«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Eksperimental metod va eksperimental psixologiya



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə25/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Eksperimental metod va eksperimental psixologiya.
Tadqiqot maqsadi va vazifalarni belgilash: ijtimoiy psixologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o‘rtasidagi munosabat o‘zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan harajatlar: moliyaviy va mehnat resurslari hisoblab chiqiladi.2
Bunda maqsad va vazifa aniqlab olinadi. Maqsad - bu ongda oldindan payqalgan tadqiqot natijasidir. Muammoni o‘rganish darajasi, ijtimoiy buyurtma, tadqiqot manfaatlariga bog‘liq bo‘ladi. Empirik (eksperiment) tadqiqotning umumiy maqsadi: ob’ekt rivojlanish turlari, tuzilmasi, o‘zgaruvchanligi va tendensiyalaridir.
Bu faktlar turli maqsadlarga qo‘llanishi mumkin:
a) nazariy hulosalar olishda;
b) o‘rganish metodining effektivligi, bilish imkoniyati orqali hulosalar olishda;
v) amaliy maslahatlar olishda;
g) kam o‘rganilgan soha bo‘yicha informatsiya to‘plaganda.
Ijtimoiy psixologik tadqiqot maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko‘tarish muammosini ijtimoiy psixologik tadqiqot qilish zarur bo‘lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoiti o‘zgarishidan iborat bo‘ladi. Tadqiqotning asosiy vazifasi esa belgilab olingan maqsadning mazmunan, uslubiy va tashkiliy jihatdan yanada oydinlashtirib olishdan iborat bo‘ladi.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda maqsad-bu tadqiqotlarni nazariy yoki amaliy yo‘nalishlarda bo‘lishini ko‘rsatuvchi mo‘ljal vazifasini o‘taydi. Ayni vaqtda dastur o‘tkazilayotgan tadqiqot qanday muammoni hal etishi yoki qanday xarakterdagi natijalarga ega bo‘lishi xususida konkret savollarga javob berishi lozim.


3.Eksperimental psixologiyaning hozirgi davr holati
Maqsadni amalga oshirish jaryonida bir yo‘la bir necha xil manzaralarga duch kelish mumkin. Zero, hamma narsa oldindan aniq belgilanishi qiyin. Hamma imkoniyat va yutug‘larni to‘la aniqlik bilan hisobga olishga urinish be’manilikdan va shallaqilikdan boshqa narsa emas. Shu bilan birga barcha tadqiqotchi kutilgan natijalardan tashqari yana qo‘shimcha natijalar paydo bo‘lishini nazardan qochirmaslik kerak. «Agar siz qandaydir yo‘llanmagan, kutilmagan xayolingizga keltirmagan narsani topishni o‘ylamaydigan bo‘lsangiz, siz bu narsani hech qachon topa olmaysiz» degan edi. Maqsadni amalga oshirishda ba’zan faqatgina asosiy vazifa emas, ikkinchi darajali vazifalarni ham bir yo‘la bajarishga to‘g‘ri keladi. Shunig uchun ham ishda asosiy qo‘shimcha u yoki masalalar bir yo‘la hal etiladi yoki hal etishning konkret yo‘llari belgilab beriladi3.
Maqsadni amalga oshirish jarayonida tadqiqotchi 3 an’anaviy vazifani bajarishni o‘z oldiga qo‘yadi:
1) o‘rganiluvchi mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish;
2) ilmiy-nazariy mavzuning boshqa ilm va hayot bilan bog‘liqligi;
3) krizis holatlardan chiqishning aniq-ravshan yo‘llarini belgilab berish (dasturda metodologik tavsiyalarni yaratishni qayd etadi).
Ba’zan hal etilmagan noasosiy vazifalar alohida mustaqil tadqiq etilishi dasturda ko‘rsatilishi lozim.
Demak, empirik ijtimoiy psixologik tadqiqot maqsadi nazariy, metodik, amaliy, informatsion bo‘lishi mumkin. Maqsad tadqiqot jarayonini tashkil qiladi va e’tibor qaratishga yordam beradi.
Maqsad ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi va tadqiqot jarayonini tashkil qiladi, e’tibor qaratishga yordam beradi.
Maqsad ma’lum bir vazifalarni yechish natijasida amalga oshadi. Agar maqsad tadqiqot nima uchun o‘tkaziladi degan savolga javob bersa, vazifa tadqiqotni qanday o‘tkazish, qo‘yilgan maqsadni qanday nazariy, metodik masalalarni yechish zarur degan savolga javob beradi. Maqsad bir necha vazifalarga bo‘linadi:
a) shu haqda tushuncha berish.
b) nazariy tipologiyasini bayon etish va hokazo.
Asosiy va asosiy bo‘lmagan vazifalarni ajratish kerak. Bu vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga xizmat qiladi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə