«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasbga oid boshlang‘ich shakllantirish konsultatsiyasi –



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə34/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Kasbga oid boshlang‘ich shakllantirish konsultatsiyasi –o‘quvchining bundan oldingi bosqichlarida kasbga oid olgan bilimlarini chuqurlashtirish, kasb ta’limi jarayonida elementar malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Kasbga oid muvofiqlashtirish konsultatsiyasi – bundan oldingi bosqichlardagi o‘tkazilgan tadqiqot natijalari va psixofiziologik tekshirish natijalariga qarab o‘quvchi tomonidan noto‘g‘ri tanlangan kasb ta’limi turidan uning shaxsiy ko‘rsatkichlari, kasbga yaroqliligi, layoqatiga mos kasb ta’limiga muvofiqlashtirish maslahatlarini beradi va amalga oshiradi.
Kasbga oid asosiy shakllantirish konsultatsiyasi- shaxsni kasb ta’limi turida olayotgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishni davom ettirishni va yuqori sinf o‘quvchisini ma’lum bir mutaxassislikni egallashni amalga oshiradi.
Kasbga oid nazorat konsultatsiyasi- o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: o‘quvchi qanchalik darajada kasbni to‘g‘ri tanlagani, muvofiqlashtirish konsultatsiyasi yaxshi o‘tilganmi, qaysiki shu konsultatsiya vaqtida o‘quvchining psixologik va jismoniy kasb sharoitia moslashishi yaxshi kechganmi, kelgusida kasb mahoratini oshirish va to‘g‘ri mehnat faoliyatini aniqlashga doir maslahatlar, yo‘l yo‘riqlar berish. (1-rasm).
Kasbga oid konsultatsiyani o‘tkazishni shartli ikki bosqichga ajratish mumkin:
- o‘quvchi shaxsini o‘rganish;
- ongli kasb ta’limi turini, kasb tanlashga pedagogik rahbarlik qilish.
O‘quvchi shaxsini o‘rganishda to‘rtta asosiy aspektni o‘z ichiga oladi:
1. Yo‘nalganlikni o‘rganish (shaxs nimani xohlaydi), boshqacha so‘z bilan aytganda, shaxs uchun intilish qaysi sohaga qaratilgan. Konkret bu shaxsning qiziqishlarida, layoqatda, ishonchda o‘z ifodasini topadi.
2. Yosh insonni qobiliyati va talantini o‘rganish (nima qila oladi), bu uning individual xislatlariga ma’lum bir faoliyatni yaxshi egallashi uchun sub’ektiv shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi. U aniq faoliyat turi (texnika, musiqa, tabiatshunoslik, pedagogik va h.k.) namoyon bo‘ladi. Ular faoliyatni tez o‘zlashtirib oladilar, tez, aniq va puxta faoliyat ko‘rsatadilar.
3. Shaxsni xarakterini va asosiy sifatlarini o‘rganish (shaxsda bor xislatlar), bu xarakteristik xislatlar, psixologik reaksiyalar odamlar bilan muomalada o‘ziga, ishiga munosabatida namoyon bo‘ladi.
4. O‘quvchilarni professional planlarini o‘rganish.
Maktab o‘quvchisi shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar uni individual kasbiy ish rejasi bilan solishtirib ko‘riladi. Bu vaqtda bir qancha vaziyat paydo bo‘lishi mumkin. E.A.Klimov har bir aniq vaziyat uchun kasbga oid maslahatda besh xil holat yuzaga kelishini ta’kidlaydi. O‘quvchida kasbiy ish rejasi va layoqatini bor yoki yo‘qligiga qarab ushbu vaziyatlar metodik adabiyotda berilgan.
Kasbga oid konsultatsiyaning guruhlarga va yakka tartibda tashkil etiladigan shakllari mavjud.
Kasbga oid guruhlarga o‘tiladigan kasbga oid konsultatsiyada o‘quvchilarni professional yo‘nalganligi, kasbi rejalari, o‘qish va mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sistemaga keltirish, layoqati to‘g‘risida, qiziqish va ularni turg‘unligi va o‘sishi o‘rganiladi. Bu ishlarni hammasi kasbga yo‘llash kabinetida amalga oshiriladi. Bu yerda quyidagi metodikalardan foydalaniladi.
Kasbga oid individual konsultatsiya darsdan tashqari vaqtda kasbga yo‘llash kabinetida va kasbga oid konsultatsiya laboratoriyasida o‘tkaziladi. Individual konsultatsiya o‘tayotganda profkonsultant katta mahorat bilan munosabatda bo‘lib, o‘quvchining ochilmay yotgan imkoniyatlarini qo‘zg‘ash, ochish va uni har xil faoliyat jarayonida (KHK ta’limi turida) shakllanadi, bu 1-jadvalda keltirilgan:



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə