Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Verbal kommunikasiya
. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo’llaniladi. 
Nutq - inson tomonidan qo’llaniladigan tovush signallari yoki yozma belgilardan 
iborat bo’lib, ular orqali muloqotdan olingan ma'lumot qayta ishlanadi, saqlanadi 
va uzatiladi. U jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til so’z belgilari tizimi bo’lib, u 
muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo’lib yuzaga keladi. 
Til muomala vositasidir. 
Til
muomalaga kirishuvchilar o’rtasidagi 
kommunikasiyani ta'minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul 
qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) 
va uni qabul qiluvchi (resipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi 
kerak, aks holda bir-birini to’g’ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala 
qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga ega bo’lishi kerak. Til so’z 
belgilari yig’indisidan iboratdir. So’zning ma'nosi uning mazmuniy tomonidir. Har 
bir aloqida odamning harakatlari va faoliyatlarini boshqa odamning harakati va 
faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. 
Birinchidan
, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar 
jamoasining ijtimoiy-tarixiy tajribasini belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil 
ravishda bilib olmaydi. U ota-onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, 
bu javoblardan bola o’z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy 
bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy bilimlarning bu ozginagina 
qismini bola til shaklida, til yordamida so’z belgilari tizimida hosil qila oladi. 
Maktabda ham xuddi shunday bo’ladi, o’quvchi olam haqida barcha bilimlarni 
o’qituvchining tushuntirishidan yoki darslikdan, ya'ni til yordamida o’zlashtiradi. 
Bu yerda til o’zining muhim vazifalaridan birini bajaradigan, ya'ni yashash 
vositasi, ijtimoiy-tarixiy tajribani berish va o’zlashtirish vositasi tarzida namoyon 
bo’ladi. 
Ikkinchidan,
har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini ko’pincha 
ijtimoiy qiymatga ega bo’lmagan o’zga kishilarning bevosita tajribalarini 
belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo’l olaman. Yo’lda o’rtog’im uchrab 
menga: "oshxona yopilgan", deydi. Shu paytda bu xabar mening faoliyatimni 
ma'lum bir tarzda boshqaradi: men qayrilib, boshqa oshxona tomon jo’nayman. Bu 


yerda til o’zining boshqa muhim vazifasi bilan, ya'ni vosita yoki kommunikasiya 
usuli yoki olamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon 
bo’ladi. Natijada har qanday kommunikasiya, har qanday munosabat 
suhbatdoshiga ta'sir qilishdan iboratdir. 
Uchinchidan,
har bir alohida odamning ish-harakatlari va faoliyatlarini har 
bir ayrim kishilarning shaxsiy tajribasi belgilaydi. Odamning "shaxsiy" o’z 
individual tajribasi boshqa kishilarning tajribalari va ijtimoiy tajribaning o’ziga xos 
aralashmasidan iborat. Odam hayvondan farqli o’laroq, o’z harakatlarini 
rejalashtira oladi. Bunday rejalashtirish va umumiy fikriy masalalarni hal 
qilishning asosiy quroli tildir. Bu yerda biz tilning uchinchi vazifasi aqliy 
faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasiga to’qnash 
keldik. So’z belgilari tizimi sifatida tildan nutq faoliyatida foydalaniladi. 
Nutq faoliyati
- odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish va 
avlodlarga berish yoki kommunikasiya o’rnatish, o’z harakatlarini rejalashtirish 
maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Til aloqa vositasi yoxud quroldir, nutq 
faoliyati yoki nutq esa aloqa jarayonining o’zidir. Bu jarayonda nutq faoliyatining 
faol va passiv turlari farqlanadi. So’zlovchining nutqi 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə