«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə45/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

I. Maxsus fazilatlar:
- psixologik barqarorlik
- jismoniy zo‘riqishlarga chidamlilik
- ish joyida diqqatni tez taqsimlashlik
- ko‘ruv idrokiga tezkor javob qaytarishlik
- operativ tafakkurga moyillik
- vaqtni idrok qilishga qobiliyatlilik
- obrazli xotiraga egalik
- teri-tuyushga sezgirlik
- harakatni muvaffaqiyatlashtirishga uquvchanlik.
II. Kasbiy bilimlarga zehnlilik:
- ishlab chiqarish ta’limi jarayoni mohiyatini komil insonni shakllantirishning tarkibi ekanligini tushunishlik;
- ishlab chiqarish ta’limi metodikasi va nazariyasi asoslarini egallaganlik;
- yosh va jins xususiyatlari, tayyorgalik darajasini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
- ishlab chiqarish ta’limida o‘quvchilarning psixologik, pedagogik, fiziologik xususiyatlari rivojini inobatga olishlik;
- psixologiya fanining ilmiy asoslari bilan qurollanganlik;
- o‘quv mashg‘ulotlarida psixologik va fiziologik qonuniyatlar mohiyatini tushunganlik;
- ota-onalarga va jamoatchilikka psixologik ta’sir o‘tkazish mexanizmini bilishlik;
- o‘quvchilar bilan kasbga oid sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uyushtirish metodikasini o‘zlashtirganlik;
- yangi ta’limiy texnologiya ta’sirchanligini uqishlik.
III. Shaxsiy psixologik va pedagogik salohiyat:
- ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni ajrata bilishlik;
- o‘quvchilarning kuchiga, yoshiga, jinsiga binoan mashg‘ulotlarni rejalashtirishlik;
- o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari va shaxsiy sifatlari rivojlanishining istiqbol rejasini tuza olishlik;
- mashg‘ulotlar sifatini ko‘tarish uchun o‘quvchilarni o‘zini-o‘zi tayyorlashga o‘rgatishlik;
- shaxsga ta’sir o‘tkazishni rejalashtirishga uquvchanlik;
- o‘quvchilar jamoasiga rahbarlik qilishda shaxsiy faoliyatini idora qilishni uddalashlik;
- ishlab chiqarish ta’limiga kasb-hunar o‘quv yurtlari jamoasini tortishga qobiliyatlilik.
IV. Tashkilotchilik qobiliyatlari:
- Mehnat ta’limi mashg‘ulotlarida o‘quvchilar jamoasini tashkil qilishlik va uni har xil vaziyatlarda boshqarishlik;
- Sinf va sinfdan tashqari ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlarini tashkillashtirishlik;
- Mashg‘ulotlar davomida kurs faollarini aniqlash va ularni uyushtirishlik;
- O‘quvchilar bo‘sh vaqtini o‘tkazishni tashkil qilish va ular o‘rtasida tanlovlar, ko‘riklar joriy qilishlik;
- Faollarning tashkilotchilik faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashishlik;
- Layoqatli, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan individual mashg‘ulot o‘tkazishlik.
V. Kommunikativ (muomalaviy) xislatlar:
- o‘quvchilar diliga yo‘l topa olishlik;
- o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan muloqat o‘rnatishiga qobilllik;
- o‘quvchilar (talabalar) jamoasida va jamoalararo munosabatlarni boshqarishga uquvchanlik;
- ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha boshqa o‘quv yurtlari bilan tashqi aloqa o‘rnatishga qobiliyatlilik.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə