«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


- yo‘naltiruvchi intellektual bilish



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə47/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

- yo‘naltiruvchi intellektual bilish. Bu tarkibiy qismi mutaxassis shaxsining bilish sohasini o‘z ichiga oladi: kasbiy idrokini, fikrlashi, tasavvur, xotirasi, diqqatini va ular birgalikda mutaxassis shaxsining kasbga intellektual tayyorligini tashkil etadi.
- motivatsion tayyorligi. Mutaxassisning motivatsion tayyorligining asoslari o‘z kasbi mutaxassisligini tushuna olishi o‘zida pozitiv munosabatni tarkib toptira olishi, o‘zini baholay olishi, bilish faoliyatiga qiziqishlari hisoblanadi. Oliy o‘quv yurti sharoitlarida mutaxassisni tayyorlashda kasbiy faoliyatga motivatsion tayyorligi talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga va ta’lim olish jarayonida o‘zini rivojlantirishga mavjud motivatsion doiraning yo‘naltirilganligida namoyon bo‘ladi.
- Ijrochilik. Bu tarkibiy qismi kasbiy mahoratni (bilim, malaka, ko‘nikmalar) kasbiy xulq odatlari kabi muhim kasbiy sifatlarning to‘plami, kasbiy qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasi va mutaxassisning irodaviy tayyorligi uning xulqi va faoliyati davomida o‘zini boshqarishga qodirligi, operatsional funksiyali tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi yadrosini shaxsning kasbiy yo‘nalganligi va kasbiy mahorati tashkil etadi. Hozirgi zamon mutaxassisining kasbiy tayyorgarligida uning kommunikativ tayyorligi alohida ahamiyatga ega. Bunday tayyorgarlik mutaxassisda odamlar bilan kasbiy muhit bilan konstruktiv va samarali o‘zaro yaqin aloqalar xodimlar va rahbarlar bilan amaliy va shaxsiy o‘zaro munosabatlarga tayyorligi va bunday o‘zaro munosabatlarni o‘rnata olishga va rivojlantirishga qodirligini ko‘zda tutadi. Shaxsning kommunikativ tayyorligi faqatgina odamning nutqiy madaniyati yetarlicha darajada rivojlanganligida, u so‘z va tildan to‘g‘ri foydalanishni bilganidagina mavjud bo‘ladi.
Shaxsning nutqiy madaniyati uning fikrlash madaniyati rivojlaganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisning shaxsiy va kasbiy kamol topishini muhim shartlaridan biri - uning kasbiy nutqiy madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi. Mutaxassisning kommunikativ tayyorligi unda empativlikni, xushmuomalalikni, do‘stonalilikni, o‘rtoqlik hissini, jamoatchilikni rivojlantirishni, kasbdoshlari bilan o‘zaro aloqalar munosabatlarga tayyorligi va qodirligini, o‘zaro munosabatlarda keraksiz keskinliklarni yuzaga keltirmaslikni, yuzaga kelgan qiyinchilikni to‘g‘ri hal eta bilishni, ishda, xodimlar, kasbdoshlari bilan munosabatlarda murosaga kelishni ko‘zda tutadi. Mutaxassis faoliyati muvaffaqiyatliligini yana bir muhim sharti, uning kasbiy va shaxsiy jihatdan tayyorligi va qodirligi hisoblanadi. Bu yo‘nalishda uning faolligi darajasi ishtirok etadi. Kasbiy masalalarni hal etishda ham xodimlar kasbdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarda ham o‘zini to‘la va har tomonlama ko‘rsatishga intilish iborat bo‘ladi.
Mutaxassisning bunday o‘zini tashkil etishi ko‘p jihatdan uning muvaffaqiyatga erishish istagiga va intilishiga bog‘liq bo‘ladi. Zamonaviy psixologiyada muvaffaqiyat muammosiga bag‘ishlangan ko‘plab ishlar mavjud bo‘lib, ularda mazkur muammo amaliy va nazariy jihatdan o‘rganilgan. Muvaffaqiyat deganda, shaxsning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi tushuniladi. Odamning bajarayotgan ishini muvaffaqiyatliligini his etishi ikkita hal etuvchi vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi:
Haqiqiy natija va ushbu vaziyatlarda uning qiziqishlari darajasiga. Ular odam o‘z faoliyatida qo‘ygan maqsadlarini ifoda etish shakli sifatida ishtirok etadi. Shunga muvofiq, muvaffaqiyatga erishishning vositalari, shart-sharoitlari ishlab chiqilgan bo‘lib, u quyidagi formula asosida beriladi.
natija
Muvaffaqiyat = ----------------------------
qiziqishlar darajasi
Ko‘rinib turibdiki, bir xil natija bo‘lganda ham muvaffaqiyat turlicha bo‘lishi mumkin (masalan yuqori, o‘rta, past) yoki u umuman bo‘lmasligi ham mumkin. Bu odam o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga bog‘liq bo‘ladi va aksincha shaxsning qiziqishlar darajasi bir xil bo‘lganda, muvaffaqiyat faoliyat natijasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Kasbiy faoliyat jarayonida muvaffaqiyatga erishishda mutaxassisning shaxsiy xususiyatlari muhim rol o‘ynadi. Hayotiy muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab shaxsiy sifatlar haqida V.Kroford o‘zining “Suhbat va munozara” kitobida Konfutsiyning g‘oyasiga tayanib, do‘stonalik, donolik va botirlikni ko‘rsatadi. Muallif inson o‘z ishida muvaffaqiyatga erishish uchun nima etishmasligini aniqlash uchun qiziqarli metodikani ishlab chiqdi. V.Kroford hozirgi zamon mutaxassisi muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘rsatilgan 3 ta tushunchadan tashqari kasbiy mahorat ham kerakligini aytib o‘tdi. Hozirgi zamonaviy tadqiqotlar muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart-sharoitlarni ko‘rsatadi:
- mutaxassis o‘ziga ishongan bo‘lishi kerak;
- maqsadga erishishga kuchli intilish kerak;
- nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak;
- ishga pozitiv yo‘nalganlik;
- omad alohida muvaffaqiyatlarni ko‘ra bilish va shu paytda quvonch va baxtni his etish zarur.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, odamning hayoti va kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi. Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni kasblar konstruktori mutaxassisligini kiritish bilan bartaraf etish mumkin. Ular yangi kasblarni loyihalashtirish, mehnat mazmunini va maqsadini aniqlash, ma’lumot, malaka darajasi mehnat sharoiti masalalarini yangilanishlari mumkin edi.
Kasbiy faoliyatni tahlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika muammolarini hal qilish mumkin emas, chunki professiogramma mohiyatiga va uning tuzilishiga e’tibor qilish zarur. Faoliyat samaradorligini tashxis qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash, tatbiq qilinadigan mezonlarni aniqlash joiz. Professiogramma natijalarini umumlashtirish asosida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash) imkoni vujudga keladi.
Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar aholidan yuksak madaniyatni, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan kasbiy faoliyatning ikki xil jihati psixologik va pedagogik jihatlari farqlanadi. Kasbiy faoliyatning psixologik jihatlari xodimlarning kelajakda o‘z burch va majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun ularga zarur bo‘lgan psixologik – pedagogik tamoyillar, kategoriyalar va tushunchalarni singdirish hamda kasb madaniyati va etikasi talablariga muvofiq xatti – harakatlarini izohlash, xizmat vazifalarini to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish, o‘z kasbiga mehr – muhabbat, insonga hurmat bilan qarashni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
Kasbiy faoliyatning pedagogik jihatlari esa xodimlar xulqidagi mavjud ahloqiy – siyosiy xususiyatlarda aks etib, ahloqiy prinsiplar va me’yorlarning shaxs ongida qanday hosil bo‘lishi bilan belgilanadi. Axloqning shakllanishida atrofdagi turli xulq – atvordagi kishilar, shaxsiy tajriba, muayyan tiplar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan faktlar katta ahamiyatga ega.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə