«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Shunday qilib kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar turibdi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə14/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Shunday qilib kasb psixologiyasi oldida quyidagi tadqiqiy masalalar turibdi:
1 guruhi - shaxsning kasbiy shakllanishi bu murakkab, ba’zida esa dramatik jarayonning psixologik xususiyatlarini tasvirlashdan iborat. Bu jarayonni tadqiq etish uchun longityu’d, savol-javob, psixobiografiya, tanqidiy voqealar metodlarini qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi. Bu metodlar guruhini genetik metodlarga kiritishi mumkin.
2 guruhi - kasblarning psixologik tavsifi, kasbning psixologik mazmunini tadqiq etish, faoliyat mahsuldorligini o‘rganish, mehnat metodi, hujjatlarni o‘rganish, kuzatilayotganlarni savol-javob orqali o‘rganish metodi, shuningdek, professiografiya yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu uslublar guruhi praksimmetrik uslublarga tegishlidir.
3 guruhi - muhim kasbiy ko‘rsatkich faoliyat va shaxs belgilarini o‘lchash. Bu tadqiqiy masalani hal qilish uchun maxsus qobiliyat testlari, muvaffaqiyat va ta’lim testlari qo‘llaniladi. Bu psixometrik usullar guruhidir.
4 guruhi - kasbiy shakllanishning xususiyatlarini, qonuniyat va mexanizmlarini tushuntirishdan iborat. Bu vazifani bajarish usullari eksperimental usullardir: ya’ni labaratoriya, modellashtiruvchi va tabiiy eksperimentlardir.
5 guruh - usullari tadqiqiy ma’lumotlarga miqdoriy ishlov berishga yo‘naltirilgan. Ularga matematik ishlov berish usullari kiradi: ya’ni korrelyasion, faktorli tahlil va boshqalar. Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari umumiy tarzda quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Genetik usullar
Genetik metodlar uzoq vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining o‘zgarishlarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan. Kasb psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini ko‘p marotabali tizimli ravishda o‘rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o‘rganish maqsadida yillar davomida o‘tkaziladi.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə