Sezgi sezgi


Idrokning nerv fiziologik asosi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Idrokning nerv fiziologik asosi 
Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayon hisoblanadi. 
I.P.Pavlov
bo’yicha 
idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta'sir 
etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobiqida hosil bo’ladigan 


shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog’lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi 
narsalar 
va 
hodisalar 
kompleks 
qo’zg’atuvchi 
sifatida 
xizmat 
qiladi. 
Analizatorlarning 
qobiq 
bo’linmalar 
o’zagida 
ana 
shu 
kompleks 
qo’zg’atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga 
qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati 
hisoblanadi. Tahlil qilmasdan turib, idrokning anglangan bo’lishi mumkin emas. 
Jumladan, notanish xorijiy tilda aytilgan nutq boshdan-oyoq tovushlar oqimi 
tarzida idrok etiladi. Nutqning anglangan holda idrok etilishi, ya'ni u tushunishi
uchun nutqning alohida iboralarga mohiyat e'tibori bilan so’zlarga ajratish 
shartidir. Ayni paytda nutqni idrok etish jarayonida tahlil bilan bab- baravar tarzda 
sintez qilinadi, shu tufayli biz aloqida tarqoq tovushlarni emas, balki so’zlarni va 
iboralarni idrok etamiz. Muvaqqat nerv bog’lanishlarining o’rnatilishi sintezning 
negizini tashkil qiladi. Idrokning negizi nerv bog’lanishlarining ikki turidan, bitta 
analizator doirasida hosil bo’ladigan bog’lanishlardan va analizatorlararo 
bog’lanishlardan tarkib topadi. Birinchi holat organizmga bitta modallikdagi 
kopleks qo’zg’atuvchi ta'sir etganda kuzatiladi. Eshitish analizatorlariga ta'sir 
qiladigan alohida tovushlarning o’ziga xos birikmasidan iborat kuy ana shunday 
qo’zg’atuvchi bo’lishi mumkin. Ushbu kompleksning hammasi bitta murakkab 
qo’zg’atuvchi sifatida ta'sir qiladi.
Kompleks 
qo’zg’atuvchining 
ta'siri 
ostida 
hosil 
bo’ladigan 
nerv 
bog’lanishlarining boshqa bir turi ham borki, ular turli xildagi analizatorlar 
doirasidagi bog’lanishlardan iboratdir. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə