«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasbiy salomatlik psixologiyasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə48/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

3. Kasbiy salomatlik psixologiyasi.
Ushbu nashr predmetga nisbatan aniq va ishonchli ma’lumotlarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ammo shuni esda tutish kerakki, muallif hech qanday kasbiy xizmat ko‘rsatmaydi. Stavrula kitobning yozilishidagi xizmatlari uchun oilasi va ustozlaridan minnatdor bo‘lib, shunday yozadi: “Ular men uchun bitmas-tuganmas qo‘llab–quvvatlash va ilhom manbai bo‘lishdi. Mening kasbiy salomatlik psixologiyasidagi kareram rivojiga hissa qo‘shgan barchaga rahmat”.
Kasbiy salomatlik psixologiyasida Stavrulaning asosiy ilmiy qiziqishlari –bu mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha masalalarni ijtimoiy psixologik xavf sifatida amalda yechish. U Djonatan HoudmontBSc PGCE MSC i PhD- Nottingem universitetidagi Mehnat, salomatlik va tashkilotlar institutida kasbiy salomatik psixologiyasidan dars beradi. U psixologiya bo‘yicha bakalavrlik darajasini Lids universitetida olgan, kattalar psixologiyasi bo‘yicha sertifikatni (PGCE) Kili universitetida, mehnatni muhofaza qilish va salomatlik psixologiyasi bo‘yicha magistrlik darajasi va PhDni Nottingem universitetida olgan. Ilmiy qiziqishlari – mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha huquqiy va siyosiy masalalarga ta’sir ko‘rsatish, xususan, ta’limga urg‘u bergan holda ish bilan bog‘liq stress, kasbiy salomatlik psixologiyasi predmeti hamdir. Bu sohada u bir qancha ilmiy maqolalar muallifi, kitoblar muharriri. Djonatan - Yevropa kasbiy salomatlik psixologiyasi akademiyasining ijrochi direktori. Professor Amanda Griffithsis (Nottingem universiteti)ning ilimiy izlanishlari ishni loyihalash,tashkillashtirish va boshqarish hamda uning salomatlik va ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish bo‘lib, keksalar salomatligini tadqiqot qilish va ularga yordam ko‘rsatish Milliy instituti tomonidan qo‘llab–quvvatlangan.
Ish joylarida psixologiyani qo‘llashga taalluqli bo‘lgan bir qancha deskreptorlar mavjud: ishlab chiqarish va tashkiliy psixologiya, mehnat va tashkiliy psixologiya, mehnat va salomatlik, kasbiy psixologiya. Bu mutaxassisliklarning har biri ish va ishchi o‘rtasidagi dinamik aloqaga nisbatan o‘z qarashlariga ega bo‘lib, u yoki bu darajada hukumat organlari, akademik va amaliy jurnallar, xalqaro konferensiyalar tomonidan qo‘llab–quvvatlanadi.
Kasbiy salomatlik psixologiyasi nima o‘zi? Bu atama qaerdan olingan? Kasbiy salomatlik psixologiyasi nima sababdan bu darajada muhim?
Kasbiy salomatik psixologiyasi yangi fan bo‘lib, boshlang‘ich amaliyot uchun ko‘p narsalar taklif qilishi mumkin. Kasbiy salomatlik psixologiyasi termini 1990 yilda sog‘lom ish rivojini qo‘llab-quvvatlashda psixologlar uchun sarflanmagan quvvatni kuzatgan Gavaya universitetining bir guruh olimlari tomonidan o‘ylab topilgan. KSP o‘tgan yigirma yil davomida tez suratlar bilan rivojlandi. Buning ifodasini mazkur fan bo‘yicha chop etilayotgan maqolalar tezligida, xalqaro konferensiyalardagi talaba va amaliyotchilarning ishtirokida, Yevropa va Shimoliy Amerikada tayyorgarliklar kengaytiralayotganiga, amaliyotchiar bandligi o‘sayotganligida va mutaxassis – amaliyotchilar asarlarini chop etishlari va tajriba almashishlari uchun savdo shaxobchalarining ko‘payganida ham ko‘rish mumkin. Bu tadbirlar bilan bir qatorda Kasbiy salomatlik psixologiyasi xarakteri va ko‘lamlari haqidagi munozaralar olim va amaliyotchilarni o‘z maqsadlari yo‘lida bir bitimga kelishlariga yordam berdi. Bu holat umumiy konsepsiya yaxshilanishiga olib keldi va unga ko‘ra Kasbiy salomatlik psixologiyasi ish joylarida sog‘lom muhitni yaratishga yo‘naltiriladi. Bunday ish joylarida odamlar mehnat qilishi, rivojlanishi va mehnatiga yarasha taqdirlanishi mumkin. Sog‘lom ish joylari deb, yuqori samaradorlikka, farovonlik va mehnatdan qoniqishning yuqori darajasiga erishish yo‘lida insonlar bor mahorat va iste’dodlarini ishga soladigan ish joylari aytiladi (tezkor va hammuallif.,1997, 3-bet). KSPga murojaat qilish mehnat muhofazasi va gigienasini tashkillashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Martin sexi paydo bo‘lishidan ko‘p yillar ilgari sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasi xodimlari ish joylaridagi o‘sha davrlarga xos bo‘lgan an’anaviy jismoniy, biologik va kimyoviy xavf-xatarlarning profilaktikasi va nazorati bilan shug‘ullanishgan. Biroq 20 asr oxiriga kelib ish joylarida ijtimoiy psixologik omillar soning ortishi bilan ushbu instrumentariy adekvatligi shubha ostida qoldi.
So‘nggi yillarda paydo bo‘layotgan ijtimoiy psixoloik omillar va sog‘liqni saqlash sohasidagi xavf-xatarlar ish beruvchilar, siyosatchilar, qonunchilar va kasbiy xavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi amaliyotchi vrachlar ongiga singib ketdi va bu o‘z navbatida global raqobatning internatsionallashuvi kuchayishi, axborot–kommunikatsion texnologiyalarning doimiy ravishda rivojlanayotganligi, hamda personal tarkibining o‘zgarib turishi bilan bog‘liq.
Ijtimoiy psixologik xavf-xatar ta’siri jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ammo tibbiyot xodimlarini mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitishda an’anaviy ravishda psixologik muammolarga ko‘z yumadi. Shunday qilib, kasbiy salomatlik psixologiyasi amaliyotchisi kasbiy kasalliklar va travmatizmning oldini olishda, sog‘liqni saqlash va farovonlikni targ‘ib qilishda o‘zining ajoyib hissasini qo‘shadi. Ijtimoiy psixologik omillar hali-hanuz ishchilar va ularning farovonligiga o‘sib borayotgan xavf tug‘dirayotganini taxmin qilish uchun yetarlicha asos bor. Shu sababli 21 asrda kasbiy salomatlik psixologiyasi psixologi xizmati mehnatni tashkillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.10



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə