Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

I.M.Sechenov
narsani yoki fazoni ko’rish 
kinestezik, paypaslash assosiasiyalari orqali va boshqa sezgilarning assosiasiyasi 
orqali idrok etilishini izohlab bergan edi.
Kishidagi bog’lanishlarga albatta so’zning eshitilishi bilan obrazi ham 
qo’shiladiki, unda muayyan narsa yoki fazoga munosabat gavdalangan bo’ladi. 
Idrok negizida hosil bo’ladigan muvaqqat nerv bog’lanishlari tashqi olamdagi 
narsalar va hodisalar xususiyatlarining ob'ektiv bog’lanishlar asosida tarkib topadi. 
Analizatorlar o’rtasida hosil bo’ladigan bog’lanishlar tufayli biz idrokimizda narsa 
va hodisalarning buning uchun moslashgan analizator bo’lmagan xususiyatlarini 
(masalan, narsaning hajmi, solishtirma og’irligi) ham aks ettiramiz.
Shuning uchun ham biz idrok qilganimizda olamni sezgilarimizga nisbatan 
chuqurroq qilib olamiz. Bu muvaqqat nerv bog’lanishlar narsa-hodisaning birgina 
xossasi bilan emas, balki barcha xossalari kompleks qo’zg’atuvchilar ta'siri bilan 
vujudga keladi. Masalan, talaba butun bir dars jarayonida idrok qilayotganda 
o’qituvchini ko’radi, uning nutqini tinglaydi, yozadi. Bu kompleks qo’zg'atuvchilar 
ko’rish, 
eshitish, muskul-harakat reseptorlarini 
qo’zg’aydi. 
Kompleks 
qo’zg’atuvchilarning analizatorlarning miya po’sti qismidagi yadrolarida 
murakkab tahlil va sintez qilishi amalga oshadi. Idrok jarayonida tahlil bilan bir 
vaqtda sintez ham ro’y beradi. Shuning uchun biz ayrim tovushlarni emas, butun 
so’z va iboralarni idrok qilamiz. Demak, idrokning nerv fiziologik asosida ikkinchi
signal tizimining muvaqqat nerv bog’lanishlari yotadi. Muvaqqat nerv 
bog’lanishlarining hosil bo’lish jarayonini sintez asosini ikki xil nerv 
bog’lanishlari tashkil qildi. 


Bir analizator doirasida hosil bo’ladigan bog’lanishlar bir narsadagi 
kompleks qo’zg’aluvchilarining organizmga ta'sir etishdan vujudga keladi. 
Masalan, eshitish analizatoriga ta'sir qiladigan ayrim tovushlarning o’ziga birikishi 
shunday qo’zg’ovchi bo’la oladi. Musiqa tinglash, rasm ko’rish, ular 
analizatorlararo bog’lanishlar, bir narsa yoki bir necha analizatorlarga ta'sir etadi. 
Masalan, ko’rish, muskul analizatorlari, ma'ruza, monolog. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə