«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


VI. Gnostik (bilishga oid) fazilatlar



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə46/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

VI. Gnostik (bilishga oid) fazilatlar:
- o‘quvchilarning kasbiy layoqati, tayyorgarlik ko‘rsatkichi darajasini aniqlashga (tashxis qilishga) qobillik;
- o‘z faoliyatini (natijalari mahsullarini) tanqidiy tahlil qilishga moyillik;
- nazariy va amaliy xulosalar chiqarishga zehnlilik;
- kasb-hunarga oid psixologik manbalardan foydalanishga uquvchanlik;
- ijodiy izlanish va o‘zgalarni ilhomlantirish imkoniyatiga egalik.
VII. Kasbiy sifatlar:
- ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari mazmunini puxta egallaganlik va faol uslublardan foydalana olishlik;
- barqaror e’tiqodlilik;
- psixologik taktga (odobga, nazokatga) egalik;
- muomala va xulq maromini o‘zlashtirganlik;
- adolatlilik;
- topqirlik;
- muammolarni omilkorlik bilan echishlik;
- mashg‘ulotlar o‘tkazish texnologiyasi va texnikasini uddalashlik
- chidamlilik;
- o‘zi-o‘zini qo‘lga olishlik;
- kuzatuvchanlik;
- hissiyotni boshqaruvchanlik.
VIII. Shaxs sifatlari:
- o‘quvchilarga mehr-oqibatlilik;
- mehnatsevarlik;
- amaliy aql-zakovatda ustuvorlik;
- xarakterda barqarorlik (qat’iyatlilik);
- kuyinchaklik;
- tirishqoqlik;
- kamtarlik;
- yumor hissiga egalik;
- mustaqillikka intiluvchanlik.
IX. Ijodiy (kreativ) xislatlar:
- kasbiy mahoratini takomillashtirishga intiluvchanlik;
- har bir o‘quvchida amaliy malakalar shakllantirish dasturini yaratishga chanqoqlik;
- empatiya tuyg‘usini egallaganlik;
- inversiyaga qobillik, tarbiyalanuvchi shaxsiga oid oldingi omillarga yangicha yondashishlik;
- O‘quvchilarga psixologik ta’sir o‘tkazish natijalarni oldindan payqash;
- Innovatsiya (yangilik), prognoz (bashorat), diagnoz (tashxis) qilishga ishtiyoqlilik.


2.Psixogrammada kasb tushunchasi.
Kasb tushunchasi. Kasbshunoslikning asosiy konseptual bosh tushunchasi - bu kasb tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotida kasb tushunchasining tavsifi juda ko‘p. Avvalambor, bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o‘tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo‘lib xizmat qiluvchi mashg‘ulotdir. Keyin kasb bir xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o‘rnatiladi. Kasb jamiyatning mehnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning alohida shakli bo‘lib, bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan.
B.Shouning fikri bo‘yicha kasb - mutaxassislarning chetdagi odamlarga qarshi fitnasidir. E.A.Klimov o‘z ishlarida bu borada bir necha ta’riflarni ilgari suradi. Nisbatan batafsil ta’rif quyidagicha: “Kasb - jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo‘lib, bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat o‘rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritarib, E.A.Klimov kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o‘zini namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi. Yana bir ta’rifni keltiramiz. “Jamiyat nuqtai nazaricha, kasb bu kasbiy masalalar, kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bo‘lib, ular jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun muhim bo‘lgan natija mas’uliyatlarni etkazishni ta’minlab berishi kerak bo‘ladi”. Nisbatan tor ta’rifni esa V.G.Makushin keltiradi: “Kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo‘lib xizmat qiladi”. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, quyidagilarni xulosa qilish mumkin. Kasb mehnat faoliyatining paydo bo‘lgan shakllari bo‘lib, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum bilimlar va ko‘nikmalarga maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega bo‘lishlari kerak.
«Kasb» atamasi kasbiy faoliyatning faqatgina yuqori statusli turlariga nisbatan ishlatiladi. Boshqa faoliyat turlari mutaxassisliklarga yoki ish, mashg‘ulot turlariga tegishli bo‘ladi. Milliy kasbshunoslikda «kasb» va «mutaxassislik» tushunchalari farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko‘ra kengroq tushuncha, kasbiy salohiyatida tashqari, uning muhim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy salohiyat, kasbiy avtonomiya, o‘zini nazorat qilish, guruhli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb, odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor, mutaxassisliklar - terapevt, pediatr, akulist, urolog, va hokazo, kasb - muhandis, mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va hokazolar. Mutaxassislik - kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo‘li bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko‘nikma va malakalar kompleksi bo‘lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - kasb ichdagi kasbiy faoliyat turi bo‘lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o‘ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Insoniyat rivojlanishida kasbiy faoliyat turlari uning eramizgacha Misrda qadimiy Gretsiya (Yunoniston), Rim imperiyasi va boshqa rivojlangan davlatlarda ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda mehnatning paydo bo‘lishi sanoat inqilobi davrida boshlandi. Keyingi, ilmiy-texnik rivojlanish kasblar ro‘yxatini yangilashga va kengayishiga olib keladi AQSH rasmiy ma’lumotlarida 1965 yilda alifbo tartibida 21741 ta kasbga va 400 mutaxassisliklarning ta’riflari keltirilgan. Xalqaro kasblarni tizimlash stantarti bo‘yicha 1988 yilda 9333 kasb ro‘yxatga olingan. Yagona ta’rif malaka ma’lumotnomasi 7000 ga yaqin kasb va mutaxassisliklarni birlashtiradi. Bu maxsus hujjatlar ularning tizimli paytidagi kasbiy vaziyati aks ettiriladi.
Nashrdan chiqqan ma’lumotnomalar esa korrektirovkaga muhtoj bo‘ladi, chunki kasblar dunyosi doim o‘zgarib turadi. Yangi kasblar paydo bo‘ladi, kasblarning xarakteri mehnat mazmuni yangilanib turadi, past malakali mehnat kasblari yo‘qolib boradi. Kasb nomi ko‘pincha o‘tgan yillarda shakllangan mehnat xarakteri sifatida aks etadi. Rasmiy ma’lumot nashrlari esa mehnat resurslarining rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Masalan «farrosh» kasbning nomi o‘rniga «interer bo‘yicha texnik» nomini kiritish mumkin, shunda kasbning qadri, uning malakaviy darajasi ko‘tariladi, asosiysi, ishlab chiqarish rivojlanishi tezlashadi.
Ta’kidlash mumkinki, kasblar va mutaxassisliklar odatda texnologiya va mehnat vositalarining eskirib qolganholatini aks ettiradi. Boshqa tomondan, rasmiy nomenklaturasiz ham kadrlar siyosatini amalga oshirib bo‘lmaydi, bunda qanday yo‘l tutish mumkin. Aniqki, ko‘p kasblar va mutaxassisliklar nomini o‘zgartirmasa ham bo‘ladi: shifokor, o‘qituvchi, muxandis, muqarrir, zargar, agranom va hokazo. Ularning mehnat mazmuni o‘zgaradi, ammo kasbning nomi uning mohiyatini anglatadi va mehnat mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, o‘ylaymizki, aynan shu kasblar va mutaxassisliklar ma’lumotlarning rasmiy ro‘yxatini tashkil etish lozim.
Ijtimoiy rivojlanish jarayonida yangi kasblar nomini kiritish zaruriyati kelib chiqadi. Yangi kasblar ro‘yxati kechikish bilan rasmiy ma’lumotnomalarga kiradi. «Menedjer» kasbi bugungi kunda keng tarqalgan, ammo rasmiy ro‘yxatga kiritilmagan. 1979 yildan buyon Yekaterinburg shahrida kasb bilim yurtlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi, ya’ni muhandis – pedagoglar, ammo rasmiy ma’lumotnomalarda bunday kasb yoki mutaxassislik mavjud emas. Bunday misollarni ko‘p keltirish mumkin. Kasbiy faoliyatning samaradorligining shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy sog‘lig‘i hamda holati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi darajasi tushuniladi.
Mashhur rus psixologi K.K.Platonov mutaxassisning kasbiy tayyorligi, bu o‘zining muayyan kasbiy faoliyatini bajarishga qodir va tayyorgarlik ko‘rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub’ektiv holatidir, deb hisoblangan. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi murakkab ko‘p darajali va ko‘rinishli tizimli psixik shaklga ega bo‘lib, birinchi navbatda, odamning shaxsiy ko‘rinishi asosiy o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada jismoniy sog‘liqni kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini talab qiladi. Chunki har qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy energiya sarflashini ko‘zda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu o‘zaro bog‘liq tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi. mutaxassisning bu tayyorligi quyidagilardan iborat bo‘ladi, ya’ni, statik komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko‘nikma, malakalar kasb uchun muhim hisoblangan, shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur bo‘lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi;
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, o‘zgaruvchanligi, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni yechish, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, jamoadagi ma’naviy psixologik muhitga bog‘liqligi bilan ifodalanadi. Mutaxassisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni faollashtirish natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi hisoblanadi.
Shuning uchun mutaxassisni oliy o‘quv yurtida tayyorlash unda kasbiy faoliyat uchun yetarli bo‘lgan sifatlarni shakllantirish lozim. Ba’zi vaqtlarda hatto kasbiy masalalarni hal etishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan mutaxassis ham zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor bo‘lmay qolishi mumkin, ya’ni kasbiy xulqi va faoliyatini ruhiy boshqarish yetarli darajada bo‘lmaydi. Bunday holatda faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‘lmaydi yoki samarasiz bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorligi unda kasbiy bilimdonlikni kerakli darajasini kasbiy mahoratini hamda o‘zini boshqarish, o‘zini kerakli faoliyatga yo‘naltirishga, o‘zining kasbiy (ma’naviy shaxsiy va jismoniy) imkoniyatlarini hal etishga yo‘naltira bilish qobiliyati mavjudligini nazarda tutadi.
Mutaxassisning kasbiy tayyorligining asosiy va eng murakkab tomoni (psixologik tomoni) - mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorgarligi hisoblanadi. Bu mutaxassis psixikasi ruhiy kuchlarining kasbiy masalalarni hal etishga o‘zining vazifalarini bajarishga tayyorligi va yo‘nalganligi darajasidir. Mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorligining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə