«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə56/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

13-rasm. Germaniyada baholash tizimi


Germaniyada ta’lim tizimi markazlashmagan.
Umumiy ta’lim standartlari mavjud emas.
Germaniyada malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining o‘ziga xos xususiyatlari
• “Kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash” instituti maqomiga ega;
• 3 bosqichli: kursning boshlanish davri, oraliq davri, yakunlovchi qismi, lekin muddati 6 oydan 9 oyga o‘tkazilgan;
• O‘qituvchilar malaka oshirish tizimi 3 turga ega:
Sirtqi;
Masofadan o‘qitish;
Bevosita o‘qitish.
• Yutuqlari:
• Sirtqi va masofaviy ta’lim haqida ma’lumotlar va ularning qiyosiy tahlili mavjud;
• Tyutor, muallif, maslahatchi rollari va vazifalari haqidagi yangi bilimlarning berilishi;
• Guruhlarda ishlanib, har bir guruh taqdimotining tinglanishi, qo‘llab- quvvatlanishi...
• Sifatni mustahkamlashda tashqi evolyusion jarayon;
• Ichki evolyusion jarayon;
• Ta’lim menejmentiga e’tibor berilgan
• O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatilgan;
• Ijodiy muhit yaratilgan;
• Imtihonlarni o‘quvchilar o‘zlari tanlashadi
• Darsdan tashqari ishlar qiziqarli tashkil etilgan;
• Korxonalarda o‘quvchilar uchun shartnoma asosida ishlash imkoniyati yaratilgan;
• Har bir o‘quvchiga tarqatma material kelgusi dars uchun berib yuborilishi;
• Javob bera olmagan o‘quvchilarni ham o‘qituvchi xushmuomalalik bilan to‘g‘ri yo‘naltira olishi;
• Ta’lim maqsadi individuallashganligi;
Mustaqil ravishda fikr yurita oladigan shaxs sifatida tarbiyalashga e’tibor qaratilganlig
Berlinda har bir maktab mustaqil ravishda o‘z rivojlantiruvchi dasturiga va o‘quv dasturlariga ega bo‘ladi.
Bu dasturlarni standartlar asosida maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqariladi. Bu kommisiyada maktab rahbari, maktabda faoliyat ko‘rsatuvchi 2 ta fan o‘qituvchisi va 2ta ota onadan iborat bo‘ladi. Bu komissiya anketa savollari orqali maktabning kuchli, o‘rta yoki kuchsiz ekanligi aniqlanadi. Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda maktabni rivojlantiruvchi dastur ishlab chiqiladi. Bu dasturning amal qilish muddati 5 yil. Har uch yilda maktab ichki nazorat komissiyasi tomonidan dasturni amaldagi faoliyati tekshirilib boriladi (pedagog va ota-onalar tomonidan) va o‘gartirishlar kiritilishi mumkin. Tashqi nazorat esa har 5 yilda amalga oshiriladi.
Maktab dasturining maqsadi:
- o‘qitilayotgan fanlardan tilni rivojlantirish (ingliz, ispan, fransuz)- o‘qituvchi va o‘quvchilar bilim saviyasini rivojlantirish- o‘qitishga o‘qitish tizimi metodlarini ishlab chiqish (har bir o‘qituvchi tomonidan o‘quv yili boshlanishida taqdimot qilinadi)
- maktab o‘quvchilar hohishidan kelib chiqqan holda fanlar xilma-xilligini ta’minlash (o‘quv yili boshida amalga oshiriladi) Maktab faoliyatini tekshirish natijasida kamchiliklar aniqlansa 6 oy muhlat beriladi va shu davr ichida bartaraf etiladi.
Informatika fanida asosan dasturlash tillari asosida o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Ular Paskal va delfi dasturlash tillari hisoblanadi. Informatika darslari 2 guruhga bo‘linadi. Asosan darslar amaliy kompyuter sinflarida amalga oshiriladi. Dasturga maktab yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritish mumkin.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə