«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə32/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Nazorat savollari
1. Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari
2. Kuzatish metodi
3. Kuzatish metodining texnologiyasi
4. Test metodini izohlang?
5. Stenford-Bine shkalasini izohlang?
6. Biografiya (tarjimai hol) metodini gapiring?
7. Anketa metodi.
8. Sotsiometriya metodi.
9. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi.
10. Proektiv metodikalar nimalar?


4-mavzu. Kasbga oid olib boriladigan maslahat ishlari
Reja:
1. Kasb tanlashga tayyorlash ishlarining olib borilish holatlari
2. Yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan kasbga oid konsultatsiyalar ketma-ketligi
3. Kasbga oid konsultatsiyani o‘tkazish bosqichlari
4. Kasb-hunar kollejlarida kasbga oid kansultatsiya o‘tkazish uchun moddiy bazalarning yaratilishi
Tayanch iboralar: kasb tanlash, kasb – hunar to‘g‘risida axborot, qarashlar, e’tiqodlar, ideallar, kasbiy layoqat, ishbilarmonlik, kasbiy maslahat, konsultatsiya, klassifikatsiya


1. Kasb tanlashga tayyorlash ishlarining olib borilish holatlari
O‘quvchilarni kasbga yo‘llashni shakllantirish masalalarini hal qilishda pedagoglar o‘quvchilarning o‘zlariga kasb tanlashda aktivlashtirish zarurligiga ishonch hosil qilmoqdalar. O‘zbekiston olimlari shunday qarorga keldilar: kasb tanlash, shu vaqtda ilmiy asoslangan bo‘ladiki, qachonki shaxsning erkinligi, aktivligi rivojlantirilsa, shaxs bilan mehnat o‘zaro munosabati shu narsaga olib keladiki, shaxsning qobiliyati va axloqiy kuchi muvaffaqiyat bilan rivojlansa.
O‘quvchining aktiv ishtirokisiz kasbga yo‘llash ishida muvaffaqiyatga erishish qiyin. Kasb tanlashga tayyorlash ishlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi: o‘quvchi shaxsini faolligini oshirish, o‘qituvchi va tarbiyachini kasbga yo‘llash mahoratiga bog‘liq. Shu sababli sistemali, maqsad sari yo‘naltirilgan o‘quvchilarni, ayniqsa yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga tanlashga tayyorlash ishlarini olib borish zarur, ularni kasb-mahoratni o‘zlari tanlashini aktivlashtirish kerak. Ushbu muammoni hal qilish o‘quvchini kelajak hayotga tayyorlash ishiga ham anchagina bog‘liq.
Kasbga yo‘naltirish ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yishda kasb-hunar kollejlarining imkoniyatlari anchagina. Mehnat va kasb ta’limining o‘ziga xos sharoitlari kasb ta’limini tanlash, aniq bir faoliyatda o‘z kuchini sinab ko‘rish, kasb ta’limi ustalari bilan, kasb ishlab chiqarish xodimlari bilan bevosita muloqotda bo‘lib va h.k. yigit va qizlarni kelajak kasbni o‘zi tanlashiga imkoniyatini oshiradi. Bu imkoniyatning samaradorligini mehnat va kasb ta’limi jarayonida o‘qituvchilar, masterlar tomonidan maqsad sari yo‘naltirilgan kasbga yo‘llash ishlari, o‘quvchining faolligini shakllantirish asosida yanada oshirish mumkin.
Kasbga yo‘llashdek murakkab va mashaqqatli, ammo sharafli ishda o‘quvchilarga ilmiy asoslangan maslahatlar berish, ularning shaxsiy qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlarini aniqlashda ushbu shaxsiy –individual yo‘llanmalar (ko‘rsatkichlar) tanlagan kasbiga mos kelish-kelmasligini taqqoslab ko‘rib, to‘g‘ri maslahatlar berishda ishlab chiqarish masterlariga, kasbga yo‘llash bo‘yicha ruhshunos (psixolog) kasb-korga oid konsultantga yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan ishlariga baholi qudrat yordam berish maqsadida ushbu metodik qo‘llanma yaratildi.
Taklif etilayotgan metodik qo‘llanmaning nisbatan ko‘pqirraligi shaxsni psixofiziologik, mediko-biologik diagnostika qilish (aniqlash) va kasb-hunarga oid konsultatsiyalar o‘tkazish, shaxsni individual qiziqish, layoqat va qobiliyatlarini o‘rganish, aniqlash, testli metodikalarni natijalarini umumlashtirib shu natijalarga qarab o‘quvchini kasb tanlashda ilmiy asoslangan maslahat va yo‘l-yo‘riqlar berish imkoniyatini beradi.
Etaplar bo‘yicha o‘tkazilgan kasbga oid konsultatsiya natijalari maktab o‘quvchisini “kasb–hunarga oid konsultatsiyalar kartasi”ga qayd qilib boriladi.
Karta olib borilayotgan tadqiqot natijalari, kasb-hunar bo‘yicha konsultantning shu natijalarga asoslanib bergan maslahatlari qayd qilib borilishiga mo‘ljallangan va o‘quvchini ongli, asoslangan kasb tanlashga yordam berishiga maqsadlashtirilgan.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə