Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

a) Destruktiv nizo
. Uning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat: 

shaxsiy xususiyatlarni bir-biriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi; 

munosabatlarning buzilishiga olib keladi; 

ishtirokchilar soni ortib boradi; 

qarama-qarshi tomonga nisbatan negativ baholar kuchayib boradi; 

nizo jarayonidagi ob'ektning shaxsga ko’chishi oson yuz beradi. 
b) Produktiv nizoning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat: 

nuqtai - nazarlarning bir-biriga mos kelmasligi sababli vujudga keladi; 

muammoni kengroq qarshi olishga olib keladi; 

optimal yechimning topilishiga yordam beradi; 

shaxsga ko’chirilmaydi. 
Muloqot kishilarning bir-birini tushunishi 
Birgalikdagi faoliyatning muvaffaqiyatli ro’y berishi ko’p jihatdan 
kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotganini, har bir 


ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga 
bog’liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o’rganish zaruratini vujudga 
keltiradi.
Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi 
bo’lib, u 
muloqotning perseptiv tomonini
tashkil etadi.
Insonning inson tomonidan idrok etilishi 
"ijtimoiy persepsiya"
deyiladi. 
Dastlab bu atama Dj.Bruner tomonidan 1947 yil ishlatilgan bo’lib, u perseptiv 
jarayonlarning ijtimoiy determinasiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama 
boshqacharoq ma'noga ega bo’lib, u ijtimoiy ob'ektlarni, ya'ni odamlar ijtimoiy 
guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan. 
Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi mumkin
:
A. 
o’z guruhiga munosib individni; 
B. 
boshqa guruhga mansub individni;
C. 
o’zining guruhini;
D. 
o’zga guruhni.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə