«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə40/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Nazorat savollari
1. Kasbga psixologik nomutanosiblik yoki kasbiy yaroqsizlikni tushuntiring.
2. Kasbning inson oldiga qo‘yadigan talablari majmuasiga izoh bering.
3. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati.
4. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi.
5. Kasbning oldidagi umumiy hamda xususiy jabhalar.
6. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi.


6-mavzu. Professiografiyaning mohiyati, uning yuzaga kelish tarixi
Reja:
1. Professiografiyaning psixologik asoslari
2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi
4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi


Tayanch iboralar: professiografiya, psixogramma, kasb-kor, mehnat sharoiti, intuitsiya, kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi, kasb va ixtisoslik, professiogramma, mehnatning jadalligi.


1.Professiografiyaning psixologik asoslari
1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez suratlarda kasbiy faoliyatning tamoyil va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni umumlashtirishi natijasida psixotexnikada maxsus yondoshuv professiografiyani shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati – “kasblar tasviri” umuman olganda professiografiyani o‘rganish, kasbning psixologik tavsifi va loyihalashtirishini o‘z ichiga oladi. Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar belgilari, mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari o‘rganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri kasbiy faoliyatni o‘rganishda differensial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyilning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini yechishga bo‘ysunishidir. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko‘ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, ko‘nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o‘rganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning o‘rganish usullarini uning tavsif, mazmuni, shuningdek, qo‘llanilish sohasi ya’ni professiografiya o‘tkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin:
1) Ishchilar attestatsiyasi.
2) Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish.
3) Optantlar profkonsultasiyasi va mutaxassislar tanlovi.
4) Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish.
5) Shaxs kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar.
E.M.Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik va metodik. Informatsion (ma’lumotli) professiografiya oktantlar, ya’ni, kasb tanlash zaruriyati oldida turgan shaxslar bilan kasbiy maslahat ishlari uchun mo‘ljallangan. Ular qatoriga o‘quvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar va kasblarni almashtirmoqchi bo‘lganlar kirishi mumkin. Informatsion professiografiya ishlari maxsus kasbiy adabiyotlarni tahliliy va hujjatlarni o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
Diagnostik professiografiyalash mehnat samaradorligining pastligi mahsulot sifatining pastligi, avariya holati, travmatizm, kadrlar qo‘nimsizligi sabablarini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Diagnostik professiografiyalash quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi.
1. Faoliyat mazmuni:
1) Mehnat predmeti va masalalari.
2) Ish natijalari sifatiga qo‘yiladigan talablar.
2. Mehnat qurollari:
1) Ish turi va tartibi.
2) Boshqarish organlari.
3) Ish joyini tashkil etish.
3. Mehnat sub’ektining faoliyati:
1) Harakat turlari va ularning tavsifi.
2) Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri.
3) Kasb faoliyatiga xalaqit beruvchi omillar.
4) Mehnat jarayonida uchraydigan xatolar, brak, travmalar turi.
4. Mehnat sub’ektining faoliyati:
1) Ishchilarning o‘zaro aloqalari tuzilmasi.
2) Ishni rejalashtirish va nazorat.
5. Kasbning mehnat sub’ekti shaxsiy psixologik va psixofiziologik sifatlariga qo‘yiladigan talablar.
6. Mehnat sub’ekti faoliyatining past samaradorligi sabablarini tashxisi.
7. Kasbiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha amaliy - eksperimental tekshiruv.
Diagnostik professiografiyalash empirik ma’lumotlarni yig‘ish usullari orqali amalga oshiriladi. Prognostik professiografiyalash kasbiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha asoslangan tavsiyalarni berish maqsadida qo‘llaniladi.
1. Kasbning umumiy tavsifi:
1) Kasb rivojlanishi tarixi va istiqbollari.
2) Kasbiy faoliyatni bajarilishining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari.
3) Kasbiy muhit.
2. Kasbiy dala va mazmuni va jihati:
1) Kasbiy dala tavsifi.
2) Kasbiy bilimni aniqlovchi omillar.
3) Kasbiy bilimni rivojlanishi prognozi.
3. Kasbiy ta’lim malaka oshirish:
1) Kasbiy ta’lim darajasi.
2) Kasbiy tayyorgarlik.
3) Malaka oshirish.
4. Ishchining kasbiy moyilligi:
1) Mutaxassislik sohasining kengligi.
2) Asosiy malakalar darajasi.
3) Mutaxassislik va kasbni o‘zgartirish imkoniyati.
5. Kasb istiqbolini baholash:
1) Shaxsning kasbiy - psixologik potensiali.
2) Ishchining kasbiy faolligi.
3) Kasbiy o‘zini o‘zi takomillashtirish karera.
Pragnostik professiografiyalash genetik usullarni, shuningdek modellashtiruvchi eksperimentlarni qo‘llaydi. Metodik professiografiyalash psixologga mehnat sub’ektining holati va muhim kasbiy sifatlarni o‘rganish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi va vazifalariga ko‘ra metodik professiografiyalash sxemasi ham o‘zgaradi. Masalan, kasbiy mehnat va hordiq tartibi, kasbiy toliqish, befarqlik, passivlikka bo‘lgan ta’sirini o‘rganishda shunday sxema qo‘llaniladi.
1. Mehnat sub’ekti faoliyatining mazmuni:
1) Haraktlar turi va ularning tavsifi.
2) Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri.
3) Emotsional ko‘rinishlar.
4) Ish joyidagi noqulaylik turlari.
5) Faoliyat jarayonida paydo bo‘ladigan xatolar, brak travma turlari.
2. Mehnat sharoitlari:
1) Sanitariya - gigienik muhit (havo darajasi, chang, namgarlik va boshqa).
2) Jismoniy muhitning yoritilganligi, shovqin.
3) Ish tartibi.
4) Haq to‘lash va rag‘bat shakli.
Mutaxassisning kasbiy mahoratini o‘rganishda professiografiyalashning quyidagi sxemasi qo‘llaniladi.
1. Faoliyat mazmuni:
1) Ishchilar malakasiga qo‘yiladigan talablar (kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar, shuningdek, sifatlar va qobiliyatlar).
2) Ishchilarning huquq va majburiyatlari.
2. Mehnatni tashkillashtirish:
1) Malaka oshirish.
2) Kasbiy psixologik potensial.
3) Ijodiy qobiliyatlar.
3. Mehnat sub’ekti faoliyati:
1) Harakatlar turi va ularning tavsifi.
2) Ishni rejalashtirish va uni nazorat qilish.
3) Faoliyat individualligining xususiyatlari.
Ta’limga yo‘naltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub’ektligi haqidagi g‘oya qo‘yiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub’ekti bo‘lib, unga bir qator maxsus belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - mohiyati va loyiqalashtirish texnologiyalarini o‘rganib chiqishdi. “Kasb pasporti” bloki kasb va mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yo‘nalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi haqida qisqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. “Kasbning asosiy ob’ekti” (sohasi) bloki kasb turi haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. “Inson – tabiat”, “inson – inson”, “inson – texnika”, “inson - belgilar tizimi”, “inson badiiy obraz” va boshqalar. Bu blok mazmuni boshqa professiografiyalash bloklarining asosi hisoblanadi. “Kasbiy predmetli salohiyat” bloki ko‘p tizimli ta’lim sifatida kasbiy muhim tavsifini o‘z ichga oladi. Mutaxassis kasbi qaysi sohaga tegishli ekanini, qaysi asosiy ob’ektlarga yo‘naltirilgan, bu ob’ektlar qanday ob’ektlar, bu sohada mehnat natijasi yoki mehnat mahsuli qanday ahamiyatga egaligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. “Ijtimoiy kasbiy salohiyat” blokida shaxs ob’ektining quyidagi yo‘nalishlari aks etadi. Fikrlash potensialining rivojlanishi. Shaxsni o‘zini nazorat eta olish va rivojlantirish imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga yo‘naltirilganligi. Shaxsning bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi. Professiografiyada ekologik, huquqiy va iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda tutiladi. Maxsus psixofiziologik talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy ko‘rsatmalar, jinsiga, yoshga bo‘lgan va sanitariya- gigienik talablar kiradi.
Kasb-kor (hunar) oldiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, quyidagi umumiy hamda xususiy jabhalarni o‘zida aks ettiradi;
1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi;
2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati;
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi; yoshlarda uning ijtimoiy mavqei (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal bo‘yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari;
5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi);
6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir – choralarning umumiy tavsifi;
7. Mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi;
8. Kasb bo‘yicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta’qiqlanuvchi omillar izchilligi;
9. Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik;
10. O‘zini o‘zi faollashtirish va identifikatsiyalash.
Kasbning inson oldiga qo‘yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy va pedagogik jabhalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talabalariga moslashishi orqali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi.
Kasb tanlashga yo‘naltirish davlatning tadbir–choralari tizimidan iborat bo‘lib, inson tomonidan tanlanadi, o‘z hayot yo‘lining ilmiy asoslanganligini ta’minlashga xizmat qiladi, u turmushda o‘z o‘rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) maktabda kasbiy ma’lumotlar berish;
2) kasb–hunar maorifi bilan shug‘ullanish:
3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;
4) kasb yuzasidan maslahatlar;
5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
6) kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan bo‘lib, u «Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi» deb nomlanib, o‘zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo‘llashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagining muhim bir tomoni – bu har xil kasb–hunar egasiga nisbatan qo‘yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo‘yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo‘naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo‘yicha bilimlar umumlashtirilgan bo‘lib, kasb tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‘naltirilgan uchburchak shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o‘zini o‘zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Bizningcha, yuqoridagi mulohazalardan tashqari professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq:
1. Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, mutaxassislik, kasb–hunar, lavozim, ishchi o‘rni imkoniyati, mehnatning turdosh xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni);
2. Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma’lumotlar;
3. Mehnat quroli sifatida nimalar qo‘llanilishi;
4. Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari;
5. Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi;
6. Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat; amalga oshirilishi);
7. Mehnat mahsullarini baholash mezonlari;
8. Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.
9. Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning motivirovkasi.
10. Ishning bajarilish shart va sharoitlari;
11. Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari;
12. Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?);
13. Mehnatning jadalligi (intensivligi) to‘g‘risida ma’lumotlar;
14. Mehnat faoliyatida mas’uliyatning va xavf–xatarning qaysi daqiqalari (holatlari) uchrashi;
15. Mehnat uning sub’ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, ma’naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik bahosi va boshqalar);
16. Ish yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qanday talablarga va cheklanishlarga ega ekanligi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə