«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə43/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi
Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish bo‘lmasdan, balki qator bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi omillarga va kasb tanlash sub’ektining individual xususiyatlariga bog‘liq holda kechadi.
Kasbiy jihatdan o‘z o‘zini aniqlash katta maktab yoshiga kelib inson uchun dolzarb mazmun kasb etadi va bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Biz quyida shu bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Bundan ko‘zlangan maqsad shundaki, biz ko‘rib chiqayotgan mavzuni, ya’ni shaxsning kasb tanlashi, kasbiy shakllanishi va kasbiy faoliyati muammolarini chuqurroq yoritish orqali shaxsni aynan kasbiy o‘z o‘zini aniqlash jarayonini bosqichma bosqich ko‘rib chiqishimiz zarur bo‘ladi. Shunday qilib, kasbiy o‘z o‘zini aniqlash beshta bosqichni o‘z ichiga qamrab oladi:
1. Kasbni ilk tanlash bosqichi. Bu bosqichda bola kasblar olami haqida etarlicha tasavvurga ega bo‘ladi, o‘z ichki imkoniyatlari haqida kam biladi, uning kasbiy intilishi hali sust darajada bo‘ladi. Bu bosqich kichik maktab yoshiga taalluqli bo‘lib, unda kasbning mazmuni va ish sharoitlari haqida bolada savollar tug‘ilmaydi.
2. Kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini aniqlash bosqichi katta maktab yoshiga to‘g‘ri keladi (15-17 yoshlar). Bu bosqichda ilk professional intilishlar paydo bo‘ladi va rivojlanadi hamda mehnatning turli xil sohalari ichidan o‘ziga ma’qulini tanlash jarayoni kuzatiladi.
3. Kasbiy ta’lim bosqichida tanlangan kasbni o‘zlashtirish jarayoni sodir bo‘ladi.
4. Kasbiy moslashish bosqichi kasbiy faoliyatning individual uslubining paydo bo‘lishi hamda kishining ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlar tizimiga bog‘lanishi bilan xarakterlanadi.
5. Mehnatda o‘zini ko‘rsatish bosqichi (qisman yoki butunlay) kasbiy mehnatga taalluqli bo‘lgan talablarning (kutilmalarning) bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan bog‘liq holda kechadi.
Shunday qilib, kasbiy jihatdan o‘z o‘zini aniqlash - shaxs kasbiy faoliyatining barcha davrlarini, ya’ni, kasbiy intilishning paydo bo‘lishidan tortib to mehnat faoliyatidan butunlay ozod bo‘lgungacha bo‘lgan davrlarni o‘zida mujassamlashtirgan jarayondir. Aytish mumkinki, u insonning butun hayot yo‘lini qamrab oladi. Albatta, bu jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri kasb tanlash amalga oshiriladigan bosqichdir. To‘g‘ri tanlangan kasb, bir tomondan, shaxsning ichki imkoniyatlariga mos tushadi va uning insoniy baxti hamda kamolotini belgilaydi, ikkinchi tomondan esa yaxshi kasb egasining samarali mehnati ta’sirida jamiyat rivoji jadallashadi.
Kasbga oid olib boriladigan maslahat ishlariga oid zamonaviy maslahatlar shaklanishiga katta hissa qo‘shgan olim Brayan Torn juda ko‘p publikatsiya, tanqid, loyha va patentlar egasidir. Rochesterda ishlagan Rodjersning t’ariflashicha psixolog to‘rtta asosiy xislatga ega bo‘lishi kerak:
1. Ob’ektiv baholash xususiyatga ega, har qanday vaziyatda xam ma’lumotni to‘g‘ri eshitib, to‘liq qabul qilib, qiziqish bildirib shok holatiga tushmay sovuqqonlik bilan vaziyatni baholash.
2. Shaxsni, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar hurmat qilish kerak, maqsad-bolada ma’suliyatni his qilishini uyg‘otib, mustaqqil fikrlashga undash.
3. Shaxsni tushunish, o‘zaro bitim tuzib birgalikda ongli ravishda tushunib qaror qabul qila olishga undash.
4. Psixologik bilimlarga, inson fe’l atvori, uning jismoniy, ijtimoiy psixologik determinantlarga ega bo‘lish.
Rodjers uchun birinchi uchtasi to‘rtinchisidan ustunroqdir. Munosabatlar, emotsiyalar va xulosalar olamida kuchli bilimlar yuqori intelekt bilan har doim ham kafolat garovi bo‘la olmaydi.
DJ. Shtrasser va X.Gruber o‘z tadqiqot xulosalarida psixologiya fanidan yaxshi o‘rganilmagan tuzilmalarga e’tiborini qaratgan. Bulardan bittasi kongnetiv aspektlarni fanga yo‘naltirilgan tahlillardir.
1. Ekspertlar tomonidan muammolarni mental tassavuri.
2. Narsalarga qaratilgan muammolarni yechimini topishda fikrlash jarayonlari



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə