«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə58/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Nazorat savollari
1. Chet ellarda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini gapiring?
2. Isroil davlatida ta’lim tizimi qanday?
3. Aqshda «Ish yuzasidan hamkorlik», «Maktabni o‘z qaramog‘iga olish» nomli dasturlarni izohlang?
4. Angliyada maktab va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik va «London kompekt» loyihasini izohlang?
5.Germaniyada ta’lim tizimi.
10-mavzu. Kasb talablariga bo‘lgan o‘quvchilardagi qobiliyatlarni aniqlash
Reja:
1. Qiziqishning psixologik tavsifi
2. Qobiliyat to‘g‘risida umumiy tushuncha
3. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi
4. Qobiliyatning tuzilishi
5. Talantning psixologik asoslari
6. Qobiliyat haqida nazariyalar


Tayanch iboralar: Qiziqish, qobiliyat turlari, maxsus, umumiy, motiv, talant, kasb tanlashga yo‘naltirish, qiziqishning barqarorligi, beqarorlik, e’tibor, layoqat


1.Qiziqishning psixologik tavsifi
XXI asr odamlari komillikni egallovchi, ya’ni komil insonlikka intiluvchi shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo‘lib, unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik singari shaxsning ijtimoiy tarbiyaviy tarkiblari o‘z ifodasini topadi. Komillikning o‘ziga xos bosqichlari, ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatli shart-sharoitlari, omillari mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o‘z iqtidori, iste’dodi, salohiyati, qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o‘z zamondoshlaridan sezilarli darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o‘ta (super) ongli, biosfera va neosfera munosabatlarini anglovchi ongli zotdir (onglilikning ongliligi ustuvordir). Bizningcha, bu darajaga barcha fuqarolar erishish imkoniyatiga ega emas, chunki buning ham ob’ektiv, ham sub’ektiv omillari, shart-sharoitlari mavjuddir. Xuddi shu sababdan shunchaki intilish, mayl, layoqat bilan yuksak kamolot cho‘qqisiga erishib bo‘lmaydi, mazkur ijtimoiy holatni chuqurroq tadqiqot qilish farazlarimizni yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.
XXI asrda yashovchi odamlar insonparvarlik g‘oyalarini aks ettiruvchi kishilarning timsoli sifatida hayot va faoliyatda o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini ifodalay olish, o‘z-o‘zini kamol toptirish, o‘z-o‘zini kashf qilish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqlari lozim, bu esa o‘z navbatida muayyan tarixiy davrni taqozo etadi.
O‘tmishning boy merosi, uning ijtimoiy-tarixiy an’analari, rasm-rusumlari, marosimlari milliy istiqlol tufayli o‘z egalariga qaytarilishiga qaramay, xalq uning hukmdoriga aylanishiga ruhiy jihatdan tayyor emasdir. Fuqarolarning ijtimoiy ongi asta-sekin o‘zgarib borishi natijasida ulardagi etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshlaydi, milliylik, umumbashariylik xislatlari o‘rtasida adolatlilik, teng huquqlilik aloqalari o‘rnatila boradi. Baynalmilalchilik milliylik, milliy birlik xususiyatlari bilan uyg‘unlashishda davom esa, millatlararo munosabat o‘zaro tushunuv, o‘zaro yaqinlik, o‘zaro moslik negiziga quriladi.
XXI asr boshida ham respublikamiz fuqarolarining ongidagi, fikrlash vositasidagi, turmush tarzidagi tafovutlar mavjudligi uchun ular o‘rtasida tabaqalanish saqlanib qoladi. Ekologik madaniyat, biosfera va neosferaga zarar keltiruvchi ilmiy-tadqiqotlar inson aql-zakovati bilan boshqariladi, ajal qurollari o‘rnini xayrixohlik, o‘zaro yordam, umumbashariy xususiyatlar egallaydi, jamiyat va tabiatni asrash odamlarning e’tiqodiga aylana boradi. Fazoviy aloqalar kengayishi natijasida fan va texnika mahsullariga muayyan aniqliklar kiritiladi, ularning rivojlanishida integratsiya jarayoni yuzaga keladi, tadqiqotlar guruhiy va jamoaviy faoliyat negizida amalga oshiriladi, bu esa millatlarning o‘zaro yaqinlashishiga muhim imkon yaratadi, millatlararo munosabat tenglik asosiga qurilsa, bir millat salohiyati ikkinchisiga ta’sir o‘tkazadi, ma’naviyat namunalari bilan xalqlarning boyishi shaxs kamoloti uchun muhim negiz hozirlaydi.
Millatlararo ruhiy muhitning yaratilishi - fan va texnikaning rivojiga ijobiy ta’sir etadi, mutaxassislar tayyorlash sifatini zamon talabi darajasiga ko‘taradi. Millatlararo fikr almashuv, tajribalar bilan o‘rtoqlashuv XXI asr odamlarining mukammallik darajasi yuksalishiga beminnat xizmat qiladi.
Eng kamida uch ming yillik yozma ilmiy-tarixiy manbaga egalik, hukmronlik qilgan ajdodlarimiz jahon madaniyatiga (sivilizatsiyasiga) salmoqli hissa qo‘shganliklari yuzasidan ko‘plab ilmiy asarlar yaratilgan va izlanishlar hozir ham jadal sur’atda davom ettirilmoqda.
Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish-insonlarning dunyoqarashi, e’tiqodlari, ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari, orzu umidlari bilan bevosita muhim rol o‘ynaydi hamda ularning muvaffiqiyatli kechishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Qiziqish bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda o‘zlashtirishda, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda, shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligi rivojlantirishga, olamni mukammalroq tushunishga, bilim saviyasining kengayishiga yordam beradi.
Qiziqish motiv singari borliqning mo‘‘jizakor tomonlarini bilishga, fan asoslarini egallashga faoliyatning turli-tuman shakllariga nisbatan ijodiy yondashishni vujudga keltiradi, mehnatga, ta’limga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishni shakllantiradi, har qaysi yakkahol (individual) shaxsda ishchanlik, g‘ayrat-shijoat, egilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart sharoitlar yaratadi.
Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashilganda, qiziqish,insonda intilish, faolik, ichki turtki, ehtiyojni ro‘yobga chiqarish manbai rolini bajaradi.
Jahon psixologiya fanining yirik namoyandalari shaxsning qiziqishini uning yaxlit ruhiy dunyosi bilan, binobarin, odamning aqliy faoliyati, bilish jarayonlari, irodasi, xarakteri, temperamenti, hissiyoti, qobiliyati bilan, umuman olganda inson tuzilishining barcha qirralari bilan bog‘liq tarzda tushuntirishga harakat qilganlar.
Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan N.A.Ribnikov, N.F.Dobrinin, N.D.Levitov, M.F.Belyaev, L.A.Gordon, L.I.Bojovich, N.G.Morozova, M.G.Davletshin, M V.Vohidov, V.A.Tokareva, E.G‘.G‘oziev va boshqalarning nazariy metodologik xususiyatga ega bo‘lgan asarlarida hamda maxsus eksperimental tadqiqotlarida rivojlantirildi.
Hozirgi zamon psixologiyasida qiziqish ob’ektiv borliqning insonlar ongiga sub’ektiv tarzda aks etishlaridan biri sifatida tan olinadi. Qiziqish shaxsning muayyan voqelikdagi, ma’lum vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo‘lishida, insonning o‘ziga xos qaror qabul qilishida, o‘zini o‘zi nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan ob’ektiv va sub’ektiv to‘siqlarning engishida ifodalanadi.
Qiziqish alohida jarayon, ma’lum psixologik funksiya emas, chunki u his-tuyg‘u, iroda, ong, qolaversa jamiki psixik holatlar, hodisalar va ichki kechinmalarning o‘zida mujassamlashtirgan, murakkab tizimli ruhiy voqelikdir.
Qiziqishni psixologik mohiyatining dastlabki ko‘rinishi-bu uni odamlar tomonidan anglab yetishi yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalarga ongli, tanlab munosabatlarda bo‘ladi. Lekin bu voqelik (anglash, tushunish) insonda birdaniga sodir bo‘lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi tufayli yuzaga keladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, qiziqishning psixologik mohiyati namoyon bo‘lishida aqliy jarayonlar muhim rol o‘ynashi hodisasi qayd qilinishi u faqat intellektdan tashkil topadi, degan ma’noni anglatmaydi, albatta. Xuddi shu boisdan, qiziqishni psixologik mohiyatining ikkinchi ko‘rinishi-uning his tuyg‘ular, emotsional holatlar bilan uyg‘unlashgan, mujassamlashgan tarzda ifodalanishidir. Ma’lumki, his-tuyg‘ular, shuningdek, emotsional holatlar (emotsional ton, kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyan faoliyatga nisbatan intilishni, sa’i-harakatlarni kuchaytiradi, jadallashtiradi, safarbarlikni ob’ektga yo‘naltiradi. Inson o‘z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda yoqimli his-tuyg‘ular uyg‘onadi, ruhiy qoniqish esa o‘z navbatida lazzatlanish (praksik) hisni vujudga keltiradi, buning natijasida frustratsiya (ruhi tushish) uning shaxsiyatini egallaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko‘rinishi-uning iroda sifatlari bilan yoinki iroda akti bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo‘r berish, muayyan qaror bo‘yicha intilish, ba’zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillik namoyon qilish qiziqishni qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari yetaklaydi.
Qiziqishni psixologik mohiyatining to‘rtinchi ko‘rinishi- uni oliy nerv faoliyati xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda namoyon bo‘lishidir.
Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida mulohaza yurtilganda, dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini ta’kidlab o‘tish joiz. Uning «bu nima?» refleksi, ya’ni orientirovka (mo‘ljal olish) refleksi qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi. I.P.Pavlov va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilitsin va boshqalar insondagi qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida orientirovka refleksi negizida murakkab muvaqqat bog‘lanishlarning vujudga kelishidir, degan yo‘sinda talqin qilmoqdalar. Qiziqishning moddiy asoslari- o‘zaro induksiya qonuni, po‘stloqdagi optimal qo‘zg‘alish o‘chog‘i va dinamik stereotiplar (I.P.Pavlov), dominanta (A.A.Uxtomskiy), orientir murakkab psixofiziologik hodisa ekanligi (E.N.Sokolov) va boshqalar bo‘lib hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shaxsning ishtiyoqini qondirishga yo‘naltirilganligini aks ettiruvchi qiziqishni qondirilishi, hech qachon uning so‘nishini ifodalamaydi, aksincha ob’ektning noma’lum qirralarini aniqlashga nisbatan intilish davom etaveradi. Shu bilan birga qiziqishlar bilishning, uning jarayonlari funksional holatining doimiy qo‘zg‘atuvchi mexanizmi sifatida vujudga keladi va aks ettirishda davom etadi.
Psixologiyada qiziqish mana bunday tiplarga ajratilishi mumkin: 1) mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy; 2) maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita; 3) ko‘lamiga qaraganda: keng va tor; 4) qiziqishlar darajasi bo‘yicha: barqaror va beqaror va boshqalar.
Qiziqishning mazmun jihatidan o‘zaro tafovutlanishi quyidagilarda mujassamlashadi: bilish ehtiyojlarining ob’ektlari qaysilar, bilishning mazkur faoliyat maqsadi bilan mutanosibligi, shaxsning yashayotgan muhitiga nisbatan munosabati kabilar.
Qiziqishlar o‘zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bo‘lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan predmetlariga, ob’ektlariga, hodisalarga nisbatan o‘z maylini hech o‘zgarishsiz saqlab tura oladi.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə