«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə30/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Sotsiometriya metodi. Bu tadqiqot metodiga AQSHlik Djon Moreno asos solgan bo‘lib kichik (birlamchi) guruh a’zolari o‘rtasida emotsional munosabatlarni bevosita o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval, dimagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos.
Har qanday holatga nisbatan eng yaxshi izoh yoki tushuntirish atroflicha izlanishdan keyin paydo bo‘ladi. Tadqiqotchi psixologlar ilmiy uslublardan foydalanadilar, ammo ular kimyogarlar va fiziklar uchratmaydigan muammolarga duch kelishadi. Bir muammoni misol qilib ko‘rsatamiz: Psixologlar ma’lum odamlar jamoasini ilmiy jihatdan o‘rganayotganda ulardan birining o‘zini g‘ayrioddiy tutishda xavotirda bo‘lishadi. Kimyogar metan molekulalarini o‘raganayotganda hech qanday xavotirda bo‘lmaydi. Kimyogarlar xohlagan narsasini ustida amaliyot bajarishi mumkin, albatta labaratoriyani portlatmagan holda. Psixologlar odamlar bilan bevosita uchrashgan holda qat’iy belgilangan cheklovlar asosida ish olib boradilar. Yana boshqa bir muammo shundaki, odamlar kuzatuvchaliklarini bilib qolishsa o‘zlarini noodatiy tuta boshlaydilar. Kimyogarlarning kimyoviy moddalarida bunday muammoning kelib chiqishi aqlga sig‘maydi. Bu mavzuda siz fanning umumiy tamoyillari va bu tamoyillardan psixologlar ishlab chiqgan maxsus uslublar haqida o‘rganasiz.
Dalillarni yig‘ishda Fan bu bilim demakdir. Ilm-fan - bu nusxa ko‘chirsa bo‘ladigan ma’lumotlarga asoslangan bilimlarni qidirishdir.
Keling dastlab ma’lumot yig‘indisi keyin esa nusxa ko‘chirsa bo‘ladigan iborasi haqida fikr yuritaylik.
Tadqiqot ehtiyotkorona qidirish bilan boshlanadi. Masalan Robert Provine kulguni savdo markazlariga borib kim qachon kulganini tasmaga yozib olgan.
Psixologlar kuzatish orqali masalaga oydinlik kiritmoqchi bo‘lsa xohlasa gipoteza paydo qilishadi va sinab ko‘rishadi.
Gipoteza-aniq taxminiy izoh gipotezani sinash quyidagi 4 qismni tasvirlovchi pog‘onalar ketma-ketligi bilan amalga oshiriladi. Ko‘p ilmiy ma’lumotlardagi maqollar ham aynan shu ketma-ketlikka amal qiladi. Bu kitobning qilgan har bir bobida, siz dalil nima deb nom berilgan bo‘limda psixologik ta’limga kamida bitta namuna topa olasiz ularning har birini gepotezadan to so‘ngida unga izoh berilgunga qadar izchillik bilan amalga oshiriladi.8
Kundalik hayotingiz davomida siz o‘z tanlovingizning to‘g‘riligiga ko‘pincha ishonchsizlik bilan qaraysiz. Ko‘pchilik odamlar har doim ham ruhiy holatini va psixologik sifatlarini to‘g‘ri tavsiflab bera olmaydi, bunga intilmasligi ham mumkin. Psixologiyada proektiv testlar metodikalari haqida ko‘p izlanishlar olib borilgan.
Psixologiyada «Proektiv» atamasini ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 yilda qo‘llangan. Shuningdek u shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi: Shaxsning ijod mahsulini o‘rganish, ko‘proq botiniy jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Buni proektiv xarakterga ega testlar jumlasiga kiradi deb yuritadi. Shaxsga rasmlar, testlar, grafik chizmalarni tanlash, chizish orqali uning psixologik xususiyatlarini bilishga qaratilgani aytiladi.
Misol: qo‘yidagi rasmlar qarang.



7-rasm. Uycha metodikasi
Ushbu proektiv chizmali metodlari orqali, chizgan shaxsda rag‘batlanishning etishmasligi, xayrixohlik muhiti va qadriyatli fikrlar mavjud emasligi tasvirlangan. Bunday metodlar avvalo shaxsning munosabatlari sohasini aks ettiradi va psixologik muammolarni, spetsifik reaksiyalarni aniqlash imkonini beradi. Proektiv test yakka tartibda o‘tkaziladi. Avvalo, shaxsni erkin bo‘lishini ta’minlashi shart. Tasvirlangan rasmlarda aniqlanishicha, yolg‘izlikni, xavotirni yoki qo‘rquv aniq ifodalangan.
Demak bu maktab yoshidagi bolada shaxsning chizgan rasmi aniqlandi, unda maktab nevrozlari bola va kattalarning ahamiyatli munosabatlari, bolaning maktab bilan o‘zaro hamkorligi tizimida o‘z-o‘ziga munosabatlari buzilishi sifatida qaralishi mumkin.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə