Sezgi sezgi


B.F.Lomov tomonidan taklif qilingan bo’lib, u quyidagilardan iborat.   Informasion-kommunikativ funksiya



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

B.F.Lomov
tomonidan taklif qilingan bo’lib, u quyidagilardan iborat. 

Informasion-kommunikativ funksiya
- axborot almashinuvini ta'min-lash 
vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar tizimlari orqali amalga 
oshiriladi. Odatda verbal va noverbal kommunikasiya farqlanadi. 

Regulyasion-kommunikativ funksiyasi
suhbatdoshlar xulq-atvorining 
regulyasiya qilinishini ta'minlash vazifasi. Individlar muloqot jarayonida 
verbal yo’llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul 
qilishiga ta'sir o’tkazishi, biror harakatga undashi va harakatini nazorat 
qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullash-tiruvchi va korreksiyalovchi 
tarzida ta'sir ko’rsatishi mumkin. 

Affektiv-kommunikativ funksiya
inson emosional sohasining regulyasiya 
qilinishini ta'minlash vazifasi. Muloqot inson emosional holatlarining eng 
muhim determinasiyasidir. Chunki turli tuman emosional holatlar muloqot 
jarayonida paydo bo’ladi va o’zgaradi. 
L.A.Karpenko
taklif etgan tasnifga ko’ra, muloqotning quyidagi vazifalari 
ajratib ko’rsatiladi. 

Aloqa o’rnatish vazifasi
- suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun 
tayyorlash; 

Informasion vazifa
- suhbatdosh bilan muayyan ma'lumotlar, fikrlar 
va rejalarni almashish; 

Faoliyatga undash
- suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimul-
lashtirish; 

Koordinasion vazifa
- suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni 
tashkil etish va uni amalga oshirishda harakatlarni muvofiqlashtirish; 



Tushunishni ta'minlash vazifasi
- suhbatdoshning fikrlari va 
hissiyotlarini tushunish; 

Amotiv vazifasi
- suhbatdoshda muayyan hissiyotlarni uyg’otish 
hamda ularni o’zgartirish;


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə