«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə42/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi
Kasbiy ta’limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo‘lib, bunda tayyorgarlik ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o‘rganish (qo‘shimcha ta’lim yoki mustaqil ta’lim) va maxsus kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish orqali. Kasbiy ta’limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon “ma’lum bir kasbga tayyorgarlik” holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan o‘z ichki imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma’lum kasbning talablariga uning imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo‘ladi. Kasb tanlash ma’lum bir kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub’ekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov ob’ekti) munosabatlarini o‘zida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi. Tanlov sub’ekti va tanlov ob’ekti o‘rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini o‘rganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Ongli ravishda kasb tanlash insonning ijtimoiy mavqei bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Agar inson uchun asosiysi ijtimoiy nufuz hisoblansa, unda kasb hozirda mavjud bo‘lgan qoidalar, shuningdek, jamiyatdagi nufuzli kasblardan kelib chiqib tanlanadi. Ko‘pchilik kasb tanlayotganda bu kasb ularga qanchalik moddiy rag‘bat keltirishiga tayanadi. Insonlar orasida qiziqishlari tufayli kasb tanlovchilar ham bo‘ladi va bu qiziqish kamdan-kam hollarda romantik xarakter kasb etadi. Kasb mansabga intilish asosida, haqiqiy tashqi taassurotlar zamirida, ota-ona, do‘stlarining maslahatlari orqali yoki omadga bog‘liq holda tanlashi mumkin. Lekin kasbdagi romantika odatda tezda yo‘qoladi va uning o‘rnida inson hali na hissiy, na jismoniy va na psixik jihatdan tayyor bo‘lmagan “og‘ir ish kunlari” qoladi. Tanlagan kasbi o‘zi uchun qiyin bo‘lib, ko‘p hollarda turli to‘siqlarni yuzaga keltiradi va ayrim hollarda o‘z kasbini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda kasb tanlash ko‘pgina sharoitlarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Lekin hammasidan oldin kasb tanlashga e’tiborni tortish kerak. Ko‘pgina, tanlangan faoliyatlar insonning qobiliyat va moyiligiga muvofiq bo‘ladi. A.K.Baymetov pedagogik faoliyat motivlarini o‘rganib, ulardan 3 ta asosiylarini birlashtiradi: a) muqarrarlik motivi (burchli); b) o‘qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e’tiborni tortish; v) bolalar bilan muloqatga kirishish. Bu motivlarning ustunlik qilish xarakteriga ko‘ra mualliflar 4 guruhga mansub o‘qituvchilarni ajratadilar:
Burch hissining ustunligi bilan (43 %); o‘qitilayotgan fanlarga qiziqishning ustunligi (39 %); bolalar bilan muloqotga kirishish ehtiyojining ustunligi (11 %); o‘zi hohishlarini ruyobga chiqarish motivi. O‘rganilgan manbalarga ko‘ra motivatsiya tiplari o‘qituvchilarning o‘quvchilarga bo‘lgan pedagogik talablarining yo‘nalishi va xarakteriga ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchining turli tomonli motivatsiyasi o‘quvchilarning axloqiga va ularning o‘quv materialini o‘zlashtirishga talabning uyg‘unligi bilan tavsiflanadi. O‘qituvchilardagi majburiyat motivlarining ustunligi o‘quvchilarga faqatgina katta talablar qo‘yib qolmasdan, balki, qat’iy intizomni ham talab qiladi. O‘quv faniga bo‘lgan qiziqish motivlari ustun turuvchi o‘qituvchilarda o‘quv materialini o‘zlashtirishga bo‘lgan talab ko‘zga tashlanadi, chunki bunda eng ko‘p talab o‘quvchi shaxsiga qaratilgan bo‘ladi. A.K.Baymetov ta’kidlab o‘tganidek, avtoritarlikka moyillik motivining ustunligi avtoritar o‘qituvchilarda muloqat motivining ustunligi liberal o‘qituvchilar u yoki bu motivlardan hech birining ustun bo‘lmasligi demokratik uslubli xos o‘qituvchilarga xos jihat hisoblanadi.
Pedagog kasbini o‘zlashtirishda kasbiy bilimlarga bo‘lgan ehtiyoj oshadi. V.N.Nikitenko va B.Fidlerlarning ma’lumotiga ko‘ra 25-30 yoshli o‘qituvchilarda oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan chog‘ida unchalik ahamiyat bermagan pedagogik va psixologik bilimlarni egallashga bo‘lgan extiyoj uyg‘onar ekan N.V.Jurinim o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatidagi turli xil omillarga munosabatini o‘rgangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilarning o‘z kasbi va ish joyidan qoniqishi ba’zilarda birinchi navbatda maktabning moddiy bazasiga bog‘liq bo‘ladi, boshqalarida esa pedagogik faoliyatda yaxshi natijalarga erishishga, uchinchi xilida ma’muriyat bilan o‘zaro aloqa o‘rnatishga, to‘rtinchi kishida oylik olish bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quv faoliyati motivatsiyasining xususiyatlarini o‘rganishda 2 jihatni farqlab olish lozim: Birinchi jihat - o‘quv faoliyatini tanlash motivatsiyasi. Ikkinchisi nima uchun olim aynan shu mavzuni o‘rganib chiqishga qo‘l urgani sababini aniqlash. Fan bilan shug‘ullanish bir necha sabablarga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ularga yangilikka intilish va ularni yaratish, aniq fanlarga qiziqish va qandaydir aniq masalalarga qiziqish, o‘z kashfiyotlari bilan insoniyatga foyda keltirish, istagan yoki qandaydir xalq xo‘jaligiga doir masalalarni hal etish yoki shunchaki o‘z ishi bilan o‘zidan tarixda nom-nishon qoldirish; aniq bir ijtimoiy statusga intilish (ilmiy darajalariga ega bo‘lish) mashhurlikka intilish kabilar bilan belgilanadi.
Pedagogik faoliyatning muhim qismlari bo‘lib, uning motivatsiyasida ko‘rinadi. Pedagogik faoliyat o‘quv faoliyatidagi kabi motivatsion orientasiyalarga ajratiladi. Ular tashqi motivlar bo‘lib, bunga o‘z faoliyati natijasi va jarayonini orientasiya qilishni misol qilish mumkin. Aniq ta’lim muassasasidagi ish nufuzining tashqi motivlari, mehnatga xaq to‘lashdagi adekvatlik motivlari, ko‘pincha kasbiy va shaxsning o‘sish motivlari bilan mos o‘zaro bog‘liq. G.A.Myurrey hokimiyatga intilishning asosiy motivlarini ularning faoliyati bilan bog‘lagan holda ajratadi. Ehtiyojning belgi yoki samaralari quyidagi istaklarda namoyon bo‘ladi;
1. O‘z ijtimoiy olamini boshqarish;
2. Boshqalar xulqiga ta’sir o‘tkazish va o‘z maslaqatlari bilan yo‘lga solish, buyurish, o‘z so‘ziga ishontirish;
3. O‘z e’tiqodiga yo‘naltirish.
Motivatsiyaning barcha omillarini moddiy va nomoddiy stimullarga ajratish mumkin. “hayot faqat yeb ichishdan iborat emas”. Boshqa so‘z bilan aytganda pul bilan xodimlarni jalb etishning o‘zi yetarli emas. Korxonada moddiy rag‘batlantirishdan tashqari xodimlar jalb qilinadiganlar motivatsiyasining qo‘shimcha, nomoddiy tizimi ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin. Bu ularni psixologik tashqi iqtisodiy jihatlardan muhim ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Tamoyilni amalga oshishi, yuqori natijalarga erishgan ishchilarning rag‘batlantirilishiga qaratilgan ijobiy motivatsiyalarning ishlab chiqilishi bilan belgilanadi. Past ega bo‘lgan ishchilarga beriladigan jazolar tizimidan joy olgan “Salbiy motivatsiyalarni” aks ettiradi. Motivlarning qaysi biri ustunlik qilishi ijobiymi yoki salbiymiq degan savolga javobni aniq bir korxonada ishlash va xodimlar bilan munosabatga kirishish jarayoniga bog‘liq holda hal qilish mumkin. Shunday ekan, motivatsiya adekvat bo‘lishi, korxona xodimining ish natijalariga mos bo‘lishi kerak. Agar olinda xatolarga, hayot, ish natijalariga va tartibbuzarliklarga jazo ko‘zda tutiladigan bo‘lsa, motivatsiya tizimi samarali bo‘lmaydi. Bundan tashqari, motivatsiyaning tashqi omillari xodimlarni o‘z natijalarini baholashga o‘rgatuvchi va korxona xodimlarining ishdagi muvaffaqiyati darajalari bilan bog‘liq ichki motivatsiya omillarini ham ajratish mumkin.
Agar rahbarning bahosi, rahbarlarning o‘z natijalarini baholashni shakllantirsa, bu yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda rahbarning tashqaridan beradigan bahosi va xodimlarning o‘z-o‘ziga beradigan bahosi muvofiq keladi.
V.A.Kruteskiy o‘spirinlarda uchrash mumkin bo‘lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi:
- biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning qiziqishi;
- Vatanga foyda keltirish istagi;
- shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilib ko‘rsatish;
- oilaviy an’analariga rioya qilishi;
- do‘stlari va o‘rtoqlaridan o‘rnak olganligi;
- ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi;
- moddiy ta’minlanganlik;
- o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari motivlardir. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, ilk o‘spirinlik davrida kasbiy motivlarning shakllanishi bir qator tashqi va ichki omillarga bog‘liq. Shuningdek, kasb tanlashga bo‘lgan intilish ishtiyoqlar negizida kasbiy motiv va motivatsiya shakllanadi. Aynan xorij psixologlari kasbiy motivlar tarkibini ishlab chiqishda kasb tanlashgacha bo‘lgan va kasb tanlab bo‘lgandan keyingi jihatlarini ko‘rsatib o‘tadilar.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə