«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Kasbga oid konsultatsiyani o‘tkazish bosqichlari



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə35/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

3.Kasbga oid konsultatsiyani o‘tkazish bosqichlari
O‘quvchilarni professional qiziqishlari kasb ta’limi turi bilan mos kelsa (KHK sharoitida) ularni gruppalarga ajratish kerak. mos kelmasa, u vaqtda qo‘shimchka aniqlovchi kasbga oid konsultatsiya o‘tkaziladi.
1-jadval



Kasb tili

Kasb ta’limi turi

Insondan talab qiladi

1

Inson-texnika

Tokar, frezerchi, slesar, yig‘uvchi-slesar, elektromontajchi, tikuvchi- motorist

Ko‘z bilan chamalash, kuzatuvchanlik, fazoviy tafakkur, qo‘llar harakati mosligi, texnikaviy zehni, idroki o‘tkirligi, diqqatning to‘planganligi, diqqat-e’tiborli va h.k.

2

Inson-inson

Tabiiy xizmat ko‘rsatish (kichik hamshira) maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachisi, savdo xizmati, oziq-ovqat mahsulotlari sotuvchisi, qandolatpaz, pazanda

Xushmuomalalik, yaxshi axloviy sifatlar, odamlar bilan tezda til topisha bilishlik, tartiblilik, mehroqibatlilik, odamlarga g‘amxo‘rlik, bolalarni sevishg bilan ehtiroslarni boshqarish, kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyatlari, barmoqlar sezgirligi, va h.k.

3

Inson-belgi sanoq temasi

EHM operatori, programmist, mashinkada yozish va ish hujjatlari, chizuvchi va boshqalar

Mantiqiy tafakkur, diqqatning turg‘unligi, yaxshi xotira, tasavvur, fikrini bir joyga to‘play olishlik va boshqalar

4

Inson-tabiat

O‘simlikshunos, gulchi chorvador

Kuzatuvchanlik, sabrtoqatlilik, jismoniy chidamlilik, g‘amxo‘rlik, tartiblilik

5

Inson-badiiy obraz

Badiiy to‘qish, rassommodeler, yog‘ochga ishlov berish xalq ommaviy san’ati, ganchkorlik va h.k.

Ko‘z bilan chamalay bilishlik, badiiy did, badiiy va musiqiy qobliyat, yaxshi tasavvur qilish, fazoviy tafakkur, ko‘rgan va eshitganlarni xotirada yaxshi saqlab qola bilish va boshqalar

Yangi o‘quv yili boshlanishida o‘quvchilarni kasb ta’limi turlari bo‘yicha taqsimlanishi yana bir marta tekshirish kerak. o‘quvchilarga /IX-sinf/ kasb ta’limi o‘qitilishi sharoitlari bilan tanishtirish sexlarni, kombinat ustaxonalarini ko‘rsatish ishlab chiqarish ta’limi masterlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish zarur. Kasb ta’limi turini o‘zgartirishni istagan o‘quvchi kasbga oid konsultatsiya laboratoriya xonasiga qo‘shimcha tekshirish uchun yo‘llanadi. U yerda ularni individual layoqatlari, qobiliyatlari va professional yo‘nalganligiga har xil testlar, yakka tartibdagi suhbat yordamida o‘lchanadi.


Imkoniyatiga qarab xotirasi, diqqatini, reaksiya tezligini va o‘quvchisini boshqa xil sifatlarini (barmoqlari sezgisini, nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi jarayonini, ko‘zning yorug‘likka sezgirligini, ko‘zni miltillashga sezgirligi, eshitish sezgirligini va boshqalarda) o‘rganadigan, bir qator psixofiziologik metodikalardan foydalaniladi.
Kasbga oid konsultatsiya ko‘rigida aniqlangan o‘quvchining imkoniyatlari kasb ta’limi turlari shaxsga qo‘yadigan talablar bilan solishtirib, o‘quvchini psixofiziologik imkoniyatlari yaqin keladigan kasb ta’limi maslahat beriladi. (Kasbga oid aniqlovchi konsultatsiya).
O‘quvchini ijtimoiy foydali, unumli mehnatga ishtirok etishi, o‘z mahoratini sinab ko‘rish olingan bilimlarida tarbiyasining qay darajada ekanligini yaqqol ko‘rsatadi va kasb ta’limi turida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kasbga oid shakllantirish konsultatsiya “O‘quvchilarni kasbga oid konsultatsiya kartasi”da ishlab chiqarish ustalari (masterlari) baholari, meditsina ko‘rigi va ota-onalar rozi-rozi emasligi ham qayd qilib boriladi. “O‘quvchini kasbga oid kartasi”da qayd qilingan natijalar umumlashtirilib, analiz qilinadi va xulosaga asosan ongli kasb tanlashiga mos keluvchi konsultatsiya beriladi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə