«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə41/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati
Har bir shaxs farovonlikda va yaxshi ta’minlangan sharoitda yashashni istaydi. Shu sababli ham insonlar farovon turmushni ta’minlashga xizmat qiluvchi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga intiladilar va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishga imkon yaratuvchi kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklarni egallashga harakat qiladilar. Ba’zi holatlarda ma’lum bir kasbni tanlash va uni egallashda shaxsning imkoniyati etarli bo‘lmaydi. Insonning qiziqishlariga va psixologik imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan kasbning tanlanishi, tabiiyki, uning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan shaxsning ichki intilish va imkoniyatlariga u tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi munosabati o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Biz quyida shu masala bo‘yicha psixolog olimlarning qarashlarini, o‘tkazgan tadqiqotlarini tahlil qilamiz.
Kasbiy motiv va motivatsiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida E.A.Klimov, V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog‘liq motivatsiyalarni 3 guruhga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb tanlash motivlari va uchinchisi-ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi. Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo‘lib, ular o‘ziga xos omillar bilan belgilanadi. Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg‘onishi bilan bog‘liqlari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni hohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi. Ikkinchi guruh omillari o‘zi va oilasi uchun moddiy mablag‘ning orttirilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir. Uchinchi guruhga o‘zini o‘zi faollashtirish, rivojlantirish, o‘zini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug‘ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi bo‘lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bog‘liq. Maktab o‘quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bog‘liq ravishda shakllantiriladi. Mehnat faoliyatining umumiy motivlari yuqorida aytib o‘tilganidek, aniq kasblar doirasida amalga oshadi. Kasb tanlash anchagina qiyin va motivatsion jarayondir. Axir shaxsning to‘g‘ri kasb tanlashi ko‘pincha insonning hayotdan qoniqishga ham sabab bo‘ladi. Insonning qaysi faoliyatini tanlashi ko‘proq tashqi omillar haqidagi qarorning qabul qilinishi jarayoni haqida to‘xtalishi muhimdir. Bu asosan tashqi holat baholariga, o‘zining imkoniyat va qobiliyatlariga, kasb tanlashdagi qiziqish va moyilliklariga bog‘liqdir. Tashqi holatini baholash, ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, o‘zida ishlab topiladigan pul miqdori, imtiyoz, taklif etilayotgan korxona, muassasaning yashash joyiga yaqin bo‘lishi, transpot aloqalarining qulayligi, ish joyi estetikasi va ishlab chiqarishning zararli tomonlari, jamoadagi psixologik iqlim, maqtov va tartibga chaqirish kabilarni qamrab oladi. O‘z imkoniyatlarini baholash sog‘lomligi, ishga yaroqliligi, kasbi bo‘yicha muhim sifatlarga egaligi, bilim darajasi, stresslarsiz ishga moyilligi, yuqori shovqinli ishda talab etilgan temp va xotirjam ritm bilan ishlay olish imkoniyati kabilarni o‘z ichiga oladi. Qiziqishlarga mos ravishda tanlangan ish joyini baholash, ayni vaqtda ishlayotgan muassasasi, korxonadagi imkoniyat to‘siqlari, ishni boshqarish, kasbiy o‘sish, tashabbusning paydo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ba’zan qiziqish bo‘yicha ish joyini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ish joyini vakasbni tanlash motivlari E.S.Chuchunay tomonidan klassifikatsiya qilingan. U kasb motivlarini quyidagilarga ajratadi:
1) Dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi).
2) Vaziyat bilan bog‘liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shart sharoitlarni ro‘yobga chiqarish).
3) Komformist.
4) Kasbiy motivatsiyalar (o‘ziga yaqin ijtimoiy olamning ya’ni yaqinlarini, do‘st va tanishlarining maslahatlari bilan).
L.I.Bamburova musiqa ijrochilik kasbini tanlashga sabab bo‘luvchi omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi:
Ijod va musiqa ijro etishga bo‘lgan qiziqish. Musiqadan zavqlanishga bo‘lgan ehtiyoj. Musiqa asarlarini ijro etishda o‘zi tashabbus ko‘rsatishga intilish. Tinglovchilarning qadriyatini ko‘tarish, ularga rohat baxsh etish hohishi. Albatta yuqoridagilar musiqa ijrochilik faoliyatining to‘liq motivlari emas. Ular faqatgina musiqachilik faoliyatini boshlashga olib keladi. A.P.Vasilev tibbiyot xodimi kasbini tanlashning quyidagi asosiy motivlarini keltirib o‘tadi:
1) Insonlarni davolash istagi.
2) Og‘ir kasalliklar, qariya, yosh bolalarni og‘riqlardan xalos etish istagi.
3) O‘z yaqinlarining sog‘lig‘i haqida qayg‘urish imkoniyati.
4) Ilmiy tibbiyot muammolarini hal etish.
5) O‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urish.
6) Moddiy qiziqishlar.
Motivlarning mustahkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning ko‘pgina omillarini qondirilishiga bog‘liq bo‘ladi. G‘arb psixologlaridan V.Vrum va E.Disi mehnat faoliyati motivatsiyasini tarkibiy qismlarini ajratadilar. Unga ko‘ra insonlar qanchalik o‘z ishidan qoniqsa, shunchalik ular o‘z ishlarini bajarishga kuchliroq harakat qiladilar. Ularni faoliyat jarayonida rag‘batlantirib borilsa, shunchalik qattiqroq ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan rag‘batlantirish ishchilar faoliyatining mahsuldorligiga bog‘liq. Bunda ular faoliyat ko‘rsatadigan firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar. Bu turli qo‘shimcha imtiyozlar nafaqat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkillashtiriladi. So‘rovnoma natijalariga muvofiq ishdan bo‘shashning turi – ob’ektiv, ob’ektiv – sub’ektiv va sub’ektiv ko‘rinishlarga ajratiladi. Ob’ektiv sabablarga sog‘lig‘ning yomonligi va jismoniy holati, turar joyini o‘zgarishi, ta’lim olishni davom ettirish, tuqish va bolani parvarishlash kabilar kiradi. Ob’ektiv – sub’ektiv sabablarga mehnat shartnomasining shartlari, kasbiy o‘sish, yuksalish imkonining yo‘qligi va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Sub’ektiv sabablarga jamoadagi psixologik iqlim, shaxslararo munosabatlar va boshqalar kiradi. Ishsizlarning ish qidirish motivatsiyalari haligacha ham o‘rganilmayotgan muammo bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga ishsizlarning axloqi, yangi ish joyini topish bo‘yicha faoliyati ko‘p jihatdan uning motivatsion jabhalariga, ularning tuzilishiga kam hollarda hayot mazmunining shart sharoitlariga bog‘liq. M.V.Dmitriy ta’kidlaganidek, ishsizlarning motivatsion jabhalarini o‘ziga xos xususiyatlari ish izlashdagi faoliyatlari motivatsion tuzilishlarining hamma ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ular ijtimoiy o‘zgarishlardan mustaqil bo‘lish uchun qayta harakat qilishda o‘z imkoniyatlaridan foydalanishga turtki beradi. Passiv ishsizlarning motivatsion imkoniyatlarini tuzilish xususiyati alohida motivlarning ham harakatlanuvchanligi bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi uchun B.N.Dadanov taklif qilgan usullarni qo‘llash mumkin. U istalgan faoliyatning sabablari sifatida quyidagi omillarni o‘zida aks ettiradi, deb ko‘rsatadi:
1. Ayni faoliyat jarayonidan rohatlanish.
2. Faoliyatning to‘g‘ri natijalari (yaratiladigan mahsulot o‘zlashtirilayotgan bilim va hokazo).
3. Faoliyatni rag‘batlatirish (maosh, mansabni oshirish, so‘z vositasida va hokazo).
4. Bosh tortish hollarida yoki faoliyat yaxshi bajarilmaganda beriladigan jazodan o‘zini olib qochishga intilish. Bu sabablar salbiy “valentlikka” ham ega bo‘lishi mumkin. Masalan, faoliyatdan uzoqlashib, qiziqishlarini so‘ndirishi mumkin. Salbiy valentlikni maxsus belgi bilan izohlab, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
T-insonga ish jarayonining mashaqqatli, yoqimsiz bo‘lishi;
R-erishishi kerak bo‘lgan natijaga intilishdan uzoqlashish;
V-ishdan bosh tortish uchun rag‘batlantirish-taklif etish;
G-ayni ish faoliyati uchun jazo belgilashi.
Pedagogik oliy o‘quv yurtlariga kirish va pedagog kasbini tanlash motivlari (o‘qituvchi, boqcha tarbiyachisi va b.) turli xil bo‘lib, bunda ulardan bir qanchasi pedagogik faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu jihat anchadan beri pedagogik, jamoatchilik va oliy o‘quv yurtlarini o‘ylantirib keladi. O‘tkazilgan ko‘pgina so‘rovlar bo‘yicha olingan natijalarda (pedagogik oliy o‘quv yurtiga kirganlarning) o‘qituvchi kasbiga ijobiy munosabat bildirgan. Taxminan 40 % u yoki bu narsa yoki predmetlarga qiziqqani tufayli o‘qituvchilik faoliyatiga qiziqmagan holda 13 % dan 22 % talabalar esa na o‘qituvchilik faoliyatiga va na kasbiy fanga ijobiy munosabat bildiradi. Ularni oliy o‘quv yurtiga kirishidan maqsad ayni vaqtda harbiy xizmatdan qochish yoki oliy ta’lim nufuziga ega bo‘lish hisoblanadi. Ko‘pgina, talabalarning pedagogika o‘quv yurtiga kirish sabablari shu dargohning ularning turar joyiga yaqinligi bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich, bunday moyillik ko‘p yillar davomida saqlanib kelmoqda.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə