«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Hujjatlarni o‘rganish metod



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə17/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Hujjatlarni o‘rganish metod - mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni yig‘ish metodi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi:
- Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga qo‘yiladigan talablar;
- Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadigan asbob-uskunalarning texnik tavsifnomasi;
- Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo‘nimsizligi uning sabablari va hokazolar xaqidagi ma’lumotlar;
- Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog‘ligining holati to‘g‘risidagi ma’lumot.
Mehnat metod - bu kasbiy faoliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Kasbiy faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo‘yicha bayonnoma to‘ldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish chizmasi asosida ishchining faoliyatini o‘rganadi. Bu usullarning afzaligi kasbiy realikka maksimal darajada yaqin bo‘lishidadir.
Kuzatish metodi– ma’lumotlarni psixik hodisalarning qayd etish yo‘llari orqali to‘plashdan iborat. Kuzatish ikki turda bo‘ladi-formallashgan kuzatuv va erkin kuzatuv. Erkin kuzatuv tadqiqotning boshlang‘ich bosqichlarida qo‘llaniladi, u o‘rganilayotgan masala mohiyatiga chuqurroq kirib borish imkonini beradi. Formallashgan kuzatuv standart dastur asosida olib boriladi hamda kuzatilayotgan voqealar bayonnomada qayd etilgan holda alohida elementlarga bo‘linadi.
Tadqiqot metod sifatda kuzatishning xususiyati shundaki, ma’lumotlarni to‘plash, turli sezgi organlari yordamida amalga oshiriladi, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid bilish va hokazo. Chunki kasbiy faoliyatda hidlar, shovqinlar va shunga o‘xshash holatlar tez kuzatiladi va ular sinovdagilarning psixik holatiga hamda faoliyat mahsuldorligiga, mehnatdan qoniqishiga ta’sir etadi.
Kuzatilayotgan jarayonda tadqiqotchining ishtirok etish darajasiga ko‘ra, kiritilgan kuzatish va tomonli kuzatishga ajratiladi. Kiritilgan kuzatuvda tadqiqotchi guruh tarkibiga kirib, shu guruhning barcha faoliyat turlarini bajaradi. Tomonli kuzatishda tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalardan chetda turib kino yoki videokameraga tushirgan holda psixik hodisalarni tahlil etadi. Kasb psixologiyasining tadqiqot metodi sifatida kuzatish ish o‘rnini tashkil etish va umuman faoliyatdagi vaziyatga baho berish, sinovdagilarning kirishimlilik xususiyatlarini tahlil qilish, uning kasbiy xulqi, kasbiy ta’limi va malakasiga baho berishda qo‘llaniladi. Kuzatishning negativ holatlari olingan ma’lumotlarning yetarli darajada ishonchli emasligi chunki, tadqiqot paytida ba’zida hodisalar ko‘p uchraydi va kuzatilayotgan voqealarga aralashib ketish ehtimoli mavjud bo‘ladi. Kuzatish paytida sinovdagilarga tadqiqot vazifalari haqida ma’lumot berishga to‘g‘ri keladi, bu esa ularning kasbiy xulqi va faoliyatiga o‘zgartirish kiritishlariga olib keladi. Undan tashqari, ishchilar, rahbarlar ham tadqiqot natijalari ularning ish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqishadi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə