«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Ilmiy tadqiqot bosqichlari



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə26/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Ilmiy tadqiqot bosqichlari
Tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlash: Ko‘pincha mehnat jamoalari ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Ob’ekt qanchalik aniq bo‘lsa, metod shunchalik to‘g‘ri tanlangan bo‘ladi. Emperik tadqiqot tipik ob’ektlari odamlar fikri, jamoadagi munosabatlar, siyosiy jarayonlar. Bu ob’ektga bir necha predmet to‘g‘ri kelishi mumkin. Predmet «ong tuzilmasi» va hokazo. Umuman ob’ekt (lat. predmet) - falsafada kishi ongidan tashqarida, unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan har qanday hodisa.4
Keng ma’noda - kishi bilishga intilgan predmet, hodisa (masalan, o‘rganish ob’ekti) va o‘z faoliyatini shunga yo‘naltirish (ko‘rish ob’ekti).
Ob’ekt odatda mustaqil tushuncha sifatida tadqiqochi ixtiyoridan chetda turadi va maxsus o‘rganiladi. Predmet esa tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga solinadi va maxsus tadqiqot qo‘lami sifatida o‘rganiladi. Ob’ekt predmetidan ma’no doirasi jihatidan ancha keng, predmet ob’ektning hosilidir. Birgina ob’ektning o‘zida bir necha alohida tadqiqot predmetlarini ajratib olib o‘rganishi mumkin. Ijtimoiy voqealikni ob’ekt sifatida qayd etishi va unda predmetni ajratib chiqarish, hamisha yuzaga kelgan ijtimoiy ziddiyatli muammo va bu muammoni hal etish holatlari bilan chambarchas bog‘liq. Ba’zan tadqiqotchi oldin maxsus masala, ya’ni predmetni aniqlab oladi va shundan so‘ng shu masala atrofidagi muhit, masalaga qon-qarindosh tomonlarini, ya’ni ob’ektni belgilaydi. Bu 2 yondashuv dialektik materializimning induktiv bilish usullariga muvofiq va har ikki yondashuv ham to‘g‘ri deb e’tirof etishi mumkin.
Ob’ekt - bu haqiqiy mavjud bo‘lgan tuzilma bo‘lib, predmet - abstrakt qo‘yilgan tadqiqot muammosidir.
4. Muammoni nazariy tahlil qilish va asosiy tushunchalarni ishlab chiqish:
a) defetsiyalashni (ta’riflash), ya’ni ilm-fanda ishlab chiqilgan nazariy va metodologik nuqtai nazaridan muammoning asosiy tushunchalarini aniqlash, nazariy asoslar bo‘lmaganda esa tadqiqotchi o‘z konsepsiyasini mustaqil yaratish kerak.
b) tadqiqot tushunchalariga bog‘liq, ya’ni muammoning nazariy tahlili bevosita tushuncha bilan dialektik uzviylikda rivojlanadi. Bunda nazariy va empirik ko‘rsatkichlar o‘zaro aloqada bo‘ladi.
5. Tadqiqot ob’ektining tahminiy, sistemali tahlili:
O‘rganilayotgan ob’ekt sistemali tahlil qilinadi. Bu ob’ektni, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy bog‘liqlikda o‘rganishdir. Sistemali tahlil natijasida faqat ob’ektdagi mavjudlik mexanizimiga emas, balki institutsional, oilaviy-maishiy, shaxsiy tuzilmalar ham aniqlanadi. Ob’ektning sistemali tahlili asosida gipoteza shakllanadi.
6. Tushunchalarni nazariy va empirik interpritatsiyasi:
Dasturni tuzishdagi keyingi qadam, bu interpritatsiyadir. Intrepritatsiya - sharhlash, izohlash, tushuntirib berish, talqin qilish natijasida olingan tushunchalar elementidir. Dasturni tuzishda tushunchalar nazariy va empirik interpritatsiya talqin qilinadi:
a) nazariy interpritatsiya (izohlash) - bu tushunchalar mazmuni muammoning nazariy aspekti nuqtai-nazardan tushuntirishi («e’tiqod» va «qadriyat» tipi belgilanadi).
b) empirik (eksperiment) interpritatsiya tushunchalarni empirik faktlar bilan taqqoslash, o‘rganilayotgan soha bilan mosligini aniqlash, operatsional tushuncha to‘plash.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə