«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Qiziqishning barqarorligi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə59/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Qiziqishning barqarorligi
Qiziqishlarning ba’zi holatlarda beqaror bo‘lishligi insonlarning yosh, jins, tipologik xususiyatiga bog‘liqdir.
Shaxsdagi qiziqishlarni rivojlantirish va barqarorlashtirish uchun ularning negizini tashkil etadigan faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishga, maqsadga muvofiq ravishda shug‘ullanishga, mayl uyg‘otishga puxta zamin hozirlash zarur, toki qiziqishlar motiv, ehtiyoj, e’tiqod funksiyasini bajarishga aylansin.
Shunday qilib, qiziqishlar-shaxs faoliyati asoslarining tanho yo‘nalishi emas, lekin uning eng muhim jihatidan iboratdir.
Psixologiya fanining so‘ngi davrdagi ma’lumotlariga asoslangan holda qiziqishning bir nechta darajalarga ajratish mumkin: a) sinchkovlik, b) qiziquvchanlik, v) bilishga qiziqish, g) turg‘un yoki kasbiy qiziqish. Sinchkovlik qiziqishning biror narsaga nisbatan kuchli intilishdan iborat qisqa muddatli turi yoki darajasidir. Qiziquvchanlik shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning bilishga nisbatan faol munosabatidan iborat qiziqish darajasidir. Bilishga qiziqish anglashinilgan darajadagi, maqsadga muvofiqlashgan, jismoniy va aqliy faoliyatning yangi qirralarini egallashga yo‘naltirilgan qiziqish turidir. Turg‘un qiziqish shaxsning kasbiy ko‘nikmalar, malakalar va bilimlarni egalashga yo‘naltirilgan, kasbiy tayyorgarlik darajasi bilan uyg‘unlashgan, maqsadga erishish yo‘lida faollik ko‘rsatuvchi qiziqish turidir.
Shaxslar ixtiyoriga piktogramma, anagramma, turli xususiyatli testlarni havola qilish ularda qiziqishning ichki mexanizmlarini keltirib chiqaradi. Bu narsa o‘z navbatida ularda o‘z qiziqishini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini shakllantiradi, har qanday qo‘zg‘oluvchiga javob berishdan iborat stereotip hosil bo‘ladi.
Qiziqishning bu turi va uning yuqori bosqichi shaxsning voqelikdagi ichki bog‘lanishlarni, munosabatlarni bilib olishga yo‘llaydi hamda ruhiy to‘siqlar va qiyinchiliklarni yengadigan, muvaffaqiyatsizliklardan cho‘chimaydigan, qat’iyatlik, intiluvchan, toliqmas individual xususiyatni shakllantirishga yordam beradi. Odamlarda o‘zini o‘zi boshqarish, shaxsiy qiziqishini idora qilish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini qo‘lga olish, o‘zini o‘zi takomillashtirish singari shaxs xususiyatlarini shakllantirish ijtimoiy, tarixiy hamda ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə