«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə50/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

2. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi
Har bir shaxs farovonlikda va yaxshi ta’minlangan sharoitda yashashni istaydi. Shu sababli ham insonlar farovon turmushni ta’minlashga xizmat qiluvchi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga intiladilar va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishga imkon yaratuvchi kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklarni egallashga harakat qiladilar. Ba’zi holatlarda ma’lum bir kasbni tanlash va uni egallashda shaxsning imkoniyati etarli bo‘lmaydi. Insonning qiziqishlariga va psixologik imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan kasbning tanlanishi, tabiiyki, uning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan shaxsning ichki intilish va imkoniyatlariga u tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi munosabati o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Biz quyida shu masala bo‘yicha psixolog olimlarning qarashlarini, o‘tkazgan tadqiqotlarini tahlil qilamiz.
Ma’lumki, shaxsning kasbiy shakllanishi to‘rt asosiy bosqichdan iborat bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: a) kasbiy intilishlarning shakllanishi; b) kasbiy ta’lim; v) kasbiy moslashish; g) shaxsning kasbiy faoliyatda qisman va to‘liq o‘zini-o‘zi bag‘ishlashi. Mazkur bosqichlarga mos holda kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jarayoni ham sodir bo‘ladi. Kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jarayoni psixologik adabiyotlarda yetarli darajada chuqur yoritilgan bo‘lib, ayniqsa, psixologlar kasbiy intilishning shakllanishi va kasb tanlash bosqichlariga alohida e’tibor qaratganlar.
Kasbiy ta’limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo‘lib, bunda tayyorgarlik ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o‘rganish(qo‘shimcha ta’lim yoki mustaqil ta’lim) va maxsus kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish orqali. Kasbiy ta’limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon «ma’lum bir kasbga tayyorgarlik» holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan o‘z ichki imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma’lum kasbning talablariga uning imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo‘ladi. Kasb tanlash ma’lum bir kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub’ekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov ob’ekti) munosabatlarini o‘zida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi. Tanlov sub’ekti va tanlov ob’ekti o‘rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini o‘rganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish bo‘lmasdan, balki qator bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi omillarga va kasb tanlash sub’ektining individual xususiyatlariga bog‘liq holda kechadi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə