«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


I. 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy)



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə20/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

I. 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy):
- har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash;
- turli turdagi shakllar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash;
- 4 ta tanga pulni sanab chiqish;
- kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir;
- berilgan savollarga to‘g‘ri, aniq va tushunarli qilib javob qaytarish talab etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi;
- to‘rtta raqamni to‘g‘ri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi.
II. 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida):
- bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish;
- 5 ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab);
- xariddan keyin qaytim berilishini izohlash;
- 4 ta raqamni teskarisiga takrorlash;
- berilgan 3 ta so‘zdan gap tuzish (bola, daryo, koptok);
- uchta har xil so‘zga qofiya tanlash;
- ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir qancha umumiy talablarni qoniqtirishga bog‘liqdir, jumladan, standartlashtirish, ishonchlilik, validlik.
Ana shu talablarga suyangan holda Stenford-Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz.
Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun har tomonlama yaxshi, qulay va ixcham qilib tayyorlangan. U barcha uchun tushunarli bo‘lgan ko‘rsatmaga va miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. Testlarning har birida uni o‘tkazish yo‘llari, vaqtning taqsimlanishi, tekshiriluvchilarga beriladigan og‘zaki ko‘rsatma va tegishli ko‘rsatmalar, savollarni izohlash usullari batafsil aytib o‘tilgan. Stenford-Bine testi kattalar hamda uncha yoshi yuqori bo‘lmagan sinaluvchilar uchun ishonchilidir. Lekin bolalik davridan tortib to o‘spirinlik yoshigacha o‘zgarib boradi. Masalan, ikki yarim yoshdan besh yoshgacha ishonchlilik koeffitsientlari 0,33 (140-149 ball bo‘lganligi uchun) dan 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun) gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘quvchilarda ishonchlilik koeffitsentlari 0,91 (140-149 gacha ball to‘plaganligi uchun) dan 0,98 (60-69 ball olganligi uchun) gacha o‘zgarib turadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Stenford-Bine testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadni ochishga yo‘naltirilgan bo‘lib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan ko‘zlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi.
Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar turkumi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tamiz:
- bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarning mavjudligi;
- turli xildagi to‘garak, seksiya, bilim uylari faoliyat ko‘rsatishi va unda zarur sharoitlarning yaratilganligi;
- oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart–sharoitlar hamda shaxslarni ruhan rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilganligi;
- shaxslar bilan o‘zaro muloqot o‘rnatishning uzluksizligi va oilada shaxslararo iliq psixologik muhitning hukm surishi;
- turli televizon bahslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik bo‘yicha musobaqalar uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyati yaratilganligi;
- ortiqcha axborotlar va xabarlar ko‘lamini kamaytirish (masalan, avtomat o‘yinlar, videolar);
- zararli odatlar va qiliqlar bilan shug‘ullanmaslik muammosining qo‘yilishi, uning yechimi (ichish, chekish va boshqalar);
- bolalar va o‘quvchilarni ro‘zg‘or ishlari bilan band qilib qo‘yishlik va oila muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi;
- hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida o‘quv motivlariga kuchli ta’sir o‘tkazayotganligi;
- kollej va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim–tarbiya tizimini yangicha, yangi pedagogik texnologiya asosida tubdan qayta qurish zaruriyati mavjudligi;
- o‘g‘il va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘ulari barqarorligini ta’minlash va ularni shakllantirishning eng qulay yo‘llarini izlab topish, loqaydlikning oldini olish;
- o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo munosabatga, isrofgarchilikka, fidoyilikka nisbatan qarashlarni keskin o‘zgartirish masalalari vujudga kelmoqda.
Bizningcha, yuqorida ba’zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun intellektual testlar mohiyatiga milliy va umumbashariy fazilatlar to‘g‘risidagi g‘oyalarni singdirish yuqori natijalar beradi.
TEST - psixologik diagnostika metodi bo‘lib, u ma’lum ma’noga ega bo‘lgan standart savol va masalalardan iborat. Test intellektual va maxsus qobiliyatlarini, shaxsning psixofiziologik xususiyatlari va sifatlarining rivojlanishini, kasbiy layoqatni aniqlash, kasbiy ekspertiza va reabilitatsiya shuningdek, kasbiy maslahatlar jarayonida qo‘llaniladi.
Test o‘tkazish 3 bosqichga ajratiladi:
- test, savolnomasini tanlash (tadqiqot masalasi bilan belgilanadi);
- test o‘tkazishda etika normalariga rioya qilgan holda ko‘rsatmaga muvofiq tashkil etish;
- olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va natijalarni o‘rganish.
Kasb psixologiyasida maxsus qobiliyatlarning diagnostikasi va kasbiy yutuqlar muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy intellektual testlar akademik qobiliyatlarni o‘rganishga qaratilgan. Vakant (bo‘sh) o‘rinlarga nomzodlarni kasbiy tanlovi uchun ishonchli usullarga bo‘lgan ehtiyoj psixologlarni maxsus qobiliyatlarni diagnostika qilish uchun test ishlab chiqildi. Ishlab chiqarishning turli sohalari ishchilarning oldiga o‘ziga xos talablarni qo‘yadi. Kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kadrlarni joylashuvi, vakant ishchi o‘rinlarini to‘ldirish maqsadida muhim kasbiy psixofiziologik xususiyatlar, psixologik sifatlar, kasbiy malakalarni aniqlash imkonini beruvchi testlar bo‘lishi lozim. Kasbiy yutuqlar testi faoliyatning ma’lum bir turini egallash darajasini o‘lchash yoki kasbiy tayyorgarlik natijalarini tashxis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Maxsus qobiliyatlar testi asosan kasbiy tanlov uchun qo‘llaniladi. Ayniqsa, sensor qobiliyatlar diagnostikasi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Ko‘pgina, kasblar sensor sohaning xususan ko‘rish va eshitishning yuqori darajada rivojlanishini talab qiladi. Vizual qobiliyatlar testi muhim kasbiy belgilarga bog‘liq holda ko‘rish o‘tkirligini, ranglarni farqlay olish va ularning ichki xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar darajasini aniqlaydi.
Eng keng tarqalgan ko‘z o‘tkirligini aniqlab beruvchi test–sinovda ishtirok etayotgan sinaluvchilarga bosma harflar tasvirlangan jadval ko‘rsatiladi va tadqiqotchi tomonidan ko‘rsatilayotgan harflarni aniqlash kerak bo‘ladi. Eshitish qobiliyatlarini aniqlashda ovoz, signal ko‘p hollarda odam ovozi eshittiriladi. Chuqurroq o‘rganilishi maqsadida masalan, musiqiy eshitish qobiliyatini aniqlash testlari qo‘llaniladi. Harakat qobiliyatlarini diagnostika qilish-harakat reaksiyalarini tasvirlash va koordinata tezligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Bunday hollarda biz sensomotor diagnostikasini nazarda tutishimiz kerak, chunki aksariyat hollarda bu ko‘rish orqali bajariladi.
Chet elda barmoqlar mahoratini, buyumlarni o‘ynata olish tezligi, qo‘l mustahkamligi, reaksiya vaqti, qo‘l harakatining tezligini tahlil etuvchi testlar keng tarqalgan. Motor testiga misol keltiramiz. Bunda tadqiqotda ishtirok etayotganlarning oldiga ikki seriyadan iborat bo‘lgan to‘g‘ri burchakli taxta qo‘yiladi. Har qaysi seriyasida 48 tadan teshik bo‘lib, seriyalardan biridagi teshiklar silindrli sterjenlar bilan to‘ldirilgan. Sinaluvchilarga imkon qadar sterjinlarni boshqa seriyalardagi teshiklarga olib o‘tish taklif qilinadi. Bunday tadqiqotda ishtirok etayotgan kishi ma’lum vaqt davomida ishning qancha qismini bajara olgani hisobga olinadi. Shuningdek, ishchilar kasbiy tanlovida texnik qobiliyatlar testi muhim o‘rin egallaydi.
Texnik qobiliyatlar deganda - murakkab intellektual qobiliyatlar tushuniladi. Bu qobiliyatlar o‘z ichiga keng tasavvurlar, texnik salohiyat va sensomotor malakalarini qamrab oladi. Texnik qobiliyatlar testi - injenerlar, mexaniklarni kasbiy tanlovida keng doirada qo‘llaniladi. Bu borada A.A.Beknet va Minnesotski testlari keng tarqalgan. Maxsus qobiliyatlarning so‘nggi guruhiga A.Anastazi kasbiylashgan qobiliyatlarni kiritadi. Ularni o‘lchash uchun tuzilgan testlar faoliyatning ma’lum kasb sohasida shakllantiriladi.
AQSHda Minnisota shtatida konselariya testi keng ommalashgan bo‘lib, tartibni qabul qilish tezligi, ishbilarmonlik atamalar ro‘yxatini bilishi, eshitishi, xabardorlik, savodxonlik chiroyli nutqqa egalik kabi qobiliyatlarni aniqlab beradi. Kasbiylashgan qobiliyatlarga shuningdek, badiiy, musiqaviy, tadqiqiy konstruktorlik, ishbilarmonlik, ijtimoiy va ijrochilik qobiliyatlari kiradi. Yutuqlar testi sinovdagilarning ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalarini egallanganlik darajasini aniqlab beradi. Iqtidor testlaridan farqli ravishda ular maxsus ta’lim dasturlarining kasbiy tayyorgarlikning ma’lum samaradorligiga, kasb egallashga bo‘lgan ta’sirini o‘lchaydi. Boshqacha qilib aytganda, yutuqlar testi asosan individning ta’lim yakunidagi so‘nggi muvaffaqiyatlarini baholashga yo‘naltirilgan.
Insonlarda yutuqlar testining 3 ta shaklini qo‘llashadi: harakat testlari, yozma va og‘zaki testlar. Bu testlarda aniq kasbiy faoliyatda eng muhim bo‘lgan bir qator topshiriqlarni bajarish talab etiladi. Harakat testlari idoraviy kasblarda (texnik kotiba, mashinistka, stenografist va hokazolarda) keng qo‘llaniladi. Yutuqlarning yozma testlari maxsus bilimlar ya’ni, savodxonlik uchun muhim bo‘lgan kasblarda ishlatiladi. Mazkur testlar asosiy tushunchalar, mavzulardagi sinfiy belgilar, texnik tavsiflar, formulalarni o‘rganilganligini o‘lchashga yo‘naltirgan.
Standartlashgan baholash shakli ob’ektiv harakatga ega bo‘lib, guruhiy ishlashga imkon beradi va ko‘p vaqtni talab etmaydi. Kasbiy yutuqlarning og‘zaki testlari - maxsus kasbiy bilimlarga tegishli bo‘lgan standartlashgan savollar seriyasidan iborat. Savollar kasbiy faoliyatni tahlil etish, malakali ishchilarni kuzatish va har qaysi savolning muhimliligi asosida tanlanadi. Yutuqlar testlarini kasbiy salohiyatni baholash maqsadida qo‘llanishi AQSHda psixologlar attestatsiyasi tajribasidan ko‘rish mumkin.
Psixologlikka imtihon topshirish uchun nomzodlar universitetning psixolog ma’lumotga ega bo‘lishlari va diplomli psixolog sifatida 2 yilishlagan bo‘lishlari shart. Imtihon ikki qisimdan iborat. Yettita faoliyat sohasi bo‘yicha 100 ta topshiriqni bajarish: klinik psixologik, rivojlanish psixologiyasi, umumiy eksperimental psixologiya, test va statistik tahlil, ijtimoiy psixologiya va psixologik konsultatsiya. Beshta savolga tasviriy javoblar berish, ulardan bittasi - tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha va 4 tasi sanab o‘tilgan 7 ta faoliyat sohalarining 2 tasi bo‘yicha hamda bu sohalardan qaysi biridan topshirishini nomzodning o‘zi tanlaydi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə