Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
7-Mavzu(amaliy)

Pedagogik muloqot
pedagog va 
o’quvchilarning o’zaro ta'sir etish usullari yig’indisidir. Muloqotning mazmuni 
axborot almashish, o’qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida 
o’quvchilar bilan o’zaro tushunish va o’zaro munosabatlarni tashkil etishdir. 
Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o’qituvchilar hamda o’quvchilar 
jamoasi o’rtasida munosabatlarni ta'minlamay turib amalga oshirib bo’lmaydi. 
Pedagogik faoliyatdagi muloqat
-
o’quv vazifalarni bajarish vositasi; 
-
tarbiyaviy jaryonini ta'minlashning ijtimoiy-psixologik tizimi; 
-
ta'lim-tarbiya 
jarayoni muvaffaqiyatini ta'minlovchi o’qituvchi va 
o’quvchilarning o’zaro munosabatini tashkil qilish usuli;
-
o’quvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida 
namoyon bo’ladi.
Pedagogik muloqot
- bu muloqotning o’quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy 
foni va vosita, mazmunini tashkil etadi.
Muloqot muvaffaqiyatli bo’lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo’lishi, 
ya'ni sub'ekt o’zaro ta'sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o’zi 
uzatgan axborotni resipient qanday qabul qilishini va qanday munosabatda 
bo’layotganligini qayta axborot ma'lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada 
suhbatdoshni yoki tinglovchini idrok etish bir-birini tushunishning asosiy shartidir. 
Agar o’qituvchi o’quvchilarini qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini 
anglay olmasa, pedagogik munosabat yaxshi bo’lmaydi. Ayniqsa, ma'ruza 
o’tayotganda bu juda muhimdir.
Tayanch tushunchalar 


Avtonom nutq
(yunon, autos - o’zi - nomos - qonun) - bolaning o’z nutqi 
ko’p ma'no va noaniq so’zlar bilan xarakterlanadigan, ichki nutq, bunda turli 
narsalarning bir-biri bilan beqaror va uzviy bog’liqligi tufayli so’zlarning ma'nosi 
ham vaziyatga qarab o’zgaradi, bolalarning avtonom nutqi kattalar nutqiga o’tish 
davri bo’lib hisoblanadi. 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə