«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə7/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

4. Shaxs nazariyalari
Psixologiyaning mustaqil sohasi sifatida kasb psixologiyasini shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarning o‘rni muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir:
1. Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik xususiyatlari inkor etilgan. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish uchun zarur bo‘lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafkuraviy qarashlarning ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining raqobatbardoshligini tasdiqlash uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi. Rossiyadagi siyosiy va mafkuraviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zo‘riqishni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, og‘ir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress holatini keltirib chiqaradi. Chunki ular birdaniga o‘z kasbiy hayotlari uchun mas’ul bo‘lib qoladilar. Mehnatga layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy hayot ssenariysini tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoladi. Ammo bu muammolarni yechimini topishning imkoniyati yo‘q edi. O‘z navbatida bu kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-quvvatlash va bir-biriga ko‘maklashish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning hech bir yo‘nalishi bu muammolar bilan shug‘ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga, ya’ni kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va undagi o‘zgarishlar, ya’ni dastlabki paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqori malakali kasbiy jihatidan yetuk raqobatbardosh ishchilarga zaruriyat sezilmoqda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar faoliyatini baholash va attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo‘llarini belgilash, ishchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga e’tiborni qaratish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va tashkilotlarda ishchilar uchun rivojlanish bo‘limlari paydo bo‘ladi. Psixologiya fani doirasida shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama tadqiqotlar olib boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya va yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan o‘rganilgan. Bu muammolar yechimining metodologik jihatdan asoslanishi psixologiya sohasida olib borilgan fundamental ishlarda aks etgan. Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘ladi. Shaxs borasidagi differensial psixologik konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kasbiy moslashuv professionalizatsiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ldi.
Mehnat psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi.
Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari masalalarini o‘rganadi. Ta’kidlash mumkinki, insonning kasblar olami bilan hamkorligi to‘planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan. Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo‘nalishi - kasblar psixologiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990 yillar boshida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi.
Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3 bosqichini ajratish mumkin.
1. XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu- mehnat sharoitlari va shu usullarini ratsionalizatsiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta’limining shakllanishi masalalariga e’tiborning kuchayishidir.
2. XX asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi, shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
3. XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Krites va D. Syuper ishlarida ko‘zga tashlangan. Ammo chet el tajribasi asosida to‘plangan ma’lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy an’analar yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX asrdan boshlab asos solingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari, ehtiyojlari, xohish-istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega bo‘lmaganliklari natijasida, qaysidir ma’noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga sabab bo‘lgan.
Biroq keyinchalik rus psixologi E.A.Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan shu masalaga, ya’ni “kasb tanlash”, “kasbga yo‘naltirish” kabi masalalarga e’tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. E.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondashishlar kuzatila boshlandi, ya’ni ularning barchasi kasb psixologiyasining shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mehnat psixologiyasi kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni o‘rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat. Mutaxassislikning turli ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning hayotga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.
Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori maydoni o‘ziga xos holda belgilanib, “kasb to‘qimasi” yoki “mental xarita” deb atalgan. “Mental xarita” - kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi mumkin bo‘lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta’lim, kasbning tavsiyanomasi, uning qo‘llanish sohasi, aniq ishchi o‘rniga nisbatan yashovchanligi o‘rin olgan.
K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik ko‘rsatkichlaridan boxabar bo‘lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə