Sezgi sezgi


Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi mumkin



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi mumkin: 
A. 
o’z individini; 
B. 
o’zga guruh individini;
C. 
o’zini;
D. 
o’zga guruhni.
Rus psixologi A.A.Bodalev 
"insonni inson tomonidan idrok etilishiga"
sinonim ravishda "insonning boshqa insonni bilishi" iborasini qo’llaydi. Inson 
jamiyat a'zosi sifatida qabul qilinganligi sababli muloqotda ham shaxs sifatida 
namoyon bo’ladi. S.L.Rubinshteyn aytganidek, 
"biz insonni tashqi xulq-atvoriga 
qarab uni o’qiymiz"
. Bundan, insonni tashqi qiyofasi uni qanday shaxs
ekanligidan dalolat berishini anglashimiz mumkin. 
"Boshqa odamni bila turib, o’rganayotgan individning o’zi ham 
shakllanadi"- deb yozadi L.S.Vigotskiy

Insonni inson tomonidan idrok etilishida eng kamida ikki kishi jalb qilingan 
bo’lishi lozim bo’lib, ularning ikkalovi ham faol sub'ektdir. Demakki o’zaro idrok 


jarayonida ikkala tomon bir-birlarining ehtiyojlari, motivlari va yo’nalishlarini 
bilishlari va o’zlarini qarama-qarshi tomon o’rniga g’o’ya olishlari lozim. Muloqot 
jarayonida bir-birini idrok etayotgan odamlar bir-birini tushunishga harakat 
qiladilar
. Buning uchun quyidagi mexanizm ishga solinadi:
A. 
identifikasiya; 
B. 
refleksiya; 
C. 
stereotipizasiya. 
D. 
empatiya 
Identifikasiya
(lotincha tenglashtirish)
-u kishiga tenglashtirish
baravarlash ma'nosini anglatib, insonning o’zini xayolan suhbatdoshi o’rniga 
qo’yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi. 
Refleksiya (lotincha aks ettirish)
- insonning suhbatdoshi tomonidan 
qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi. Kishini kishi 
tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o’xshatish mumkin. 
Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o’zini ham aks ettiradi, agar 
kishi o’zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to’liq, ilmiy asoslangan 
axborotlarga ega bo’lsa, ular bilan bexato aniqlikda o’zaro ta'sir o’rnatishi 
mumkin. Biroq sub'ekt hamma vaqt bunday aniq ma'lumotga ega emas. Shuning 
uchun u boshqalar xatti-harakatining sabablarini o’ylab chiqishga majbur bo’ladi. 
Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg’ular, 
intilish va fikrlashning o’ylab chiqarilishi kauzal atribusiya deb ataladi. 
O’qituvchilar tomonidan bola harakatlarining shunday sababini talqin qilinishi 
maktabdagi pedagogik muomalani qiyin-lashtiradi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə