«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə44/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Nazorat savollari
1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi.
2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati.
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi.
4. Kasbiy o‘z o‘zini aniqlash bosqichlarini sanang.


7-mavzu. Professiografiya to‘g‘risida tushuncha
Reja:
1. Professiografiya haqida tushuncha
2. Psixogrammada kasb tushunchasi.
3. Kasbiy salomatlik psixologiyasi


Tayanch iboralar: professiografiya, psixogramma, parapsixologiya, bashorat, intuitsiya, kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi, kasb va ixtisoslik, professiogramma, mehnatning jadalligi


1. Professiografiya haqida tushuncha
Professiografiya - deganda kasblar va ularning bir–biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo‘yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi. Professigrafiya –bu biror bir soha egasining shaxsiy xislatlariga, psixologik qobiliyatlariga, psixologik va fiziologik imkoniyatlariga qo‘yilgan talablarni o‘rganish usullari. Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, sog‘lig‘iga qarshi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo‘lib, u mutaxassisning motivatsion, iroda va emosional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo‘lib, u aniq kasbda dolzarb bo‘lgan psixologik funksiya guruhi bilan namoyon bo‘ladi. Professiografik tadqiqot metodlari. Kasbning ilmiy ta’siri, mehnatning (mehnat xulqi) tashqi ya’ni psixik jarayonlar ko‘rishini ya’ni, mehnat sub’ektining ichki vositalariga bo‘lgan integral psixologik tuzilmalarini nazarda tutadi.
Professiografiyada ko‘pgina turli-tuman usullar qo‘llanadi:
1) Ijtimoiy (so‘rovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv);
2) Psixologik (suhbat kuzatuv tajriba va ulardan kelib chiquvchi intervyu, shaxsiy so‘rovnomalar testlar, tajribalar, psixobiografiyalar, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi);
3) Fiziologik EKG. KER qonda arterial bosimni o‘lchash antopometrik va texnik ma’lumotlar);
4) Texnologik jarayonlar ta’siri va boshqa usullar xilma - xilligidan vaqt, kuch va vaziyatlarni minimalligi bilan profesiogramma tadqiqotdagi savollarga javob beruvchi usullarni tanlash lozim. Usullar kompleksini ishlab chiqishda tizimni tashkil etuvchi omil tadqiqot maqsadi muhim rol o‘ynaydi.
Psixografiyalarni kasbga yo‘naltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning umumiy professiografik va ijtimoiy-psixologik ta’siriga katta e’tibor beriladi. Mehnat sharoitlaridan texnik, texnologik va ijtimoiy psixologik sharoitlari ancha chuqurroq o‘rganiladi. Tadqiqotlarning muhim yo‘nalishi bu shaxsning qobiliyatlari, psixofiziologik xususiyatlarini baholashdir. Professiogrammalarning kasbga yo‘naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiognostik tadqiqotlar juda muhim hisoblanadi. qolgan tadqiqotlar o‘quv - kasb muassasalarida talabalar, o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo‘lgan sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega. Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo‘naltirish, kasbiy yo‘nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlab bo‘lmaydi.
Professiografik tadqiqotlarning keyingi yo‘nalishi - toliqish monotoniya boshqa yomon holatlarni oldini olish, travmatizm bilan ko‘zning ko‘rish kasalligi va uning pasayishi maqsadida mehnat sharoitlari va tartibini o‘rganishdir. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi - mehnat sharoitlar va tartibini o‘rganishi va shu bilan birga normal va patologik holatlar, shuningdek, shaxsning kasbiy muhim va faoliyatiga bo‘lgan reaksiyasi tashxis qiladi. Bu kompleksga professiografik usullardan gigienik, tabiiy, psixologik va fiziologik usullar kiradi. Usullarni tanlashda kasbning to‘liq o‘rganilishi nazarda tutilishi kerak. Bunda professiografik tadqiqotlar yo‘nalishlarida quyidagi professiografiya chizmasidan foydalanish tavsiya etiladi:
1) Ishlab chiqarish jarayoni bilan umumiy tanishuv uning o‘rganish va tasviri.
2) Ish o‘rinlarini tasvirlash, ish o‘rnidagilarning faoliyatini psixologik qo‘llash.
3) Ish-harakatlarining psixologik, fiziologik va antropometrik tahlili.
4) Mehnat jarayonining tahlili.
5) Ish kunining sur’ati xronometraj.
6) Faoliyatning individualligini o‘rganish.
7) Xatoli harakatlar tahlili.
8) Sanitariya - gigienik mehnat sharoitlarini baholash.
9) Bir smena, hafta, uzoq davr manbaida ish qobiliyatini dinamikasi.
Professigrafiyalar turli mazmuniga ega. Bu ular nima maqsadlarda tuzilganligiga bog‘liq. Professiografik adabiyotlarni o‘rganib va tizimli tahlil tamoyiliga tayangan holda umumlashgan profesiogramma chizmasi ishlab chiqilgan.
Formalashgan professiogramma sxemasi:
Kasbning ijtimoiy va kasbiy tavsifi.
1) Kasb yoki mutaxassislikning rasmiy qabul qilingan nomenklaturasi bo‘yicha nomi.
2) Taksanomik ma’lumotlar: shakli, turi, sinfi, guruhi, mutaxassisligi.
3) Ish joyi nomi.
4) Kasbning shu soha bo‘yicha kasbiy guruhidagi o‘rni.
5) Lavozim bo‘yicha ish haqqi va uni baholash.
6) Asosiy malaka va lavozim majburiyatlari.
7) Zaruriy ma’lumot.
8) Malaka diapazoni (razryadlar, sinflar va hokazo) shuningdek, ma’muriy, kasbiy, ilmiy rivojlanish istiqbollari.
9) Muammolarning asosiy xususiyatlari: doimiy yoki keng yoki tor doira ishlarini bilan muammoli turi (tor kasbiy taklif buyuruvchilar, mijozlar bilan odamlarga xizmat ko‘rsatish sharoitiga va qo‘l ostidagilarning rahbarlarga nisbatan va hokazo)
10) Kasbiy layoqat tufayli diskvalifikasiya hollarini aloqida kasbiy ta’lim, kasbiy faoliyat davridagi tavsifi.
11) Mehnat faoliyati asosiy xususiyatlarining qisqacha tavsifi (yosh jihatdan cheklash va boshqa holatlar)
Psixogramma
A) Umumiy mehnat tavsifi:
1. Ish kuni va sur’ati.
2. Mehnat dinamik omillarining tasviri va baholashi (ishga layoqat, toliqish, ishonchlilik, xatosizlik va boshqalar).
3. Mehnat sharoitlarini ish jarayonining dinamik jarayonlariga ta’siri.
4. Ish joyi va mehnat harakatlarining psixologik tavsifi.
5. Xato harakatlarining psixologik tahlili.
B) Psixik jarayonlarga qo‘yiladigan talablar:
1. Psixomotorika
1. Ishning turi, statik va dinamik yuklamalar.
2. Ishchi harakatlar, gnostik, moslashuv, bajaruvchi va boshqalar.
3. Asosiy texnologik operasiyalarning vaqtincha va psixofiziologik tavsifi.
4. Psixomotorikaga qo‘yiladigan maxsus talablar.
2. Sensor va perseptiv sohalar:
1. Turli sensor modalliklarning sezgirligi.
2. Kasbiy muhim signallarni qabul qilish turlari, vaqt, harakat, tezlikni qabul qilish.
3. Sensor va perseptiv sohalarga qo‘yiladigan maxsus talablar.
3. Anglash jarayonlarining kasbiy xususiyatlari:
1. Mehnat faoliyatining ishonchliligi va samarasiga tasavvurlarning ta’siri.
2. Ijodiy faoliyatga bo‘lgan talablar.
3. Ustun fikrlash turlari.
4. Ish bajarilayotganda qaror qabul qilish xususiyatlari, mustaqillik mas’uliyati, o‘zini - o‘zi nazorat qila olish, stressga bardosh berish talablari.
5. Ustun keluvchi xotira turi. Xotiraga qo‘yiladigan talablar.
6. Nutqqa qo‘yiladigan talablar. Nutq xususiyatlari.
7. Diqqat va uning xususiyatlari.
V) emotsional - iroda sohasiga qo‘yiladigan talablar:
1. Ustun keluvchi emosional holatlar tavsifi.
2. Mehnat asab - psixik zo‘riqishning o‘ziga xos darajasi.
3. Maxsus talablar.
4. Iroda va uning xususiyatlari.
G) Mehnat jarayonida tipik psixologik jarayonlar:
1. Monotaniya va toliqish.
2. Mehnat jarayonida somatik psixologik holatlar.
3. Shu kasbga xos bo‘lgan shuningdek e’tiborli e’tiborsiz holatlar.
D) Muhim kasblar ansambli (asosiy sifatlar):
1. Shaxsning umumiy va spetsifik yo‘nalishi tuzilmasi, kengligi, faolligi, bardoshliligi.
2. Ijtimoiy kasbiy mas’uliyat.
3. Optimizm.
4. Shaxsning istalmagan yoki istalgan xususiyati sifatida ishontirish xususiyati.
5. Shaxsning ma’naviy psixologik bardoshliligi.
6. Xarakter xususiyatlari (ijtimoiy faollik, prinsiplilik, qat’iyatlilik, mustaqillik, rostgo‘ylik, mardlik, tashabbuskorlik, tartiblilik, jamoatchilik, optimizm, pessimizm).
E) Chegaralash va qarshi ko‘rsatmalar:
1. Xatolar oqibati va mehnat xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar.
2. Kasbga layoqatsizlik tavsifi.
3. Jinsi, yoshi jihatdan chegaralash.
4. Kasbiy zararlar va imtiyozlar.
5. Shaxsning kasbiy deformatsiyalari.
Kasb-hunar ta’limi jarayonida professiogramma quyidagi tuzilishga ega bo‘lishi lozim.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə