«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasbga oid meditsina konsultatsiyasi kabineti



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə37/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Kasbga oid meditsina konsultatsiyasi kabineti
KXK tibbiy yordam ko‘rsatish xonasidan ham foydalansa bo‘ladi. 1. Vrach stoli. 2. Vrach stuli. 3. O‘quvchi uchun stol. 4. Kasbga oid meditsina konsultatsiyasi natijalarini saqlash uchun shkaf. 5. Meditsina xodimi stoli. 6. Stul. 7. O‘quvchi uchun stul. 8. Dori-darmonlar uchun shkaf. 9. O‘quvchi sog‘ligi darajasini va tanlagan kasb ta’limi turiga yaroqligini aniqlash uchun meditsina apparaturasi.


Nazorat savollari.
1. Kasb tanlashga tayyorlash ishlarining olib borilish holatlari
2. Yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan kasbga oid konsultatsiyalar ketma-ketligi
3. Kasbga oid konsultatsiyani o‘tkazish bosqichlari
4. Kasb-hunar kollejlarida kasbga oid kansultatsiya o‘tkazish uchun moddiy bazalarning yaratilishi
5. Dastlabki kasbga oid konsultatsiya ishlari


5-mavzu. Kasblar va ularning klassifikatsiyasi
Reja:
1. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati
2. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi
3. Kasbning oldidagi umumiy hamda xususiy talablar
4. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi


Tayanch iboralar: professiografiya, psixogramma, klassifikatsiya, kasb turlari, tarmoqlar kasb tanlashga yo‘naltirish, kasb va ixtisoslik, professiogramma, mehnatning jadalligi.


1.Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati
1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez suratlarda kasbiy faoliyatning tamoyil va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni umumlashtirishi natijasida psixotexnikada maxsus yondashuv professiografiyani shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati “kasblar tasviri” umuman olganda professiografiyani o‘rganish, kasbning psixologik tavsifi va loyihalashtirishini o‘z ichiga oladi. Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar belgilari, mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari o‘rganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni o‘rganishda differensial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini yechishga bo‘ysunishidir. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday muhim kasbiy belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko‘ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, ko‘nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o‘rganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib, professiografiyaning differensial tamoyili kasbning o‘rganish usullarini uning tavsif, mazmuni, shuningdek, qo‘llanilish sohasi, ya’ni, professiografiya o‘tkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin:
1) Ishchilar attestatsiyasi.
2) Yangi kasblar mutaxassisliklarini loyihalashtirish.
3) Optantlar profkonsultatsiyasi va mutaxassislar tanlovi.
4) Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish.
5) Shaxs kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar.
Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari, shuningdek, sog‘lig‘iga qarshi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo‘lib, u mutaxassisning motivatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo‘lib, u aniq kasbda dolzarb bo‘lgan psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo‘ladi. Professiografik tadqiqot metodlari. Kasbning ilmiy ta’siri, mehnatning (mehnat xulqi) tashqi, ya’ni psixik jarayonlar ko‘rishini ya’ni, mehnat sub’ektining ichki vositalariga bo‘lgan integral psixologik tuzilmalarini nazarda tutadi.
Professiografiyada ko‘pgina turli-tuman usullar qo‘llanadi:
1) Ijtimoiy (so‘rovnomalar, savollar kiritilgan kuzatuv);
2) Psixologik (suhbat, kuzatuv, tajriba va ulardan kelib chiquvchi intervyu, shaxsiy so‘rovnomalar testlar, tajribalar, psixobiografiyalar, faoliyat mahsulini o‘rganish metodi);
3) Fiziologik (EKG.KER qonda arterial bosimni o‘lchash antopometrik va texnik ma’lumotlar);
4) Texnologik jarayonlar ta’siri va boshqa usullar xilma - xilligidan vaqt, kuch va vaziyatlarni minimalligi bilan professiogramma tadqiqotdagi savollarga javob beruvchi usullarni tanlash lozim. Usullar kompleksini ishlab chiqishda tizimni tashkil etuvchi omil tadqiqot maqsadi muhim rol o‘ynaydi. Psixografiyalarni kasbga yo‘naltirish uchun ishlab chiqayotganda kasbning umumiy professiografik va ijtimoiy-psixologik ta’siriga katta e’tibor beriladi. Mehnat sharoitlaridan texnik, texnologik va ijtimoiy psixologik sharoitlari ancha chuqurroq o‘rganiladi. Tadqiqotlarning muhim yo‘nalishi bu shaxsning qobiliyatlari, psixofiziologik xususiyatlarini baholashdir. Professiogrammalarning kasbga yo‘naltirish va kasbiy tanlov maqsadida ishlab chiqishda psixodiagnostik tadqiqotlar juda muhim hisoblanadi. Qolgan tadqiqotlar o‘quv - kasb muassasalarida talabalar, o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar ishlashi lozim bo‘lgan sharoitlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega. Ammo ular ham muhim hisoblanadi, chunki aniq majburiyatlarni va mehnat sharoitlarini bilmasdan, kasbga yo‘naltirish, kasbiy yo‘nalganligini tashkillashtirish va kasbga nisbatan layoqatini aniqlash mumkin emas.
Professiografik tadqiqotlarning keyingi yo‘nalishi - toliqish monotoniya boshqa yomon holatlarni oldini olish, travmatizm bilan ko‘zning ko‘rish kasalligi va uning pasayishi maqsadida mehnat sharoitlari va tartibini o‘rganishdir. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi - mehnat sharoitlar va tartibini o‘rganishi va shu bilan birga normal va patologik holatlar, shuningdek, shaxsning kasbiy muhim va faoliyatiga bo‘lgan reaksiyasini tashxis qiladi. Bu kompleksga professiografik usullardan gigienik, tabiiy, psixologik va fiziologik usullar kiradi. Usullarni tanlashda kasbning to‘liq o‘rganilishi nazarda tutilishi kerak. Bunda professiografik tadqiqotlar yo‘nalishlarida quyidagi professiografiya chizmasidan foydalanish tavsiya etiladi:
1) Ishlab chiqarish jarayoni bilan umumiy tanishuv uning o‘rganish va tasviri.
2) Ish o‘rinlarini tasvirlash, ish o‘rnidagilarning faoliyatini psixologik qo‘llash.
3) Ish-harakatlarining psixologik, fiziologik va antropometrik tahlili.
4) Mehnat jarayonining tahlili.
5) Ish kunining sur’atini xronometraj o‘rganish.
6) Faoliyatning individualligini o‘rganish.
7) Xatoli harakatlar tahlili.
8) Sanitariya - gigienik mehnat sharoitlarini baholash.
9) Bir smena, hafta, uzoq davr manbaida ish qobiliyatini dinamikasi.
Professigrafiyalar turli mazmuniga ega. Bu ular nima maqsadlarda tuzilganligiga bog‘liq. Professiografik adabiyotlarni o‘rganib va tizimli tahlil tamoyiliga tayangan holda umumlashgan profesiogramma chizmasi ishlab chiqilgan.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə