«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi tartibda qo‘llash lozim



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə19/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi tartibda qo‘llash lozim:
- olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblab chiqish;
- to‘plangan ma’lumotlarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish;
- son qatoridagi o‘rtacha kvadrat og‘ishni hisoblash (sigma);
- son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
- omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyasion) tahlil qilish;
- ma’lumotlar, metodikalarning ishonchililik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish lozim.
Psixometrik usullar
Psixometriya-psixik voqea va hodisalarning miqdoriy tomonining nisbati va tavsiflarini o‘rganadi. Psixometriyaning muhim belgisi psixik jarayonlarning individual farqlar, empirik dalillar dinamikasini, parametrlarini o‘lchash texnologiyasining standartlashganligidir. Psixometriya ishonchliligi bilan ajralib turuvchi psixodiagnostik metodikalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Psixometrik usullar tarkibiga psixologik test ham kiradi.


3. Varaqalar, testlar, tarjimai hol.
Test metodi
Ilmiy psixologik manbalarda qayd qilinishiga ko‘ra, intellekt-lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni anglatadi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. O‘z davrida AQSHlik psixolog F.Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat, degan g‘oyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini ko‘rsatib o‘tadi:
- sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlilik;
- lug‘at boyligi ko‘lami;
- geometrik shakllar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan uquvchanlik;
- shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati;
- shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi;
- xotiraning mahsuldorligi yoki noyob xislatliligi.
Yana bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib «birlamchi aqliy potensiyalar» deb ataydi. Muallif etti xildagi potensiyalar o‘zaro farqlanishini ta’kidlab o‘tadi:
- insonning hisoblash qobiliyati ko‘rsatkichi;
- og‘zaki so‘zni ixcham ifodalashining ko‘rsatkichi, nutq yordami bilan tez o‘qish hadisini egallaganligi;
- og‘zaki ma’lumotlarni to‘la idrok qilish yoki idrok qilingan so‘zlarni tushunish, anglash;
- fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati (uquvchanligi);
- xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi;
- fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik;
- shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati.
Fransuz psixologi T.Ribo idrok ko‘lamining kengayishi, bilimlarning ko‘payishi, diqqatni bir vaqtning o‘zida bir necha ob’ektga qarata olishi – inson intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin ekanligini ta’kidlaydi:
- shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi;
- inson identifikatsiyasi (o‘quvchining bilimlarini o‘ziga singdirish jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini o‘zlashtirib borish va boshqalar);
- refleksiya (inson o‘zini–o‘zi anglash hamda bo‘lg‘usi faoliyatni amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari tug‘ilishi kabilar).
Sh.Byuler intellektual taraqqiyotni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi shart deb hisoblaydi:
- sinkretizm (tushunchalarni bir–biridan ajrata olmaslik holati);
- agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi, vaqtni noadekvat, noto‘g‘ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo‘laklariga binoan bir umumiyatga yaxlitlash, birlashtirish);
- xayolot (ijodiy xayol) yordamida inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vataniga biron–bir jihatdan yordam berishi;
- realiya (realizm, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat fikrlashning ko‘rinishi singari).
Jahon psixologlari to‘plagan ilmiy materiallarni umumlashtirib, intellekt muammosini tadqiq qilishda diqqat–e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb hisoblaymiz:
- intellektning yosh davr xususiyatlariga bog‘liqligi;
- jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi;
- millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi;
- oilaning ijtimoiy – iqtisodiy statusi bilan uyg‘unlashuvi;
- ota – onalarning ma’lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi;
- biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, xislatlari qanchalik rol o‘ynashi va hokazolar.
Uzluksiz ravishda o‘tkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir qator ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi intellekt muammosini o‘ziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib keladi:
- muammo yechimi uslubi va strategiyasi;
- intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi;
- vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki mahsuldorligi (ma’naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funksional tomonlari, yo‘nalishlari;
- alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni taqozo etish xususiyati, holati;
- kognitiv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar.
Shaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday omillar bilan uzviy bog‘liq ekanligi ko‘zga yaqqol tashlanadi:
- bilish, o‘qish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi;
- yangilikni qidirish, muammo echimini topish, muayyan vositalar tanlash hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon bo‘lishi;
- mustaqil yechishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi;
- ilgarilab ketib yechish imkonining mavjudligi va «aytib berish», luqma tashlash jarayonida erkinlik, qo‘rqinch hissining yo‘qligi;
- yuksak nafosat va ma’naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va o‘lchash funksiyasining tug‘ilishi, uning boshqaruvchanligi.
Insonniyatning tarxiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni o‘rganish borasida ko‘pgina ishlar qilingan. Shulardan biri intellektni o‘rganish testlaridir. Ko‘pgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford-Bine shkalasini keltirib o‘tish mumkin. Stenford-Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan bo‘lib, ular tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu intellekt test so‘rovnomalaridan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga harakat qilamiz.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə