hunar o‘rganishga, yuksak iste’dod va qobiliyat sohibi bo‘lishiga oid bebaho materiallar qoldirganliklarini mujassamlashtiradi.
Tariximizga nazar soladigan bo‘lsak, hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar avval o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, ajdodlarimizning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga oid qarashlari, o‘gitlari haqidagi qimmatli ma’lumotlariga ega bo‘lishimizda eng qadimgi yozma yodgorligimiz «Avesto»ning o‘rni beqiyosdir. Eng umumiy ravishda «Avesto»da inson mehnati bilan barcha yovuzliklardan qutulishi mumkin, degan ulug‘ g‘oya ilgari suriladi.
«Avesto»da yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishga, halol mehnat qilib to‘q, farovon hayot kechirishga da’vat etiladi. Bundan ko‘rinadiki, eng qadimgi davrlardanoq xalqimiz farzand tarbiyasiga, uni kasb-hunarli bo‘lib farovon turmush kechirishini ta’minlashga katta e’tibor bilan qaragan.
Mamlakatimizda yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlarimiz, qomusiy olimlarimiz yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni kasb-hunarga o‘rgatish masalalari bo‘yicha o‘zlarining buyuk asarlarida qimmatli fikr mulohazalarni bildirib, bu borada nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatganlar.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə