«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə4/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

3. Mehnat psixologiyasi
Mehnat psixologiyasi - inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi. Mehnat psixologiyasi vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Muhandislik psixologiyasi - inson va texnik tuzilmalar o‘rtasidagi informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘idir. Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishi hamda o‘zaro ta’sirini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi. Muhandislik psixologiyasining ilmiy vazifasi optimal konstruksiyalarni psixo-fiziologik jihatdan asoslash va mehnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyihalashda mutaxassis injenerlarga bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi - ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i. Yosh psixologiyasi psixologiyaning turli yosh-bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va boshqa bosqichlaridagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi maxsus sohasi.
Pedagogik psixologiya - shaxsga ta’lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va muammolarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya psixologiyaning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning psixologik muammolarini o‘rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning ilmiy asoslaridan biri bo‘lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida ta’kidlash lozim. E.A.Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub’ekt sifatida faoliyat ko‘rsatishi va shakllanishi sohasidagi vazifalarni yechish usullari, yo‘llari va sharoitlarini o‘rganuvchi psixologiya yo‘nalishidir. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə