«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kuzatish, suhbat, intervyu



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə18/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

2. Kuzatish, suhbat, intervyu
Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o‘rin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizning eng qadimgi tadqiqot vositasi bo‘lib hisoblanib, uzoq o‘tmish zamonidan to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo‘lib, keng ko‘lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti, ko‘lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o‘rganish imkoniyati tug‘ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o‘zgarishlar yuzaga keldi.
Psixologik kuzatish olib borishdan ko‘zlangan maqsad mana bulardan iborat:
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, chizgi tarzda ifodalanishini yaratish, yig‘ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.
Kuzatishning ob’ekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega:
- kuzatishning ob’ekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, emotsional – hissiy kechinmalar, hayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni o‘rganishdan iboratdir;
- kuzatishning predmeti – insonning xilma – xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, o‘ziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir;
- amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yo‘nalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va boshqalar;
- noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa ma’nosini tana a’zolari orqali ifodalash);
- vegetativ reaksiyalarning ko‘rinishi: rangning qizarishi, oqarishi, terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi.
Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda to‘plangan ma’lumotlarni alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anagramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish. Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: izchil, epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy - sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar. Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (o‘smirlarda yuqori natijalar beradi), xulq - atvor portretini tahlil qilish va hokazo.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə