«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə38/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

2. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi
Kasbning ijtimoiy va kasbiy tavsifi.
1) Kasb yoki mutaxassislikning rasmiy qabul qilingan nomenklaturasi bo‘yicha nomi.
2) Taksanomik ma’lumotlar: shakli, turi, sinfi, guruhi, mutaxassisligi.
3) Ish joyi nomi.
4) Kasbning shu soha bo‘yicha kasbiy guruhidagi o‘rni.
5) Lavozim bo‘yicha ish haqqi va uni baholash.
6) Asosiy malaka va lavozim majburiyatlari.
7) Zaruriy ma’lumot.
8) Malaka diapazoni (razryadlar, sinflar va hokazo) shuningdek, ma’muriy, kasbiy, ilmiy rivojlanish istiqbollari.
9) Muammolarning asosiy xususiyatlari: doimiy yoki keng yoki tor doira ishlarini bilan muammoli turi (tor kasbiy taklif buyuruvchilar, mijozlar bilan odamlarga xizmat ko‘rsatish sharoitiga va qo‘l ostidagilarning rahbarlarga nisbatan va hokazo)
10) Kasbiy layoqat tufayli diskvalifikatsiya hollarini alohida kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat davridagi tavsifi.
11) Mehnat faoliyati asosiy xususiyatlarining qisqacha tavsifi (yosh jihatdan cheklash va boshqa holatlar)
Psixogramma
A) Umumiy mehnat tavsifi:
1. Ish kuni va sur’ati.
2. Mehnat dinamik omillarining tasviri va baholashi (ishga layoqat, toliqish, ishonchlilik, xatosizlik va boshqalar).
3. Mehnat sharoitlarini ish jarayonining dinamik jarayonlariga ta’siri.
4. Ish joyi va mehnat harakatlarining psixologik tavsifi.
5. Xato harakatlarining psixologik tahlili.
B) Psixik jarayonlarga qo‘yiladigan talablar:
1. Psixomotorika
1. Ishning turi, statik va dinamik yuklamalar.
2. Ishchi harakatlar, gnostik, moslashuv, bajaruvchi va boshqalar.
3. Asosiy texnologik operatsiyalarning vaqtincha va psixofiziologik tavsifi.
4. Psixomotorikaga qo‘yiladigan maxsus talablar.
2. Sensor va perseptiv sohalar:
1. Turli sensor modalliklarning sezgirligi.
2. Kasbiy muhim signallarni qabul qilish turlari, vaqt, harakat, tezlikni qabul qilish.
3. Sensor va perseptiv sohalarga qo‘yiladigan maxsus talablar.
3. Anglash jarayonlarining kasbiy xususiyatlari:
1. Mehnat faoliyatining ishonchliligi va samarasiga tasavvurlarning ta’siri.
2. Ijodiy faoliyatga bo‘lgan talablar.
3. Ustun fikrlash turlari.
4. Ish bajarilayotganda qaror qabul qilish xususiyatlari, mustaqillik mas’uliyati, o‘zini - o‘zi nazorat qila olish, stressga bardosh berish talablari.
5. Ustun keluvchi xotira turi. Xotiraga qo‘yiladigan talablar.
6. Nutqqa qo‘yiladigan talablar. Nutq xususiyatlari.
7. Diqqat va uning xususiyatlari.
V) Emotsional - iroda sohasiga qo‘yiladigan talablar:
1. Ustun keluvchi emotsional holatlar tavsifi.
2. Mehnat asab - psixik zo‘riqishning o‘ziga xos darajasi.
3. Maxsus talablar.
4. Iroda va uning xususiyatlari.
G) Mehnat jarayonida tipik psixologik jarayonlar:
1. Monotaniya va toliqish.
2. Mehnat jarayonida somatik psixologik holatlar.
3. Shu kasbga xos bo‘lgan e’tiborli e’tiborsiz holatlar.
D) Muhim kasblar ansambli (asosiy sifatlar):
1. Shaxsning umumiy va spetsifik yo‘nalishi tuzilmasi, kengligi, faolligi, bardoshliligi.
2. Ijtimoiy kasbiy mas’uliyat.
3. Optimizm.
4. Shaxsning istalmagan yoki istalgan xususiyati sifatida ishontirish xususiyati.
5. Shaxsning ma’naviy psixologik bardoshliligi.
6. Xarakter xususiyatlari (ijtimoiy faollik, prinsiplilik, qat’iyatlilik, mustaqillik, rostgo‘ylik, mardlik, tashabbuskorlik, tartiblilik, jamoatchilik, optimizm, pessimizm)
E) Chegaralash va qarshi ko‘rsatmalar:
1. Xatolar oqibati va mehnat xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar.
2. Kasbga layoqatsizlik tavsifi.
3. Jinsi, yoshi jihatdan chegaralash.
4. Kasbiy zararlar va imtiyozlar.
5. Shaxsning kasbiy deformatsiyalari.
E.M.Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik va metodik. Informatsion (ma’lumotli) professiografiya oktantlar, ya’ni, kasb tanlash zaruriyati oldida turgan shaxslar bilan kasbiy maslahat ishlari uchun mo‘ljallangan. Ular qatoriga o‘quvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar va kasblarni almashtirmoqchi bo‘lganlar kirishi mumkin. Informatsion professiografiya ishlari maxsus kasbiy adabiyotlarni tahliliy va hujjatlarni o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Diagnostik professiografiyalash mehnat samaradorligining pastligi mahsulot sifatining pastligi, avariya holati, travmatizm, kadrlar qo‘nimsizligi sabablarini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Diagnostik professiografiyalash quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi.
1. Faoliyat mazmuni:
1) Mehnat predmeti va masalalari.
2) Ish natijalari sifatiga qo‘yiladigan talablar.
2. Mehnat qurollari:
1) Ish turi va tartibi.
2) Boshqarish organlari.
3) Ish joyini tashkil etish.
3. Mehnat sub’ektining faoliyati:
1) Harakat turlari va ularning tavsifi.
2) Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri.
3) Kasb faoliyatiga xalaqit beruvchi omillar.
4) Mehnat jarayonida uchraydigan xatolar, brak, travmalar turi.
4. Mehnat sub’ektining faoliyati:
1) Ishchilarning o‘zaro aloqalari tuzilmasi.
2) Ishni rejalashtirish va nazorat.
5. Kasbning mehnat sub’ekti shaxsiy psixologik va psixofiziologik sifatlariga qo‘yiladigan talablar.
6. Mehnat sub’ekti faoliyatining past samaradorligi sabablarini tashxisi.
7. Kasbiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy - eksperimental tekshiruv.
Diagnostik professiografiyalash empirik ma’lumotlarni yig‘ish usullari orqali amalga oshiriladi. Prognostik professiografiyalash kasbiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha asoslangan tavsiyalarni berish maqsadida qo‘llaniladi.
1. Kasbning umumiy tavsifi:
1) Kasb rivojlanishi tarixi va istiqbollari.
2) Kasbiy faoliyatni bajarilishining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari.
3) Kasbiy muhit.
2. Kasbiy dala va mazmuni va jihati:
1) Kasbiy dala tavsifi.
2) Kasbiy bilimni aniqlovchi omillar.
3) Kasbiy bilimni rivojlanishi prognozi.
3. Kasbiy ta’lim malaka oshirish:
1) Kasbiy ta’lim darajasi.
2) Kasbiy tayyorgarlik.
3) Malaka oshirish.
4. Ishchining kasbiy moyilligi:
1) Mutaxassislik sohasining kengligi.
2) Asosiy malakalar darajasi.
3) Mutaxassislik va kasbni o‘zgartirish imkoniyati.
5. Kasb istiqbolini baholash:
1) Shaxsning kasbiy - psixologik potensiali.
2) Ishchining kasbiy faolligi.
3) Kasbiy o‘zini o‘zi takomillashtirish karera.
Pragnostik professiografiyalash genetik usullarni, shuningdek, modellashtiruvchi eksperimentlarni qo‘llaydi. Metodik professiografiyalash psixologga mehnat sub’ektining holati va muhim kasbiy sifatlarni o‘rganish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi va vazifalariga ko‘ra metodik professiografiyalash sxemasi ham o‘zgaradi. Masalan, kasbiy mehnat va hordiq tartibi, kasbiy toliqish, befarqlik, passivlikka bo‘lgan ta’sirini o‘rganishda shunday sxema qo‘llaniladi.
1. Mehnat sub’ekti faoliyatining mazmuni:
1) Harakatlar turi va ularning tavsifi.
2) Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri.
3) Emotsional ko‘rinishlar.
4) Ish joyidagi noqulaylik turlari.
5) Faoliyat jarayonida paydo bo‘ladigan xatolar, brak travma turlari.
2. Mehnat sharoitlari:
1) Sanitariya - gigienik muhit (havo darajasi, chang, namgarlik va boshqa).
2) Jismoniy muhitning yoritilganligi, shovqin.
3) Ish tartibi.
4) Haq to‘lash va rag‘bat shakli.
Mutaxassisning kasbiy mahoratini o‘rganishda professiografiyalashning quyidagi sxemasi qo‘llaniladi.
1. Faoliyat mazmuni:
1) Ishchilar malakasiga qo‘yiladigan talablar (kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar, shuningdek, sifatlar va qobiliyatlar).
2) Ishchilarning huquq va majburiyatlari.
2. Mehnatni tashkillashtirish:
1) Malaka oshirish.
2) Kasbiy psixologik potensial.
3) Ijodiy qobiliyatlar.
3. Mehnat sub’ekti faoliyati:
1) Harakatlar turi va ularning tavsifi.
2) Ishni rejalashtirish va uni nazorat qilish.
3) Faoliyat individualligining xususiyatlari.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə