«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Germaniyada ta’lim tizimi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə54/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

3.Germaniyada ta’lim tizimi
Germaniya – ta’lim va kasbga yo‘naltirish, ilm va ilmiy tadqiqotlar davlati. Ko‘plab Nobel mukofoti laureatlari, yuqori darajadagi ilmiy izlanishdagi yutuqlarga ega bo‘lgan, ko‘p loyihalarga moliyaviy yordam berib kelayotgan, har xil davlatlardan kelgan o‘quvchilarni o‘qitadigan davlatdir.
Germaniya Konstitutsiyasiga muvofiq, maktab ta’limi davlat nazoratida. Mamlakatda o‘n oltita federal yer mavjud bo‘lsa, ularning har biri o‘zining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga ega. Shu sababli federal yerlarda maktab ta’limida ayrim farqlar bor.
Germaniya va O‘zbekiston ta’lim tizimi taqqosi
Germaniya ta’lim tizimi
• Bolalar bog‘chasi
• Boshlang‘ich maktab
• Asosiy maktab
Real maktab
• Gimnaziya
• Birlashgan maktab
• Oliy ta’lim
• Malaka oshirish va qayta tayyorlash
O‘zbekiston ta’lim tizimi
• Maktabgacha ta’lim
• Umumiy o‘rta ta’lim
• O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim
• Oliy ta’lim
• Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
• Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
• Maktabdan tashqari ta’lim
Germaniyada maktab ta’limi majburiy va bepul. 6 yoshdan 18 yoshgacha fuqarolar majburiy tartibda ta’lim olishi shart. Maktab ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
• boshlang‘ich (primarstufe),
• o‘rta (sekundarstufe I)
• yuqori (sekundarstufeII)
Germaniyada maktabgacha ta’lim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. Bolalar bog‘chasi xayriya jamg‘armalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov vasiyligida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga korxona va tashkilotlar ham o‘z bog‘chasiga ega bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimi (elementarbereich) 3 yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Hali aqlini tanib ulgurmagan bolalarda o‘z fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda bog‘chalarning o‘rni katta.
Shu bois ham olmonlar bog‘chalarni “tafakkur ustaxonasi” deb atashadi.
Boshlang‘ich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. O‘qish asosan 4 yil, Berlin va Brandenburgda esa 6 yil davom etadi. Dastlabki 2 yil mobaynida o‘quvchilar baholanmaydi. O‘qituvchilar baho o‘rniga bolaning individual rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi va o‘zlashtirish tavsifnomasi beriladi. O‘quvchilarga 3-sinfdan baho qo‘yila boshlaydi.
5-6 sinflar bolalarning rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda bolalar keyingi ta’lim turiga yo‘naltirilishi uchun kuzatuvda bo‘ladi. Bolaning boshlang‘ich sinflardan keyin qaysi maktab turida o‘qishni davom ettirishi boshlang‘ich maktab tavsiyasi, uning o‘zlashtirishi hamda ota-onasining xohishlariga bog‘liq.
Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. O‘quvchilar fanlarni eng kamida «4»ga o‘zlashtirishi kerak. Boshlang‘ich bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari o‘tiladi.
Bolalarning deyarli 20 % o‘qishni asosiy maktablarda (hauptschule) davom ettiradilar. Ushbu maktab asosiy umumiy ta’limni beradi. Asosiy maktabni muvaffaqiyatli tugallash ko‘p xollarda dual kasbiy ta’lim tizimiga o‘tish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va ko‘plab xunarlarni o‘rganish uchun yo‘l ochadi. Bu yerda bolalar 9- sinfgacha o‘qitiladi. Asosiy maktablarda oliy ta’lim muassasalarida o‘qish niyati yo‘q bo‘lgan, biror bir kasb etagidan tutishni ko‘zlagan o‘quvchilar ta’lim oladi. Bu turdagi maktablarda bazaviy bilimlar beriladi va asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarga qaratiladi. Asosiy maktabni tugatgan o‘smirlar tugallanmagan o‘rta ta’lim haqida shahodatnoma oladi. Ushbu hujjat bilan kasb-hunar maktablari (berufsschule yoki proffesionalschule)ga kirish mumkin. Bizdagi KXKlariga o‘xshab ketadigan mazkur maktablarda talaba muayyan kasb-hunar bo‘yicha bilim va tajriba oshiradi.
O‘quvchilar o‘rta ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan gimnaziyada (gymnasium) to‘qqiz yil 5-13 sinfgacha ta’lim oladi. Real maktabning 10-sinfini tamomlagan yoshlar esa gimnaziyada 3 yil o‘qiydi. Mazkur ta’lim dargohida gumanitar, tabiiy fanlar va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. O‘quvchilar 11 sinfdan tanlagan yo‘nalishidan kelib chiqib, asosiy vaqtini bir necha fanni chuqur o‘rganishga sarflaydi. Gimnaziya - oliy ta’limga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichi.
Negaki, gimnaziyani tugatganlik to‘g‘risidagi yetuklik shahodatnomasi (abitur) universitetga imtihonsiz kirish huquqini beradi. Ammo yetuklik shahodatnomasini olish oson emas. O‘quvchiga ushbu hujjatni berishda uning o‘n uch yil davomidagi natijalari hamda 4 fan bo‘yicha yakuniy imtihon baholari inobatga olinadi. Olmon zaminida oliy o‘quv yurtiga kirish uchun o‘n uch yil yaxshi natija bilan o‘qish kerak. Ana shundan keyingina universitet yo‘llari ochiladi.
Ta’lim tizimida umumiy maktablar (gesamschule) ham mavjud. Unda yuqorida zikr etilgan maktablar dasturi o‘n yil davomida uyg‘un holda o‘qitiladi, ya’ni o‘quvchilar ham gumanitar, ham texnik fanlar yo‘nalishida bilim oladi. Umumiy maktab bitiruvchilari ham so‘nggi 3 yillik majburiy ta’limni gimnaziyada davom ettiradi.
Birlashgan maktab boshlang‘ich maktabdan keyin o‘tiladigan maktab turlaridan yana biridir. Ushbu maktabda asosiy va real maktablarni bitirgandagi guvohnomalar beriladi. Agar unda gimnaziyaning yuqori sinflari mavjud bo‘lsa, u holda etuklik shahodatnomasi beriladi.
Germaniyada davlatga qarashli maktablar bilan birga xususiy ta’lim maskanlari ham faoliyat yuritadi. Xususiy maktablar o‘rta ta’lim maskanlarining 2 foizini tashkil etadi. O‘quv dasturlari an’anaviy maktablardan farq qiluvchi xususiy maktablarni Federal ta’lim va madaniyat vazirligi nazorat qiladi. Xususiy maktablar sanoat, til, kosmetika, gimnastika, uy xo‘jaligi kabi ixtisoslashgan yo‘nalishlarda ta’lim beradi. Nodavlat ta’lim maskanlari bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy maktablar uyushmasi (Bundesverband Deutscher Privatschulen)ga birlashgan.
Shuningdek, nogiron va aqliy qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktablar ochilgan.
Olmon maktablarida xorijlik fuqarolar ham ta’lim olishi mumkin. Xorijliklar mahalliy shart-sharoitga moslashishi, nemis tilini puxta o‘zlashtirishi uchun tayyorlov kurslari tashkil etiladi.
Nemis pedagoglari iste’dodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, deb hisoblashadi. Shunga ko‘ra ular o‘quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. “Fikrlayapmanmi, demak, yashayapman!” deydi mashhur faylasuf Rene Dekart. Olmon maktablarida ana shu naql oltin qoida sifatida qabul qilingan. Pedagoglar birinchi navbatda o‘quvchining, hatto xato bo‘lsa-da, mustaqil fikri bo‘lishiga erishishni maqsad qiladi. Ta’lim jarayoni esa ota-ona va va o‘qituvchi o‘rtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə