«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Qobiliyat to‘g‘risida umumiy tushuncha



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə60/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

2.Qobiliyat to‘g‘risida umumiy tushuncha
Xaridor do‘konda tovarlarni ko‘zdan kechirayotib, bir xil matodan tayyorlanganiga qaramay, ularga har xil baho beradi, bir tikuvchini maqtaydi, ikkinchisiga esa e’tirozlar bildiradi. Shuningdek, ularga ba’zi bir takliflar beradi, tashqi ko‘rinishi bejirim bo‘lishi, chidamliligi oshishi to‘g‘risida mulohazalar yuritadi, ya’ni ulardan birisi qoniqtiradi, ikkinchisi esa ijobiy baho olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Talablar har xil turdagi tanlovlarda, olimpiada va universiadada ishtirok etadilar, ulardan bittasi muvaffaqiyatga erishadi, hatto g‘oliblikni qo‘lga ham kiritadi. Bu psixologik hodisa yoki voqelik nimadan dalolat ekanligini aniqlash orqaligini bilim darajasi, qobiliyat ko‘rsatkichi, muvaffaqiyat mexanizmi, malaka yoki ko‘nikmalar barqarorligi yuzasidan mulohaza yuritish mumkin xolos.
Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma’lumotlar keltirish maqsadga muvofiq: a) qobiliyatlar shaxsning psixologik xususiyatlari ekanligi; b) mazkur xususiyatlarga bilim, ko‘nikma, malaka orttirish bog‘liq; v) ushbu xususiyatlarning o‘zi bilim, ko‘nikma va malakalarga taalluqli emasdir. Yuqoridagi voqeliklarning tahlilidan kelib chiqilganida, tovarga berilgan baho, tanlovlardagi muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ishtirok etishga asoslanib, shaxslarning qobiliyatlari yuzasidan qat’iy qaror kelinishi mumkin edi. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, oliy ta’lim jarayonida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha «o‘rtamiyona» talaba keyinchalik ijobiy tomonga o‘zgarishi, boshqa soha (tarmoq)da yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yondosh ixtisoslikda o‘zini ko‘rsatishi mumkin.
Kasbiy bilim va ko‘nikmalar egallandimi yoki yo‘qmi, imkoniyat ro‘yobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib ketdimi-bularning barchasi ko‘pgina omillarga va sharoitlarga bog‘liqdir. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar (oila, maktab, mehnat jamoasi a’zolari, jamoatchilik) shaxsning u yoki bu bilim hamda ko‘nikmalarni egallashga manfaatdorligi, o‘qish, o‘rgatishga munosabati, ularni tashkil qilish va mustahkamlashga nisbatan ma’suliyat his qilish kabilarning barchasi-imkoniyatning ro‘yobga chiqarish, uning voqelikka aylantirishning kafolatidir.
Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Agar shaxs rasm solishga hali o‘rganmagan bo‘lsa, mabodo u tasviriy faoliyatning malakalarini uddalay olmasa, uning tasviriy san’atga nisbatan qobiliyatlari yuzasidan mulohaza yuritishga o‘rin ham yo‘q. Bularning barchasi bo‘lg‘usi rassomning ish uslubi, usullari, rangga munosabatlarini qanchalik tez va oson o‘zlashtirishida hamda borliqdagi go‘zallikni idrok qilish, tasavvur etishida yuzaga keladi.
Talabada kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi, ularning barqarorligi, shakllangan shaxsiy ish uslublari mavjud emasligiga asoslanib, ularni jiddiy tekshirib, tashxis qilmasdan turib, shoshilinch tarzda unda qobiliyatlar yo‘q degan xulosa chiqarish oliy maktab o‘qituvchisining qo‘pol psixologik nuqsoni hisoblanadi. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishida genial olim bo‘lib voyaga etishishi dalolatnomasi yo‘q edi.
Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinomikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar mulohaza yuritish imkonini beradi.
Shunday qilib, qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan birga: a) ularni shaxslarning mavjud boshqa xususiyatlariga, xarakter fazilatlariga, hissiy kechinmalariga va boshqalarga qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas; b) shuningdek, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan bir qatorga qo‘yish, ularni ayniylashtirish ham nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Shuni ta’kidlash joizki, mulohaza bildirilgan sifatlardan ba’zi biri yoki ularni yig‘indisi faoliyat talablariga javob bera olsa yoki ularni ta’sirida vujudga kelsa, u holda shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb atash imkoniyati tug‘iladi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə