«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi


Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko‘rsatkichlarni kiritadi



Yüklə 43,37 Mb.
səhifə8/201
tarix23.04.2023
ölçüsü43,37 Mb.
#106711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   201
Касбий психология Маърузалар матни 2018 лотин chop etish

Olim shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko‘rsatkichlarni kiritadi:
1. Shaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash.
2. Bajarayotgan ishga qo‘yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik.
3. Hayoti davomida ta’lim olish va o‘rganishga tayyorlik.
4. Madaniyligi, o‘zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish.
5. Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish.
6. Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi.
7. Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo‘lish.
8. Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko‘nikmasiga egaligi.


K.Farren kasbning yashovchanlik ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi:
1. Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog‘liqligi.
2. Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg‘unlashish imkoniyati.
3. Boshqa kasblarda o‘z kompetentliligi va qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyati.
4. Shaxsiy va moliyaviy ta’minlanganlik.
5. Kasb bo‘yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi.
6. Mahoratga yetaklovchi bilimga egalik.
7. Yoshidan qat’iy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo‘lish.
Shuningdek, yuqoridagi ikkita yashovchanlik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda quyidagi ko‘rsatkichlarni ham keltirib o‘tish joiz: tanlangan ishlab chiqarish sohasining “yashovchanligi”, “tashkilotning yashovchanligi”, “ishchi o‘rnining yashovchanligi”.
XX asrning boshlarida Amerika va Yevropa mamlakatlarida mehnat mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash jarayonida yuzaga kelgan bo‘lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik g‘oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to‘g‘risida zamonaviy nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog‘liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy rivojlanish psixologiyasi o‘rtasida aloqa o‘rnatishga olib keldi. Oqibatda kasbiy rivojlanish muammolarini o‘rganishga turlicha yondashadigan beshta asosiy yo‘nalishi shakllandi. Bular: 1) differensial diagnostik, 2) psixoanalitik, 3) qaror qabul qilish nazariyasi, 4) taraqqiyot nazariyasi va 5) tipologik yo‘nalishlar.
Differensial - diagnostik yo‘nalish bo‘yicha izlanishlarda shaxsning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlash omillariga, kasbga ta’sir ko‘rsatuvchi individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo‘yilgan talablarga asosiy e’tibor qaratiladi. Shuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli faoliyat tashkil etish to‘g‘risidagi qarashlar o‘z aksini topgan (F.Parkinson). Bu yo‘nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy ijrochilik operatsiyalarning yig‘indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari kasbiy ta’lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan g‘oyani ilgari surishdi.
Psixoanalitik yo‘nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik jihatlarini tahlil qilish bilan shug‘ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik mexanizmlar va shaxs tuzilish stansiyalarigacha bo‘lgan turli xil ehtiyojlar yotadi, degan g‘oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou).
Qaror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o‘rganish uchun yo‘nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e’tibor qaratdilar. Ularning qarashlariga ko‘ra, har qanday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman, O.Xar). Bu g‘oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan kasbning e’tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga da’vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e’tirof etishadi.1
Taraqqiyot nazariyasi yo‘nalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga asoslanib ish tutishgan. Bu yo‘nalishning izlanishlari akademik psixologik xarakterga ega bo‘lib, ilk izlanishlar o‘spirinlarni kasb izlashi bilan bog‘liq xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo‘nalish vakillaridan D.Syuper, SH.Byuler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish bir nechta bosqichlarga ajratiladi:
1) vujudga kelish bosqichi (tug‘ilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;
2) tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o‘zining imkoniyatlariga mos kasbni tanlashni niyat qiladi;
3) konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barqaror shaxsiy pozitsiyaga mos kasbiy faoliyat maydoni o‘rnatiladi;
4) saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati hech qayoqqa og‘masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo‘yicha kechadi;
5) pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli paydo bo‘lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish yetakchi o‘ringa chiqadi.
Tipologik yo‘nalish vakillari kasbiy faoliyatni tipologiyalashtirishga e’tibor qaratadilar (E.SHpranger, D.Xolland). Xolland o‘z tipologiyasida shaxsning kompleks mo‘ljal olishga yo‘naltirilgan bir qator tiplarini ajratishga erishdi: 1. Realistik orientatsiya; 2. Intellektual orientatsiya; 3. Ijtimoiy orientatsiya; 4. Konvensional orientatsiya; 5. Tadbirkorlik orientatsiyasi.



Yüklə 43,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə