«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə49/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Nazorat savollari
1. Professiogramma haqida umumiy tushuncha.
2. Professiografiya haqida tushuncha.
3. Psixogramma yuzasidan mulohazalar.
4. Parapsixologiya haqida tushuncha.
5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi.


8-mavzu. Kasblar tasnifi
Reja:
1. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati
2. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi
3. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi


Tayanch iboralar: professiografiya, kasblar klassifikatsiyasi, sensor kanallarni yuklamalash, ustivor signallar, kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi, kasb va ixtisoslik, professiogramma, kasbiy saralash.


1.Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati
Kasb-kor (hunar) oldiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, quyidagi umumiy hamda xususiy jabhalarni o‘zida aks ettiradi;
1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi;
2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati;
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi;
4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi; yoshlarda uning ijtimoiy mavqei (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal bo‘yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari;
5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi);
6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir – choralarning umumiy tavsifi;
7. Mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi;
8. Kasb bo‘yicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta’qiqlanuvchi omillar izchilligi;
9. Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik;
10. O‘zini o‘zi faollashtirish va identifikatsiyalash. Kasbning inson oldiga qo‘yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy va pedagogik jabhalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talabalariga moslashishi orqali mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi.
Kasb tanlashga yo‘naltirish davlatning tadbir – choralari tizimidan iborat bo‘lib inson tomonidan tanlanadi, o‘z hayot yo‘lining ilmiy asoslanganligini ta’minlashga xizmat qiladi, u turmushda o‘z o‘rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) maktabda kasbiy ma’lumotlar berish;
2) kasb – hunar maorifi bilan shug‘ullanish:
3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish;
4) kasb yuzasidan maslahatlar;
5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
6) kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan bo‘lib, u «Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi» deb nomlanib, o‘zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo‘llashda, reorientatsiyalashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagining muhim bir tomoni – bu har xil kasb – hunar egasiga nisbatan qo‘yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo‘yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo‘naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo‘yicha bilimlar umumlashtirilgan bo‘lib kasbga tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‘naltirilgan uchburchak shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o‘zini o‘zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Bizningcha, yuqoridagi mulohazalardan tashqari professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq:
1. Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, mutaxassislik, kasb – hunar, lavozim, ishchi o‘rni imkoniyati, mehnatning turdosh xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni);
2. Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma’lumotlar;
3. Mehnat quroli sifatida nimalar qo‘llanilishi;
4. Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari;
5. Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi;
6. Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat; amalga oshirilishi);
7. Mehnat mahsullarini baholash mezonlari;
8. Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.
9. Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning motivirovkasi.
10. Ishning bajarilish shart va sharoitlari;
11. Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari;
12. Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?);
13. Mehnatning jadalligi (intensivligi) to‘g‘risida ma’lumotlar;
14. Mehnat faoliyatida mas’uliyatning va xavf – xatarning qaysi holatlari uchrashi;
15. Mehnat uning sub’ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, ma’naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik bahosi va boshqalar);
16.Ish yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qanday talablarga va cheklanishlarga ega ekanligi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə