«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə52/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Nazorat savollari
1. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati nimadan iborat?
2. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifini tushuntiring?
3. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi


9-mavzu. Chet ellarda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari
Reja:
1. Chet ellarda kasbga yo‘naltirish ishlari haqida umumiy ma’lumot.
2. AQSH da kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida.
4. Germaniyada ta’lim tizimi


Tayanch iboralar: Chet ellarda kasbga yo‘naltirish, AQSH da kasb-hunarga yo‘naltirish, Germaniyada ta’lim tizimi, Gaydens maktablari, tafakkur ustaxonasi


1.Chet ellarda kasbga yo‘naltirish ishlari haqida umumiy ma’lumot.
O‘zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko‘p bosqichli ta’lim tizimiga o‘tmoqda. Ta’lim texnologiyalari jahon andozalariga mos keladimi, ilg‘or tajribalar ta’lim texnologiyalariga kirib bormoqdami? - degan savol hammamiz uchun o‘ta muhimdir.
Biz foydalanadigan ta’lim texnologiyalari shaxsni rivojlanishiga, mustaqil ishlashga o‘rgatishi zarur. Chet el tajribalarini o‘rganib, ularni sharoitimizga moslab tatbiq qilish kerak. Bu borada bir qator chet el tajribalari, xususan Isroil davlati tajribalari bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Isroil davlatida ta’lim 5 yoshdan 18 yoshgacha davlat byudjeti hisobiga amalga oshirilib, uch bosqichdan iborat (maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi):
a) boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinflar),
b) o‘rta ta’lim (5-9 sinflar),
Bu bosqichlar yakunida butun Isroil bo‘yicha bir kunda bitirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Natijalari asosida o‘quvchilar o‘zi tanlagan maktab yoki texnologik maktablarda o‘qishni davom ettiradi.
v) texnologik ta’lim (10-12 sinflar).
O‘quvchilar bu bosqichda kasbiy bilim oladilar va universitetlarga kirish huquqini beruvchi attestat uchun imtihon topshirib borishadi. (Attestatga imtihon topshirish juda murakkab jarayondir.) Har yili 12-sinfni tugatgan o‘quvchilarning o‘rtacha 20-40 % attestat oladilar.
Shundan keyingi barcha toifadagi ta’lim xizmatlari pullik.
O‘n sakkiz yoshga kirgan o‘g‘il - qizlar majburiy armiya xizmatiga chaqiriladi.
Armiya xizmatidan keyin attestati borlarning deyarli hammasi universitetga o‘qishga kiradi. Attestat olmaganlar texnologik maktablarda o‘qishni davom ettirishi yoki olgan kasbi bo‘yicha ishlashi mumkin.
Attestati yo‘qlar texnologik maktablarning 13-14 sinflarida o‘qiydi, lekin istagan sinfdan so‘ng kichik texnik, texnik hujjati bilan o‘qishni yakunlashi mumkin. 15-16 sinflarda o‘qishni davom ettirganlar kichik injener (15-sinf) va bakalavr (16-sinf) diplomiga ega bo‘ladi. Bunday sinflarga egabo‘lgan texnologik maktablar Isroil yoki chet el univesitetlari bilan shartnomaga ega bo‘lib, shu universitetlarning diplomlarini berishadi.
Isroil davlatida texnologik (kasb-hunar) ta’limga juda katta e’tibor qaratilgan va turli-tuman ko‘rinishdagi o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga texnologik maktablar, kollejlar, pedagogik markazlar va boshqalar kiradi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish yoki firmalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mutaxassislik yo‘nalishlariga ega. Masalan: elektronika, kompyuter, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, kimyo, grajdan dengiz floti va boshqalar.
Hozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta’lim texnologiyasi ko‘ra sinflarda o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasiga qarab tabahalarga ajratib o‘qitiladi. Ta’lim barcha fanlar bo‘yicha hayot va tabiat bilan bog‘lagan holda olib boriladi. Fanlarning uzviy bog‘lanishi doimo ko‘zga tashlanib turdi.
Oliy ta’lim tizimi uch bosqichli:
1. Bakalavriatura - 4 yil,
2. Magistratura - 2 yil,
3. Doktorantura - 3 yil.
Bakalavr va magistr uchun o‘qish Isroilda, doktorantura asosan Yevropa va AQSH da amalga oshiriladi.
Isroil davlatida malaka oshirishga asosan ikki guruh omillar ta’sir qiladi:
1. Ijtimoiy-madaniy omillar:
a) jamiyatni ko‘p madaniyatliligi (turli davlatlardan kelgan repatriantlar o‘ziga xos madaniyatga ega);
b) turli din vakillarining yirik qatlamlarining borligi (iudeylar, musulmonlar, xristianlar va ularning turli oqimlari);
v) turli yillardagi repatriantlarning katta oqimi (50-, 70-, va 90- yillar).
2. Pedagogik omillar:
a) texnologik ta’limga o‘tish;
b) o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishiga yo‘naltirilgan ta’lim (ayniqsa o‘rta va texnologik ta’limda);
v) o‘quv yurtlarini kompyuterlashtirish davlat dasturi va uning juda yuqori suratlarda amalga oshirilishi;
g) mutaxassislarni tayyorlashdagi ko‘p bosqichlilik.
Ushbu faktorlar malaka oshirishning mazmunini tashkil etadi va uning samaradorligini, malaka oshirish kelajagini aniqlashda hisobga olinadi. Bu dastur Vazirlik va munitsipialitetlar darajasida boshqariladi.
Mutaxassis (bakalavr, magistr, doktor) istagan ko‘rinishdagi o‘quv yurtida pedagog sifatida ishlashi uchun albatta bir yil o‘qib pedagogik faoliyat ko‘rsatish huquqini olishi kerak. Bu o‘qish universitetlarning pedagogik fakultetlarida, pedagogik kollej va markazlarda amalga oshiriladi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə