Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Munosabat o’rnatish
- munosabatlar tizimidagi shaxsiy o’rnini, 
mavqeini aniqlash; 

Ta'sir ko’rsatish
- suhbatdoshning xulq-atvori shaxsiy xususiyatlari 
maqsadlari va ustanovkalarini o’zgartirish. 
Muloqotning kommunikativ tomoni 
Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o’y-xayollar, his 
kechinmalar bilan o’rtoqlashadilar. Bunda o’y-fikrlar, his-kechin-malarni axborot 
sifatida, kommunikasiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin. 
Ammo shuni e'tiborga olish kerakki insonlararo kommunikasiya shunchaki axborot 
almashinuvidan iborat emas. Chunki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, 
balki shakllan-tiriladi, aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi. Demak, inson muloqotni 
shunchaki axborot almashinuvidan iborat jarayon deb hisoblashi mumkin emas. 
Zero, birinchidan muloqot jarayonida axborot bir tomondan ikkinchi tomonga 
shunchaki harakatlanmaydi, balki faol almashinadi (kommunikativ jarayon 
ishtirokchilari 
bir-biriga 
axborot 
yuborayotganda 
bir-birining 
motivlari, 
maqsadlari, ustanovkalari va boshqalarni tahlil qiladilar); ikkinchidan muloqot 
jarayonida axborot almasha turib kishilar belgilar orqali bir-biriga ta'sir etishi 
mumkin (insonlararo axborot almashinuvida, albatta suhbatdosh xulq-atvoriga 
muayyan ta'sir o’tkaziladi); uchinchidan muloqot jarayonida kommunikator 
(axborot yuboryotgan odam) va resipient (axborotni qabul qilayotgan odam) bir xil 
kodlashtirish tizimiga ega bo’lishi kerak, to’rtinchidan muloqot jarayonida faqat 
insonlararo kommunikasiyaga xos to’siqlar vujudga kelishi mumkin. 
Kommunikativ jarayonda qo’llaniladigan bir necha belgilar tizimi mavjud. 
Ular verbal kommunikasiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan bog’liq 
bo’lmaydigan belgilar orqali) kommunikasiyadir. 



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə