Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 22,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/33
tarix25.09.2023
ölçüsü22,32 Mb.
#123882
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

w sxih*— -
Ц § —-««resNXKtoOt»*—


DAVLAT MAQSADLI JAMG ARMALARI - Davlat budjeti tarkibida
jamlantiriladigan jamg'armalar bo'lib, ularning har biri uchun 
mablag'lar manbalari, har bir manbadan mablag' tushishi normalari 
va shartlari, shuningdek, shu mablag'lardan foydalanilishi mumkin 
bo'lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
DAVLAT TASHQI QARZI - davlat tomonidan xorijdan mablag' jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O'zbekiston Respublikasi 
majburiyatlarining yig'indisi.
DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH - davlat mulkini mulkchilikning
har xil mulk shakllariga aylantirish demakdir.
DAVLAT TOMONIDAN ICHKI MABLAG'NI JALB QILISH - aktivlarni
ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb 
etish hamda buning natijasida O'zbekiston Respublikasining qarz 
oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o'z kreditlari 
(qarzlari)ni to'lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi.
DAVLAT TOMONIDAN XORIJDAN MABLAG' JALB QILISH - aktivlarni
xorij manbalari (chet el davlatlari, norezident yuridik shaxslar 
va xalqaro tashkilotlar)dan jalb etish hamda buning natijasida 
O'zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz 
oluvchi rezidentlarning o'z kreditlari (qarzlari)ni to'lashiga kafil 
sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi.
DEBET - buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv schyotlarning debeti
bo'yicha hisob obyektining ko'payishi aks ettiriladi, passiv 
schyotlarning debeti bo'yicha esa kamayishi yoziladi. Hisoblashish 
schyotlarida debet mazkur korxonaning boshqa korxona va 
shaxslardan oladigan summasini aks ettiradi (debitorlik qarzlari). 
Debet qoldiq (saldo) faqat aktiv schyotlarda bo'lishi mumkin.
DEFLYATSIYA - inflyatsiya davrida muomaladagi qog'oz pulni kamaytirish.
Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga 
qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlarini qo'llash orqali amalga 
oshiriladi.

119


ECONOMICS - odamlar o'z ehtiyojlarini qondirish maqsadida, cheklangan
resurslarga ega bo'laturib, har xil mahsulot va xizmatlar ishlab 
chiqarishni qanday tashkil qilishni o'rganuvchi fan.
ECONOMY - odamlarning mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish, taqsimlash va
iste’mol qilish borasida olib boradigan xo'jalik faoliyat turlarining 
majmuasi.
EFFEKTFVLIK - har xil ko'rinishdagi iqtisod resurslari yoki resurslar majmuyi
bilan iqtisodiy faoliyat amaliy natijalari nisbatini aks ettiruvchi 
iqtisodiy kategoriya.
EGALIK 
QILISH 
MUMKIN 
BO'LGAN 
DAROMAD 
(MAVJUD
DAROMAD) - institutsion birlik muayyan hisobot davrida 
o'zining naqd pul aktivlarini kamaytirmasdan yoki passivlarini 
ko'paytirmasdan tovar va xizmatlarning pirovard iste’moli uchun 
sarflashi mumkin bo'lgan maksimal daromad yig'indisiga egalik 
qilish mumkin bo' lgan daromad.
EGASINING NOMI YOZILGAN QIMMATLI Q O G 'O ZLAR - mulkiy
huquqlarning realizatsiya qilinishi o'z egasining ro'yxatdan 
o'tkazilgan bo'lishini talab etadigan qimmatli qog'ozlar.
EGRI (BILVOSITA) SOLIQLAR - xo'jalik aktlari va aylanmalari hamda
moliyaviy operatsiyalardan kelib chiqadi. Bu soliqlarning tarkibiga 
qo'shilgan qiymat solig'i, aksizlar, bojxona bojlari, qimmatbaho 
qog'ozlar bo'yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar 
kiradi. Ular baho yoki tarifga ustama (qo'shimcha) tarzida 
(ko'rinishida) o'rnatilib, soliq to'lovchilaming daromadlari bilan 
belgilanadigan (aniqlanadigan) to'g n (bevosita) soliqlardan farq 
qiladi.
EGRI CHIZIQABRISI - trendning grafikdagi alohida qismi.
EHTIMOL (ingl. probability) - ma’lum natijaga erishish imkoniyati.
EHTIMOLLAR NAZARIYASI - tasodifiy hodisalarning ehtimolligi bo'yicha
o'zaro aloqada bo'lgan boshqa hodisalarning ehtimolligini aniqlash 
bilan bog'liq matematika fani. Ehtimollar nazariyasi asosida 
tasodifiy hodisalarning ro‘y berish ehtimolligi katta yoki kichik 
ekanligi aniqlanadi.
EHTIYOJ - insonlarning, ijtimoiy guruhlarning yashash va mehnat qilish
jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalardir. 
Ehtiyoj subyektlarning o'zaro bog'liqligi va ularning faoliyatida 
umumiy manfaatdorlikni ifodalaydi.


EKIN MAYDONLARITARK1BI - jami ekish maydonida ayrim turdagi ekinlar
maydonining tutgan salmog'i.
EKOLOGIK AUDIT (EKOAUDIT) - korxonalar, kompaniyalarning ichki
ekologik salohiyati, ularning xavf-xatarlari va imkoniyatlarini doimiy 
tekshirib turish instrumentidir.
EKOLOGIK MONITORING - atrof, tabiiy muhit va uning resurslari holatini
ma’lum dastur asosida muntazam kuzatish, baholash, prognozlash 
(bashoratlash)ning ma’lum tizimi bo'lib, iqtisodiy-ekologik 
boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish jarayonlarini 
axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. U antropogen faoliyat 
ta’sirida atrof-muhit holatidagi o'zgarishlarni aniqlash va tegishli 
tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.
EKOLOGIK MUAMMOLAR - insoniyat xatti-harakatlari va xo'jalik faoliyati
natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar.
EKOLOGIK RESURSLAR - biosferada ekologik muvozanatni ta’minlaydigan
muhitni shakllantiruvchi komponentlarning majmuyi bo'lib, ular 
insonning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi hayotiy normal 
muhiti hisoblanadi. Ekologik resurslar hayotiy muhim funksiyani 
bajaradigan tabiiy tizimlarga kiradi. Bu resurslarning xarakterli 
xususiyati shundaki, ular, asosan, jamiyatni zaruriy ne’mat shaklidagi 
xizmat bilan ta’minlaydi. Ekologik resurslarga havo, suv, yer (tuproq) 
kiradi.
EKOLOGIYA - tabiat va jamiyat o'zaro ta’sirining umumiy qonuniyatlari
to'g'risidagi fan; atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslarini 
ishlatishning 
maqsadga 
muvofiqligiga 
qaratilgan 
jamiyat 
faoliyatining maxsus sohasi.
EKONOMETRIKA - iqtisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy
qonuniyatlari va o'zaro aloqalarini matematik, statistik metodlar, 
modellar yordamida o'rganuvchi fan. Matematikaning iqtisodiyotda 
qo'llanilishi bo'yicha iqtisodiy nazariyadagi alohida oqim.
EKONOMETRIKA KONSEPSIYALARI 
-
iqtisodiyotda 
matematika
metodlaridan keng foydalanishga asoslangan konsepsiyalar. Asosiy 
vakillari L. Valras, V. Pareto (Lozanna universiteti), fon Neyman, U. 
Mitchell, E. Barone, M. Panteleoni. 1910-yilda polshalik iqtisodchi 
P. Chompa “Ekonometriya” (“Ekonomterika”) matnini qo'llagan. 
Ilmiy muomalaga (1926) norvegiyalik R. Frish kiritgan. AQSh, 
Buyuk Britaniya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda keng rivoj 
topmoqda. Turli iqtisodiy ta’limot yo'nalishlarida qo'llaniladi, ilmiy 
va amaliy ahamiyatga molik. V. Leontev ham bu konsepsiyalardan 
(1906) o'zining “chiqim-chiqarish” uslubida foydalangan (U 
1973-yilda Nobel mukofoti sovrindori bo'ldi). 60-70-yillarda
^
121 
-


bu yo'nalish sobiq SSSR, xususan, O'zbckistonda rivoj topdi. 
Respublikamizning olim va mutaxassislari tomonidan iqtisodiy 
modeUashtirish va algoritmlash bo'yicha muhim tadqiqotlar amalga 
oshirilgan.
EKSEDENT RISKI - mazkur toifadagi risk bo'yicha zararni qayta sug'urtalash
to'g'risidagi kelishuv.
EKSEDENT ZARAR1 - noproporsionl qayta sug'urtalash shakli. Bunda
sedentga o'z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi 
qayta sug'urtalovchi kompaniya tomonidan qoplanadi.
EKSPERT - u yoki bu masalada asoslab berilgan fikr-mulohaza bildirishi mumkin
bo'lgan faoliyatning muayyan sohasida yetuk bilim, tajribaga ega 
mutaxassis. U korxona, tashkilot yoki davlat organlari tomonidan 
ekspertiza (masalan, buxgalteriya, patent ekspertizasi) o'tkazishga 
taklif qilinadigan shaxs.
EKSPERT BAHOLASH - yuqori malakali mutaxassislar (ekspertlar) tomonidan
marketing omillari yoki tadbirlarini bevosita baholash.
EKSPERT XULOSASI - yozma shaklda ifodalangan ekspert ishining natijalari.
EKSPLUATATSIYA - ishlab chiqarish vositalari egalari tomonidan bevosita ishlab
chiqaruvchilar mehnati bilan yaratgan qo'shimcha mahsulotni haq 
to'lamasdan o'zlashtirib olishi.
EKSPORT - tovarlar, xizmatlar va kapitalni sotish maqsadida chet el bozorlariga
chiqarish; eksport import bilan bir qatorda xalqaro ijtimoiy mehnat 
taqsimoti bilan bog'Iangan va tashqi savdoning tarkibiy qismidir. 
Eksportning quyidagi ko'rinishlari mavjud: 1. Tovar eksporti -
bunda moddiy ne’matlar chetga chiqariladi. 2. Xizmatlar eksporti -
bunda xorij dagi sheriklarga to' lov evaziga turli xizmatlar ko'rsatiladi.
3. Kapital eksporti - bunda chet mamlakatlarga turli obyektlar 
qurish va ishga tushirish uchun mablag' (kapital) qo'yiladi.
EKSPORT (CHETGA MOL CHIQARISH) SOLIG'I - tovar yoki xizmat
uchun to'lanishi shart bo'lgan soliqlardan shakllanadi va tovarlar 
iqtisodiy hududdan olib chiqilganda yoki xizmat rezidentlardan 
tashqari iste’molchilarga ko'rsatilganda olinadi.
EKSPORT IMKONIYATI - chet elga tovar chiqarish, sotish imkoniyati;
korxonalar tarmoqlar va ayrim bir mamlakatning xorijga tovar 
chiqarib, chet el bozorida raqobat qila bilish qobiliyati, shuning 
hisobiga valyuta to'play olishi, daromad ola bilishni anglatadi.
EKSPORT KVOTA - muayyan tovarlarni eksportga belgilangan hajmda ishlab
chiqarish va yetkazib berish.
EKSPORT MARKETINGI - tashqi bozorga mo'ljallangan marketing.


EKSPORT UCHUN SUBSIDIYA - tovarlar iqtisodiy hududdan olib ketilganda
yoki rezidentsiz birliklarga xizmat ko'rsatilganda, tovar va xizmatlar 
uchun to'lanishi zarur bo'Igan barcha moliyaviy yordam yig'indisi.
EKSPORT-IMPORT SOLIG‘ 1 - soliqqa tortishning ко‘rinishlaridan biri; tashqi
savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa 
tortish obyekti bo'lib belgilangan kurs bo'yicha milliy valyutada 
hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og'irlik va miqdor 
birliklarida ifodalangan tovarlar soni hisoblanadi.
EKSPORTNING GEOGRAFIK TARKIBI - alohida qit’a mamlakatlari,
mamlakatlar guruhlari yoki alohida mamlakatning mamlakat 
eksportidagi ulushlari nisbati.
EKSTENSIV IQTISODIY O'SISH - ishlab chiqarish jarayonini kengaytirib (ish
o'rinlarini ko'paytirish, ekin maydonlarini kengaytirish va hokazo) 
borishga aytiladi.
EKSTENSIV RIVOJLANISH YO'LI - iqtisodiy o'sishning bir tipi. Ekstensiv
rivojlanishda iqtisodiy o'sishga ishlab chiqarishning awalgi 
texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari 
miqdorini ko'paytirish orqali erishiladi. Masalan, zavod qo'shimcha 
sex quradi, ya’ni ishlab chiqarishga qo'shimcha ishlab chiqarish 
vositalari va ish kuchini jalb etadi hamda mahsulot miqdorining 
o'sishiga erishiladi. Bunda ishlab chiqarish omillari miqdorining 
o'sishi hisobiga mahsulot hajmi o'smoqda. Bu yo'l bilan yuqori 
ishlab chiqarish samaradorligiga erishib bo'lmaydi.
EKSTRAVERSIYA (extra - tashqari) - shaxsning shunday psixologik
xususiyatlarini ko'rsatib beradiki, bunda shaxs o'z qiziqishlarini 
tashqi omilga, tashqi obyektlarga qaratadi, ba’zan buni o'zining 
qiziqishlari, shaxsiy ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga 
oshiradi.
EKSTROPOLYATSIYA MODELINI QURISH 
- biror-bir bashorat-
lanayotgan ko'rsatkichni o'zgarish tendensiyasi namoyon etishi 
bilan asoslanadi. Bunday modellar, asosan, biror-bir tovarga talab 
o'zgarganda qo'llaniladi.
EKVIVALENT - biror narsaning o'rnini bosa oladigan yoki uning ifodasi bo'lib
xizmat qiladigan teng baholi, teng qimmatli narsa yoki miqdor. 
Masalan: pul barcha tovarlarning qiymatini ifodalovchi ekvivalent 
rolini bajaradigan alohida tovardir.
ELASTIKLIK - talab va taklifga tasir qiluvchi omillarning o'zgarishi natijasida
ularni 
qanchaga 
o'zgarishi 
tushuniladi 
(narxi, 
daromadi, 
iste’molchilar soni va hokazo).
ELASTIKLIK KOEFFITSIYENTI - omil belgining 1% ga o'zgarganda natija
qancha foizga o'zgarishini aniqlaydi.


^
1
ELECTRON BIRJA - ko‘p sotuvchilar va ko‘p xaridorlar mavjud bo lganda,
elektron biznes doirasida birjada xilma-xil tovarlar oldi-sotdisi.
ELEKTRON BIZNES - qo'shimcha qiymatning birlashtirilgan zanjirini yaratish
va ishchan hamkorlarning optimal o'zaro ishlashini ta’minlash 
uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan 
intemet-biznes.
ELEKTRON HUJJATLARNING AYLANISHI - avtomatlashtirilgan axborot
tizimida elektron hujjatlarning shakllantirilishi va uzatilishining 
tashkil qilish sxemasi.
ELEKTRON JADVAL - jadval shaklida ifodalangan ma’lumotlarga ishlov
berishga mo'ljallangan amaliy dasturlar majmuasi.
ELEKTRON OFIS - tashkilotlar va muassasalarda avtomatlashtirilgan ofis
faoliyatining tizimi.
ELEKTRON POCHTA - kommunikatsiya tarmoji orqali kompyuterdan
kompyuterga xabarlar uzatish. Elektron pochta o'z ichiga matnlar, 
nutq va tavsiyalardan iborat bo'lgan xabarlarni olgan ixtiyoriy 
xabarlarni foydalanuvchilar orasida uzatishni avtomatlashtirish 
uchun mo'ljallangan.
ELEKTRON PUL - hisob-kitoblarni elektron hisoblash mashinalari yordamida
bajarish uchun qo'Ilanadigan kredit pullarning eng so'nggi turi; 
kredit kartochkalariga o'xshagan pul. Elektron pul elektron 
kartochka bo'lib, uning xotirasiga pul egasining joriy hisobidagi 
pul summasi yozilgan bo'ladi. Pul to'lash uchun elektron kartochki 
EHMga kiritiladi va kartochka avtomatik ravishda to'lanishi zarur 
pul summasini o'chirib, uni pul oladiganlarning elektron hisobiga 
yozib qo'yadi.
ELEKTRON TIJORAT - do'konlarga xaridorlarni jalb qilish va qo'shimcha
savdogarlarni yollash o'rniga internetda do'kon ochish.
ELIMINATSIYA - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan
chiqarib tashlash; tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish; tovarni 
bozordan raqobatbardoshligi va talabni yoqotganligi sababli olib 
chiqish. Mahsulotni eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun 
savdo hajmi, bozordagi ulushi, hayotiylik davridagi o‘rni; firmaning 
jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa 
korsatkichlar qo'llanadi.
EMBARGO - a) davlat tomonidan biron-bir tovarni chetdan keltirish yoki chetga
chiqarishni taqiqlash; b) boshqa mamlakatning huquqini buzish 
harakatlariga javoban hukumat tomonidan boshqa mamlakat yoki 
o'z kemalarining mamlakat portidan chiqishini taqiqlash.


EMIGRATSIYA - iqtisodiy, siyosiy yoki shaxsiy sabablarga ko‘ra xorijiy
mamlakatga vaqtinchalikyoki uzoq davr ishlash uchun insonlarning 
ко‘chib o'tishi.
EMISSION BANK - qarang: Markaziy bank.
EMISSIYA - muomalaga pul va qimmatbaho qog'ozlarni chiqarish. Emissiya
huquqi markaziy hukumat ixtiyorida bo'ladi. Budjet tushumlari 
xarajatlar qoplanmagan holda ishlatiladi. Xo'jalik oboroti ehtiyojlari 
bilan bog'liq bo'lmagan pullarni chiqarish pul massasining ko'payib 
ketishiga olib keladi.
EMISSIYAVTY QIMMATLI Q O G 'O ZLAR - bitta chiqarilish doirasida bir
xil belgilar va rekvizitlarga ega bo'lgan, mazkur chiqarilish uchun 
yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada 
bo'ladigan qimmatli qog'ozlar.
EMISSIYAVIY QIMMATLI Q O G 'O ZLAR CHIQARILISHLARINING
YAGONA DAVLAT REESTRI - ro'yxatdan o'tkazilgan 
emissiyaviy qimmatli qog'ozlar chiqarilishlarining ro'yxati.
EMITENT - qimmatli qog'ozlarni muomalaga bosib chiqaruvchi yuridik va
to'lovga qobiliyatli jismoniy shaxslar.
ENERGETIK INQIROZ - davriy bo'lmagan iqtisodiy inqirozlarning turi.
Bunga misol qilib, 1973-1974 va 1979-1980-yillarda chetdan olib 
kelinadigan neft bahosining o'ta ko'tarilishi va natijada ishlab 
chiqarish xarajatlarining keskin oshishi natijasida rivojlangan 
mamlakatlarda iqtisodiy mutanosiblikning buzilishini ko'rsatish 
mumkin.
ENG KICHIK KVADRATLAR USULI - dinamik qatorlarni tekislash hamda
tasodifiy miqdorlar o'rtasida bog'lanishning korrelyatsion shaklini 
aniqlash usulidir.
ENGEL CHIZIQLARI - iste’mol qilingan tovarlar miqdorini iste’molchi
daromadining o'zgarishidan bog'hqligini ko'rsatuvchi chiziq.
ERKIN ALMASHADIGAN VALYUTA (EAV) - mamlakatning to'lov
balansini joriy operatsiyalar bo'limiga valyutaviy cheklashlar 
bo'lmasa, bu mamlakatning puli erkin almashadigan valyuta deb 
tan olinadi.
ERKIN BAHO - talab va taklif asosida shakllanadi.
ERKIN BOZOR NARXLARI - talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor
narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda 
erkin narxlar, jamiyat va bozor munosabatlariningbarcha subyektlari 
manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg'unlashtirishga imkon beradi.
ERKIN IQTISODIY ZONA (HUDUD) - mamlakat hududining xorijiy


mamlakatlar 
tomonidan 
turli 
shakllardagi 
hamkorlikdagi 
tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. 
Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, 
imtiyozli soliqlar, bojxona to'lovlari, ijara, viza olish, valyuta 
ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan 
bo'ladi. EIZ turkumigabankva sug'urta zonalari kiradi, bubilanbank 
muomalalari va sug'urta ishlari uchun imtiyoz va kapitalning kirib 
kelishiga qulay sharoit yaratiladi. ElZning maxsus turi texnologik 
zonalardir. Bunday zonalarda yangi texnika va texnologiyani yaratish 
uchun imtiyozlardan xorijiy, shuningdek, milliy korxonalar va har 
xil tashkilotlar ham foydalanadi. Kompleks xarakterdagi alohida 
iqtisodiy zonalarda savdo-sanoat texnologiyasi ishlari uchun 
qulayliklar barpo etiladi. Bunday zonalar alohida, hamma uchun 
ochiq hududlar deb ataladi.
ERKIN NARXLAR - talab bilan taklif nisbatiga bog'liq bo'Igan narxlar.
ERKIN SAVDO HUDUDI - doirasida qatnashchi mamlakatlar o'zaro savdo
to'siqlarini bekor qiladi, lekin ularning har ikkalasi uchinchi 
mamlakatga nisbatan savdo to'siqlarini buzmaydi.
ERKIN SAVDO HUDUDLARI - preferensial hudud hisoblanib, uning
doirasida bojxona va miqdoriy cheklashlardan xoli savdo tartibiga 
rioya qilinadi. Unga kiritilgan tovarlar boj to'lovidan ozod etiladi. 
Hozir jahonda 500 dan ortiq erkin savdo zonalari mavjud.
ERKINLASHTIRISH - xo'jalik yurituvchi subyektlarning erkinligi va iqtisodiy
mustaqilligi, iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining 
samarali amal qilishini taminlashga qaratilgan jarayon; davlat 
tomonidan belgilangan chora-tadbirlar tizimi; iqtisodiy siyosat 
yo'nalishlaridan biri.
ERKINLIK DARAJALAR SONI - to'plam ko'rsatkichlarini topishda
qatnashadigan hech qanday bog'lovchi shartlarga ega bo'lmagan 
erkin miqdorlar soni.
ETIKA (AXLOQ) - ijtimoiy hayot jarayonida ro'yobga chiqariladigan universal
va o'ziga xos axloqiy talabalar va xulq-atvor normalari tizimidir.
EVOLYUTSIYA (lot. kengayib borish) - tabiat va jamiyat harakat shakllaridan
biri. Evolutsiya tadrijiy harakat shakli bo'lib, bunda harakat uzluksiz 
ravishda davom etib, sifat o'zgarishlarga olib keladi.
EVRISTIK METODLAR - insonning intuzitiv qobiliyatiga asoslanadigan aqliy
faoliyat tashkillashtirish vositalarida namoyon bo'ladi. Intuitsiya 
insonlarga omadli ravishda muammoni yechish imkonini beradi. 
Bulardan biri innovatsiyalashgan o'yinlar metodidir.
EVRISTIKA - ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko'rsatmalari.


FAB RIKA - mashina, texnika turlari va texnologiyani qo'llashga asoslangan
holda ish yurituvchi sanoat korxonasi; yirik mashinalashgan ishlab 
chiqarish turi.
FAKTLAR BO'YICH A NAZORAT USULLARI - ro yxatga olish, ekspertiza,
ko'z bilan kuzatish, nazorat o‘lchovi, nazorat tariqasida ishga 
tushirish, vaqtni aniq o'lchash, ish kuni taqsimlanishini o ‘rganish, 
laboratoriya tahlili.
FAKTORING - 1. Hisob-kitoblarni tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turi
bo‘ lib, mijozning kapitalini kreditlash bilan shug'ullanadi. 2. Moliya- 
tijorat xizmatining turi bo'lib, bunda bank yoki boshqa moliya 
tashkilotlari xarid qiluvchi korxona qarzlari va majburiyatlarni o'z 
ichiga oladi.
FAKTORLIMODELLAR - turli xil faktorlar ta’siri natijasida ko'rinadi. Bunday
modellar ehtiyojlarni bashoratlash uchun ishlatilishi mumkin.
FAKTURA - mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalari va iste’molchilar uchun
sotishga tayyorlangan hujjat. Bu hujjatda mahsulotlarning nomlari, 
hajmi va narxlari ko'rsatilgan bo'ladi.
FAKULTATIV OBLIGATOR SHARTNOMASI - sedent qayta sug'urtalovchi
bilan kelishgan toifadagi har qanday sug'urta riskini berishi, qayta 
sug'urtalovchi esa ularni qabul qilishi shart ekanligi haqidagi qayta 
sug'urtalash shartnomasi.
FAKULTATIV QAYTA SUG'URTALASH - proporsional qayta sug'urtalash
shartnomasining turi. Fakultativ qayta sug'urtalashda har bir 
berilayotgan riskbo'yicha alohida shartnoma tuziladi. Sedent har bir 
risk bo'yicha qayta sug'urtalash zarur yoki zarur emaslik masalasini 
mustaqil ко'rib chiqadi. O'z navbatida, qayta sug'urtalovchi ham 
sedentning taklifini qabul qilishi yoki qabul qilmasligi ham mumkin.
FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI - fan, texnika, texnologiyalar rivojlanishi,
mehnat predmetlari, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning 
uzluksiz rivojlanish jarayoni.
FAOL BANK OPERATSIYALARI - bank resurslarini joylashtirish va
foydalanish bilan bog'liqdir. Bunga kundalik operatsiyalar, veksellar, 
tovarlar, fondlar bilan ishlash kiradi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish 
jarayoni bilan yangi operatsiyalar konsalting, lizing, faktoring, trat, 
injiniring xizmatlarini o'z ichiga oladi. Hozirgi davrda eng faol bank
’« T O S M K K 1 2 V
---


operatsiyalariga veksellarni hisobga olish, ulami veksel egalaridan 
sotib olish va belgilangan vaqtda ularning to'liq qiymatini to'lash 
kiradi. O'zbekistonda faol operatsiyalar O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-iyundagi 204-sonli “Xalq 
xo'jaligida veksellarni qo'llash to'g'risida’ gi qaroriga asosan 
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, banklar operatsiyasiga ssuda 
berish, asosan, qimmatbaho qog'ozlar orqali amalga oshiriladi va 
fond operatsiyalari deb yuritiladi. Banklar mol-mulklarni garovga 
olish yo'li bilan ham ssuda beradi. Bunga mahsulotga (tovarga) 
asoslangan operatsiyalar deb yuritiladi. Banklar o'zlarining doimiy 
mijozlariga olgan qarzlarini o'z vaqtida qaytarishiga shak-shubhasiz, 
hech qanday garovsiz ssudalar beradilar. Bular hujjatli operatsiyalar 
deyiladi.
FAOL BO ZO R - oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) bo'lgan va har qanday
vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va 
xaridorlarni topish mumkin bo'lgan, shuningdek, narxlar haqidagi 
ma’Iumotlar oshkor (hammabop) bo'lgan bozor.
FAOLIYAT TIZIMLI XARITASI - korxona strategiyasini hayotga tatbiq
etishga yo'naltirilgan va bitta tizimga yig'ilgan har xil faoliyat 
sxemasidir.
FAOLIYATNING NATIJASI 
- xaraj atlar-daromadlar nomli 
iqtisodiy
ко rsatkichni o'lchash natijasida olinadigan samara ko'rsatkichi.
FAVQULODDA FOYDA VA ZARARLAR - korxonaning xo'jalik faoliyatida
nihoyatda kam sodir bo'ladigan, uning uchun odat bo'lmagan va 
korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog'liq 
bo'lmagan voqealardan olinadigan daromad va xarajatlardir. U 
yoki bu moddaning favqulodda daromad va xarajat tarzida aks 
ettirilishi uchun quyidagi uchta talablarga javob berishi kerak: o'z 
xarakteri bo'yicha odatdagidek bo'lmasli (korxonaning odatdagi 
xo'jalik faoliyatiga tegishli emas); bir necha yillar davomida 
takrorlanmaydigan; korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan 
qabul qilinadigan qarorlarga bog'liq bo'lmagan holatlardan tashkil 
topadi.
FAVQULODDAGI DAROMADLAR - deganda yuz berish xarakteriga ega
bo'lmagan, kutilmagan tasodifva hodisalardan olingan daromadlar 
tushuniladi. Bularga davlat qonunlarining o'zgarishi, tabiiy ofatlar, 
revolyutsion o'zgarishlar natijasida vujudga kelgan daromadlar 
kiradi.
FAZILAT - ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir.
**W5SM*K2*4TK»*-“ —
128 
------


FEDERAL ZAXIRA TIZIM I - AQSH davlat bank-kredit tizimi. Davlat
tomonidan Markaziy Bankning bank krediti uchun hisobli foiz 
stavkalarini o rnatish bilan pul-kredit munosabatlarini tartibga 
solish tijorat banklarida boshqa mablag‘larning majburiy rezerv 
miqdorini belgilash uchun mo'ljallangan. 1913-yilda tashkil etilgan 
bo'lib, u 12 federal zaxira banklari yig'indisidan iborat.
FEDERATIV DAVLAT - yagona (federal) qonunlar va hokimiyat organlari
bilan bir qatorda ikkinchi darajali bo'Isa-da, o'zlarining qonunlari 
va hokimiyat organlariga ega bo'Igan boshqa davlat tuzilmalari -
respublikalar, shtatlar, provinsiyalar, viloyatlar, hududlar mavjud 
bo'Igan davlat.
FERMA - qishloq xo'jaligi tashkilotining bir bo'limi yoki alohida xo'jalik.
Chorvachilik, parrandachilik va shu kabi sohalar bilan shug'ullanadi.
FERMER - jamoa yoki davlat xo'jaliklarining bir bo'limida ish olib boruvchi
shaxs; xususiy xo'jalik faoliyati yurituvchi shaxs.
FERMER XO'JALIGI - o'ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan
foydalangan holda qishlo q xo' j aligi mahsulo tlarini ishlab chiqarishni 
amalga oshiruvchi fermer xo'jaligi a’zolarining birgalikdagi 
faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo'jalik 
yurituvchi subyekt. Fermer xo'jaligi erkin tadbirkorlikning bir 
ko'rinishi bo'lib, daromad olish maqsadida tuziladi. Xususiy yoki 
ijaraga olingan yerda olib boriladigan sohibkorlik tipidagi xo'jalik. 
Kapitalistik fermerchilikda yollanma mehnatni jalb etish, oilaviy 
shakli esa aksariyat xo'jalik egasining (fermer va uning oilasi) kuchi 
bilan olib boriladi. Dastlab Angliyada XVII asrda vujudga keldi. 
Hozir deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Fiziokratlar qo'llab- 
quwatlagan xo'jalik turi. Erkin savdo, xususiy mulk va mavjud 
tuzum tabiiy deb baholanadi.
FIFO (ingl. first in first out - ya m birinchi kirim birinchi chiqim) - sarf qilingan
materiallar qiymatini hisobdan chiqarishning usullaridan biri bo'lib, 
kamayib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt va birinchi sotib 
olingan materiallar qiymati bo'yicha hisob olib borishni bildiradi.
FIKRAN TOVAR - biror tovar qondiradigan ehtiyoj, uning yordamida hal
qilinadigan muammo.
FIKTIV KAPITAL - barcha o'ziga xos fimksional shakllarga ega sanoat kapitali
sifatidagi real kapitalning qog'ozdagi timsolidir. Fiktiv kapitalning 
bahosi ikki holatda aniqlanadi: a) kapitalgabo'lgantalabningtaklifga 
nisbati orqali; b) qimmatli qog'oz bo'yicha kapitallashgan daromad 
miqdoriga qarab. U kapitalga bo'Igan talabning taklifga nisbatan


oshishi va qimmatli qog'ozdan keladigan daromad miqdoriga to‘g‘ri 
proporsional, kapital taklifining talabdan oshishi va mamlakatdagi 
bank foizi me’yor darajasiga teskari proporsionaldir. Shuning uchun 
soxta kapital narxi qiymatli bozor kategoriyasi hisoblanib, uning 
bahosi tez o'zgaruvchan (tebranma) bo'ladi.
FILIPS EGRI CHIZIG‘1 - ishsizlik darajasi va narxlarning yillik o'sish sur’atlari
o'rtasidagi bog'liqlikni aks ettiruvchi egri chiziq. Bu ikki ko'rsatkich 
o'rtasidagibog'liqlikingliz iqtisodchisi A.V. Filips tomonidan Buyuk 
Britaniyaning 1862-1957-yillardagi ma’lumotlari asosida tadqiq 
etilgan. Unda inflyatsiyaning sur ati past bo' Isa, ishsizlikning daraj asi 
yuqori bo'ladi va aksincha. Muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichlar 
o'rtasida barqaror va oldindan ko'rish mumkin bo'lgan bog'liqlikni 
o'rnatish, milliy iqtisodni tartibga solish va istiqbolini belgilash 
imkonini beradi.
FIRMA (inglizcha - firm, firms trade name) - so'zlaridan olingan bo'lib, tijorat
maqsadlarini ko'zlovchi korxona, kompaniya va boshqa xo'jalik 
tashkiloti degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiy va yuridik erkinlikka 
ega xo'jalik yurituvchi subyekt. Firma to'la xo'jalik hisobida ishlaydi 
va o'zining nomiga ega. Firma faoliyati barcha turdagi mulkka egalik 
shakllari, ya ni xususiy, shirkat, davlat jamoat tashkilotlari, milliy va 
xorijiy yuridik shaxslar mulki asosida amalga oshiriladi.
FIRMA KREDITI - eksportyor mamlakatning bir firmasi boshqa mamlakatning
importyoriga to'lovni kechiktirish shaklidagi ssuda berishiga 
tushuniladi.
FIRMA SHOXOBCHASI - yirik firmaning tarkibiy qismi bo'lib, turli joylarda
ish yuritadi. Mazkur korxona mustaqil bo'lmaydi, bosh firmaning 
bir qismi hisoblanadi.
FIRMA USTAVI - firmani barpo etish maqsadida va uning jamoatchilik bilan
o'zaro munosabatlarini aniqlovchi hujjat.
FIRMANING BOZORDAGI STRATEGIK HARAKATI - bunda firma
o'zining harakatini raqobatlashuvchi firmaning harakatiga ko'ra 
ishlab chiqadi.
FIRMANING MARKETING IMKONIYATI - marketing harakatlarining
jozibador yo'nalishi bo'lib, bunda aniq bir firma raqobatda 
ustunlikka erisha oladi.
FIRMANING MARKETING MUHITI - faol subyekt va kuchlarning
yig'indisi, firmaning tashqi faoliyati bilan shug'ullanuvchi va 
marketing xizmatini boshqarish imkoniyatiga ta sir etish va maqsadli 
mijozlar bilan muvaffaqiyatli aloqani tutib turish.
130 



FIRMANING STRATEGIYASI - korxonaning uzoq muddatli asosiy maqsad
va vazifalarini shakllantirish, xarajatlar izchilligini ta’minlash va bu 
maqsadlarga erishishi uchun zarur bo'lgan resurslarni taqsimlash.
FISHER INDEKSI - Layp eyres va Pashe indekslari asosida tortilgan o‘rtacha
geometrik sifatida hisoblanadigan indeks. U YalM xalqaro miqyosda 
solishtirishda keng qo'llaniladi.
FISHER SAMARASI - inflyatsiyaning qarzlar yoki obligatsiyalar bo'yicha foiz
stavkasiga ta’sirini hisobga olishni bildiruvchi tushuncha.
FISKAL MOLIYA-BUDJET SIYOSATI - hukumat tomonidan davlat xarajatlari
va soliqqa solish tartibiga kiritadigan o'zgartirishlar. Bundan maqsad 
to'la bandlik, to'la ishlab chiqarish hajmiga erishish. Davlatning 
fiskal siyosati soliqlarni undirish va budjet mablag‘laridan 
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash va ijtimoiy masalalarni hal 
etish maqsadida hukumat imkoniyatlaridan foydalanishni nazarda 
tutadi. Fiskal siyosatning asosiy dastagi soliq stavkasini ishlab 
chiqarish maqsadiga muvofiq o'zgartirishdir.
FISKAL SIYOSAT - davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo'yicha chora-tadbirlar
ko'rish orqali mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni 
yechishga qaratilgan siyosatdir. Fiskal siyosatning eng asosiy 
vazifasi - iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat 
pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdir.
“FITCH REYTINGS”, “MUDIS”, “STANDART END PURS” XALQARO
REYTING KOMPANIYASI - faoliyati banklar, moliyaviy 
institutlar, investitsiya va aksionerlik kompaniyalarining kredit 
layoqatini o'z vaqtida va aniq baholashga yo'naltirilgan xalqaro 
reyting agentliklari.
FIZIOKRATLAR - yunoncha “tabiat” va “hokimiyat” so'zlaridan tashkil topgan
bo'lib, XVIII asr Fransiya klassik burjua siyosiy iqtisodining 
namoyandalari. F. Kene ushbu maktab asoschisi hisoblanadi. 
(Fiziokratiya - tabiat hukmronligi). Fiziokratlar ishlab chiqarishni 
haqli ravishda ijtimoiy boylikning manbayi deb hisoblaganlar, 
ammo qishloq xo'jaligi tarmog'i bilan cheklanib qolganlar. Ular 
qishloq xo'jaligidagina sof mahsulot, foyda vujudga keladi, shuning 
uchun ushbu tarmoqda sarf etilgan mehnatni unumli, ishlab 
chiqarishning boshqa tarmoqlarida qishloq xo'jaligida hosil etilgan 
boylik qayta ishlanganligi uchun yerdagi mehnatni unumsiz mehnat 
deb hisoblaganlar. Vaqt o'tishi bilan fiziokratlarning qarashlari bir 
yoqlama ekanligi ayon bo'ldi. Ular boylikning o'sishini yerning 
tabiiy hosildorligi bilan bog'lab, buning asosida sanoatni tarmoq deb
■ 
111 



hisoblamaganlar. Ammo tabiat o'z yo'lida kapital, mehnatni ishga 
solmay turib jamiyatni boy qila ololmaydi. Biroq shunga qaramasdan 
fiziokratlar ishlab chiqarishni yaxlit holda tadqiq qilishga asos 
soldilar, ular cheklanmagan holda xususiy mulk hukmronligi, erkin 
raqobat va tashqi savdo erkinligi tarafdori bo'lganlar. Ular birinchi 
marta kapitalni yillik avanslar ko'rinishida tadqiq qilishga asos 
soldilar, takror ishlab chiqarish qonunlari va ijtimoiy mahsulotning 
taqsimlanishini tadqiq etishga harakat qildilar.
FOIZ - ma’lum bir davrga pulning qarz (kredit)ga berilgani uchun olinadigan
daromad turi. Pul maxsus tovar bo'lgani uchun foiz uning narxi 
sifatida maydonga chiqadi. Masalan, 1 mln som kredit bir yilga 
10% ga berilmoqda. Unda foiz 100 ming so'mni, yoki 10% ni 
tashkil etadi. Foiz davlat iqtisodiyotini tartibga solishda muhim 
vosita hisoblanadi. Uning darajasini pasaytirish iqtisodiy faollikni 
oshiradi, ko'tarish esa pasaytiradi.
FOIZ STAVKASI - kredit yoki qarz kapitali evaziga to'lovning foiz ko'rsatkichi.
Odatda, qarzga olingan pul belgisining bir-birligiga to'g'ri keladigan 
yillik to'lovni aks ettiradi.
FOIZ STAVKASININ G REAL DARAJASI 
-
inflyatsiya 
darajasiga
to'g'rilangan pulda ifodalangan foiz stavkasini inflyatsiya darajasiga 
muvofiqlashtirish. Masalan, qarz beruvchi (kreditor) bergan puli 
miqdoriga 5% stavkasini belgilashi mumkin, ammo kutilayotgan 
inflyatsiya darajasi yiliga 10% ga teng bo'lsa, unda foiz stavkasining 
real darajasi 15% ni tashkil etadi.
FOIZ TO'LOVLARI - bir institutsion birlik ikkinchi institutsion birlikka o'z
mablag'larini vaqtinchalik qarzga berganda yuzaga keladi. Odatda, 
bu qarzlar tijorat kreditlari, qisqa, o'rta va uzoq muddatli kreditlar, 
moliyaviy lizing operatsiyalari ko'rinishida bo'ladi.
FOIZ XAVF-XATARI - foiz stavkalarining darajasi va harakatining o'zgarishi
natijasida zarar ko'rish xavfidir.
FOIZLAR KO'RINISHIDAGI DAROMADLAR - deganda boshqa yuridik
shaxslarga berilgan qarzlar va kreditlar uchun hisoblangan foizlar 
tushuniladi.
FOND - korxonalar o'zaro harakatining yangi shakli, xo'jalik uyushmasining
o'ziga xos turi. Moliya instituti sifatida vujudga kelib, fondlar u yoki 
buxo'jalikloyihalarini moliyalashtirish bilan chegaralanib qolmaydi 
va uning tashkilotchisi sifatida maydonga chiqadi. Fondlar tasis 
etuvchilarning mo'ljallangan dasturlarini tashkil etish va boshqarish 
maqsadini ko'zlaydi.

132 —



FOND BILAN QUROLLANISH DARAJASI - ishlab chiqarish fondlarining
umumiy qiymatini ishlab chiqarishda band bo'lgan o'rtacha 
ishchilarning umumiy soniga bo'lgan nisbatida ifodalanadi. Jonli 
mehnatning ishlab chiqarish fondlari bilan qurollanish darajasi 
mehnat unumdorligini oshirishning asosiy manbayi hisoblanadi.
FOND BILAN TA’MINLANISH - ishlab chiqarish tarmoqlari va korxonalarni
ishlab chiqarish birliklarini ishlab chiqarish fondlari bilan 
ta’minlanish darajasini bildiradi. U ishlab chiqarilgan umumiy 
mahsulot qiymatining bir so'miga qancha so'mlik ishlab chiqarish 
fondi to'g'ri kelishi bilan ifodalanadi.
FOND BIRJASI - bozor iqtisodiyoti va kapital bozorining muhim elementi.
Fond birjasida bozor bahosi asosida qimmatbaho qog'ozlar, ya’ni 
hissadorlik kompaniyalari aksiyalari va obligatsiyalari, shuningdek, 
davlat zayomlarining obligatsiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi: 
dividend va foizlar miqdori, talab va taklif o'rtasidagi nisbat ssuda 
foizi va darajasiga qarab qimmatli qog'ozlar kursi (bozor narxi) 
belgilanadi. FB ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
vaqtincha bo sh mablag'Iarga qimmatbaho qog'ozlar sotib olib, 
ularni muomalaga kiritish, qimmatbaho qog'ozlarningbozor narxini 
aniqlash; turli tarmoqlar, korxonalar o'rtasidagi kapital aylanishini 
ta’minlash va boshqalar. Qimmatli qog'ozlar kursi harakatining 
umumiy ko'rsatkichi bu Dau-Djons indeksi hisoblanadi. U Nyu- 
York fond birjasidagi qimmatli qog'ozlar kursini o'zida aks ettiradi. 
O'zbekistonda 1994-yildan fond birjasi faoliyat ko'rsatmoqda.
FOND BOZORI - qimmatli qog'ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-
sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan 
bozor.
FOND OPERATSIYALARI - banklar tomonidan qimmatli qog'ozlarni xarid
qilish va sotish, qimmatli qog'ozlarni garovga olib ssuda berish.
FOND QAYTIMI - asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so'miga to'g'ri
keluvchi mahsulot miqdori.
FOND SAMARADORLIGI - ishlab chiqarish fondlaridan iqtisodiy foydalanish
samaradorligini ifodalaydi. Fond samaradorligi, odatda, ishlab 
chiqarishda band bo'lgan ishlab chiqarish fondlarining bir so'miga 
natural ko'rinishda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmida (masalan, 
kg) yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy qiymatini so'mda 
asosiy ishlab chiqarish fondlarining umumiy qiymatiga bo'lgan 
nisbati bilan belgilanadi.


FOND SIG'IMI - fond qaytimiga teskari bo'lgan nisbat. Asosiy ishlab chiqarish
fondlari o'rtacha qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga 
nisbati sifatida hisoblanadi.
FONDLAR BILAN TA’MINLANGANLIK - asosiy ishlab chiqarish fondlari
bilan ta’minlanganlik ko'rsatkichi (asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining korxonaning har bir xodimi yoki ishchisiga to'g'ri 
keluvchi hajmi).
FONDLAR AYLANISHI - moddiy ashyoviy omillar qiymatining ishlab chiqarish
va muomala sohalari orqali harakat jarayonidir.
FORFEYTING - mol (tovarlar) yetkazib berish va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha
talablar qo'yish huquqini olish, ushbu talabga doir operatsiyalarni 
bajarish va uning inkasso qilish xatarini qabul qilishdir.
FOROBIY ABU NASR IBN MUHAMMAD (870-950) - qomusiy olim.
Arastuning izdoshi (Arastudan keyin ikkinchi muallim nomini 
olgan), xayoliy sotsializm asoschilaridan. 160 dan ortiq asaryozgan. 
Donishmand (ayni vaqtda diniy jamoa boshlig'i bo'lgan), hukmdor, 
tasarruf etuvchi, “saxovatli yurt” haqidagi ta’limotni rivojlantirdi 
(fozil davlat tarafdori).
FORS-MAJOR - yong'in, tabiiy ofat, urush, qamal kabi kutilmagan sharoitlarda
tomonlardan qaysi bo'lsa ham o'z majburiyatlarini qisman yoki 
to'liq bajara olmay qolgan vaziyat. Ikki tomon ham bu haqda 
oldindan kelishib oladi.
FORVARD - bitim imzolangandan ikki kun davr uchun keyingi valyuta yoki
boshqa bitim bo'yicha hisob-kitoblar.
FORVARD BITIMI - kelgusi bitimda belgilangan oldindan kelishilgan narx
bo'yicha ma’lum miqdordagi ba’zi asosiy aktivlarni sotish, boshqa 
tomon esa sotib olish majburiyatiga muvofiq tuzilgan kelishuvlardir.
FORVARD KURS - asosiy qarz summasining ma’lum bir o'zgarmas qismiga
nisbatan belgilangan vaqtda to'lanadigan foiz stavkasining hajmi 
tog'risidagi kelishuv bo'lib, u o'sha kundagi foiz stavkasidan past 
yoki yuqori bo'lishi mumkin.
FORVARD OPERATSIYALARI - belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan
oshiq bo'lgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga 
aytiladi. Amaliyotda forvard bitimlarini amalga oshirishning 
standart muddatlari uchraydi. Standart muddatlarga 1; 3; 
6)
9; va 
12 oylarni kiritish mumkin.
FOYDA - l ) biror kimsa yoki narsa uchun bo'ladigan naf, manfaat; 2)
daromadning xarajatga nisbatan farqidan tashkil topgan summa,


mablag', daromad; 3) qarzga berilgan puldan foydalanilganligi 
uchun qarzdordan qarz beruvchi (kreditor) oladigan qo'shimcha 
pul, haq. Balansdagi foyda korxonaning mahsulot (xizmat)larini, 
ortiqcha asosiy fondlar va boshqa mulklami sotishdan olinadi. 
Sotishdan tashqari operatsiyalardan olingan daromadlar (zarardan 
tashqari) ham shu ko'rsatkich tarkibiga qo'shiladi.
FOYDA INDEKSI - pul mablag'lari joriy kirimining investitsiya hajmiga nisbati
bo'yicha investitsiya loyihasining jalb qilinishini tavsiflovchi nisbiy 
ko'rsatkich.
FOYDA NORMASI - ishlab chiqarilgan qiymat ko'rinishidagi foyda
massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo'lgan nisbatining foizda 
ifodalanishiga aytiladi.
FOYDA SOLIG'I - xo'jalik yurituvchi subyektlarning foydasidan olinib,
budjetning muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to'g'ri 
(bevosita) soliqdir. Uning summasi soliq to'lovchi korxonaning 
yakuniy moliyaviy natijalariga bog'liq bo'ladi. Moliya yilida soliq 
solinadigan foydaga ega bo'lgan yuridik shaxslar foyda solig'ini 
to'lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda bilan ma’lum chegirmalar 
o'rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliqqa tortish obyektidir. 
Foyda solig'i barcha soliqlar to'Iangandan so'ng korxona ixtiyoriga 
qolgan foyda hisobidan to'lanadi.
FOYDA VA ARALASH DAROMAD - yalpi qo'shilgan qiymatning bir qismi
bo'lib, u ishlab chiqaruvchilar ixtiyorida ish haqi, ishlab chiqarish va 
import solig'ini to'Iagandan so'ng qoladi. Bu modda mulkdan olgan 
daromadni hisobga olmagan holda ishlab chiqarishdan olingan 
foyda yoki zarar summasini ifodalaydi. Bu uy xo' jaliklariga qarashli 
nokorporativkorxonalarda bu mulk egasi va tadbirkor daromadidan 
ajratib bo'lmaydigan mehnat uchun to'lovlar elementini ham o'z 
ichiga oladi. Shuning uchun u aralash daromad ham deyiladi.
FOYDADAGI ULUSHLAR - institutsion birlik ta’sischilarining korxona sof
foydasidagi ulushi. Odatda, bu ulush miqdori shartnomaga asosan 
ajratiladi.
FOYDALANISH (ISHLATISH) - mulk bo'lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda
qo'llab, xo'jalik jarayoniga kiritib, undan natija olish.
FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI - sistema (qurilma, mashina)ning
energiyani o'zgartirish yoki uzatish effektivligi xarakteristikasi. 
Foydali ishga sarflangan energiyaning sistema olgan umumiy 
energiya miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.


FOYDALI MODEL - bu moslamaga taalluqli texnik yechim. Ishlab chiqarish
vositalarining konstruktiv bajarilishi va iste’mol qilish predmetlari 
hamda ularning tarkibiy qismi foydali modellarga kiradi.
FOYDALI XIZMAT MUDDATI - korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri
yokikorxonaushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo'ljallayotgan 
mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori.
FOYDALILIK-RISK - bank xodimi o'zini ortiqcha risklardan saqlagan holda
foyda me’yorini cheklashidir.
FRANCHAYZ (frans. franchise - imtiyoz, erkinlik) - ma’lum shakllar,
texnologiyalar yoki tashqi ko'rinishdan juda yaxshi foydalanishga 
bo'lgan huquq. Franchayzlar, odatda, davlat mulkidan foydalanish 
yoki kommunal xizmatlar ko'rsatish huquqini olish uchun hukumat 
organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan 
foydalanish huquqini olish uchun xo'jalik subyektlari tomonidan 
beriladi. Franchayz haqidagi har bir shartnoma u amal qiladigan 
davrdagi muddatni, shuningdek, franchayz (foydalanish huquqidagi 
imtiyozlar beruvchi subyekt) va franchayzlar (mazkur imtiyozni 
oluvchi subyektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
FRANCHAYZER - faoliyat ko‘rsatuvchi kichik firma yoki tadbirkorni o ‘z
tovarlari, reklama xizmati, texnologiyalari bilan ta’min etish 
vazifasini zimmasiga olgan yirik kompaniya.
FRANCHAYZI - yirik kompaniyaga o'zining mahalliy shart-sharoitlar hisobga
olingan menejerlik va marketing xizmatini taqdim etgan kichik 
firma.
FRANCHAYZING - chet ellik sheriklar bilan birgalikda ish olib borish usuli;
shartnoma asosida texnologiya egasi bo'lgan firmaning tijorat yoki 
sanoat bo'limlarini sotish bilan birga mahsulotni ishlab chiqarish 
va uni chet ellik hamkorlar bozorida sotishda bevosita ishtirok 
etishdan iborat. Bu quyidagicha namoyon bo'lishi mumkin: bosh 
kompaniya kichik korxonaga o'zining savdo belgisidan foydalanib, 
muayyan turdagi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish huquqini 
beradi. Buning uchun unchalik katta haq olinmaydi, biroq asosiy 
firma imijiga putur yetkazmaslik sharti asos qilib olinadi.
FRANKO - savdo bitimlarida qo'llaniladi va mahsulotni yetib borish manziliga
(franko-vagon, franko sklad) yetkazishni bildiradi. Franko 
qo'shimchasi ma’nosi sotuvchining sotilgan tovarni belgilangan 
manzilga o'z mablag'i hisobidan yetkazib berishini ifodalaydi.
FRANKO-JOYNING TURLARI - mol yetkazib beruvchi bilan xaridor o'rtasida
tuzilayotgan shartnoma vaqtida franko-joy to'g'risida to'xtalib


o'tiladi. Bunda mahsulotni ortib-jo'natish bilan bog'liq xarajatlarni 
mol yetkazib beruvchi o‘z zimmasiga oladi. Franko-joyning 
quyidagi turlari mavjud: franko-ombor mol yetkazib beruvchi, 
franko-stansiya jo'natish, belgilangan stansiyagacha franko-vagon, 
belgilangan stansiyagacha franko, franko-ombor xaridor.
FRANKO-OMBOR MOL YETKAZIB BERUVCHI - bunda mahsulot ortib-
jo'natish bilan bog'liq barcha xarajatlarni mol yetkazib beruvchi 
korxona to'lov talabnomasiga qoshadi (ombordagi ortib-tushirish 
ishlari qiymati, temiryo‘ 1 tarifi va yetkazib berish hujjatlari).
FRANKO-OMBOR XARIDOR - bunda mol yetkazib beruvchi ko'rsatilgan
xarajatlardan tashqari xaridorning stansiyadagi ortib-tushirish 
ishlari, uning ombordagi va omboriga yetkazib berish ishlari 
bo'yicha xarajatlarni to'laydi (qoplaydi).
FRANKO-SHART - asosan, ishlab chiqaruvchi yoki mahsulotlarni sotib oluvchi
o'rtasidagi bitim bo'lib, bunga asosan ishlab chiqaruvchi yoki sotib 
oluvchi yukni ortish, tashish xarajatlari sotuvchi yoki sotib oluvchi 
zimmasiga yuklanishi ifodalanadi. Bu xarajatlar mahsulot bahosiga 
qo'shilishi yoki qo'shilmasligi ham belgilanadi.
FRANKO - STANSIYAJO ‘NATISH -b u shunday narxki, u mol yetkazib beruvchi
to'lov-talabnomasining summasi, temiryo‘ 1 tarifi va mahsulotni 
vagonga ortish xarajatlari yig'indisidan iborat.
FRANKO -VAG ON - ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchiningmahsulotni vagonlarga,
yuklashni o ‘z zimmasiga olganligini ifodalaydi.
FRAXT - dengizyoki havo yo'llari orqali yukni tashishda to‘lanadigan haq. Ushbu
haq tarif yoki yukni tashish to‘g‘risidagi shartnoma bo'yicha o'zaro 
kelishilgan narx asosida to'lanadi. Dengiz sug'urtasida yuklarni 
tashishda fraxt polisi yoziladi va fraxt qiluvchiga beriladi.
FRAXT BOZORI - xalqaro miqyosda yuk tashish yoki foydalanish uchun
kemalarni yollash; transport (kema) xizmatiningoldi-sotdiqilinishi, 
jahon tovar bozorining bir turi. Fraxt bozori moddiy shakldagi 
tovar emas, balki xizmatlashgan tovar bo'lmish transport xizmati 
bozoridir.
FRIKSION ISHSIZLIK - bir ishdan boshqa bir ishga o'tish bilan bog'liq
bo'lgan vaqtinchalik ishsizlik.
FRITREYDERLIK - ingl. erkin savdo siyosati, proteksionizmga zid. Bu siyosatni
bozor munosabatlariga o'tgan davlatlar tashqi savdoda qo'llaydilar.
FRONTING - qabul qilib olingan riskni tegishli komissiya haqi evaziga to‘ laligicha
boshqa sug'urta yoki qayta qayta sug'urtalovchi kompaniyalarga 
berish.
137


FRONTLASHTIRUVCHI KOMPANIYA - boshqa sug'urta kompaniya­
sining iltimosiga ko'ra, o'z nomidan sug'urta polisi beruvchi 
sug'urta kompaniyasi. Frontlashtiruvchi sug'urta kompaniyasi 
qabul qilib olingan riskni yuz foiz miqdorida iltimos qilgan sug'urta 
kompaniyasi hisobiga o'tkazadi va buning uchun undan komission 
haq oladi. HozirgipaytdaO'zbekistonda bir nechta frontlashtiruvchi 
kompaniyalar faoliyat ko'rsatmoqda. Masalan, “Anglo-Tashkent”, 
“UzAIG” sug'urta kompaniyalari.
FUNDAMENTAL TAHLIL - tovar ichki xususiyatlarini o'rganishga asoslangan
moliyaviy tahlil usuli.
FUNKSIONAL BOG'LANISH - bu shunday to'liq bog'lanishki, unda bir
belgi yoki belgilar o'zgarish qiymatiga har doim natijaning ma’lum 
me’yorda o'zgarishi mos keladi.
FUNKSIONAL JIHATDAN INSON RESURSLARINI BOSHQARISH -
kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog'liq bo'lgan barcha vazifa va 
qarorlar (masalan, kadrlarni tanlash, malakasini oshirish, ulardan 
foydalanish va hokazolar)dan iborat.
FUNKSIONAL LOYIHA - firmaning har xil funksional bo'limlari ishchilari
guruhiga asoslangan loyihani amalga oshirishga yo'naltirilgan 
tashkiliy tizim hisoblanadi. Bunday guruh vakillari o'z funksional 
bo'limlari ishchilari bo'lib qolaveradi va odatda, bevosita loyiha 
ustida ishlash uchun o'zining butun ish vaqtini bag'ishlamaydi.
FUNKSIONAL MOLIYALASHTIRISH - budjet siyosatini ishlab chiqish
konsepsiyasi. Uning asosida budjet emas, balki iqtisodiyot 
muvozanatlashtirilishi 
zarur, 
degan 
qoida yotadi. 
Bunda 
makroiqtisodiy barqarorlik davrida budjet ijobiy saldoga ega 
bo'lishi zarur degan fikr ilgari suriladi. Zero, iqtisodiy o'sish 
sharoitida budjetga soliqlar tushumi avtomatik ravishda ko'payadi, 
makroiqtisodiy barqarorlik esabuni rag'batlantiradi. Demak, budjet 
kamomadi avtomatik ravishda o'z-o'zidan yo'q bo'ladi. Undan 
tashqari, davlatning soliqlarni belgilash huquqi va pullarni vujudga 
keltira olish sharoitida uning budjet kamomadini moliyalashtirish 
imkoniyatlari amaliy jihatdan cheksizdir.
FUQAROLAR IQTISODIY ERKINLIGI - fuqarolarning o'z ixtiyoriga ko'ra
iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish erkinligi. Fuqarolar iqtisodiy 
erkinligining asosi ularning mulk egasi bo'lishidir. Mulksiz fuqaro 
erkin emas, u qaram, mustaqil faoliyat yurita olmaydi. Iqtisodiy 
erkinlik fuqarolar ish kuchi va ishlab chiqarish vositalarining egasi 
bo'lishi hamda o'z mehnati mahsulini o'zi o'zlashtirishini taqozo 
etadi. Bunday sharoitda esa fuqarolar o'z qobiliyatiga yarasha


mehnat faoliyatini tanlashda, daromadlarini ishlatishda, xohlagan 
tovami iste’mol qilishda mustaqil bo'ladilar. Fuqaro 
o ‘z
iqtisodiy 
erkinligini ta’minlashi uchun nafaqat mulkiy munosabatda, balki 
bozor munosabatida o‘z o'rnini topishi kerak.
FUQAROLARNING YILLIK JAMI DAROMADI - ularning korxonada
olgan pul va natural ko'rinishdagi barcha to'lanmalaridan iborat. 
Xorijiy valyutada olingan fuqarolarning daromadi soliqqa tortish 
maqsadlari uchun daromad olingan kundagi Markaziy bankning 
kursi bo'yicha milliy valyutada aniqlanadi. Fuqarolarning yillik jami 
daromadi tarkibiga (soliqqa tortish maqsadlari uchun) quyidagilar 
kiritilmaydi: pensiyalar; davlat ijtimoiy nafaqalari (vaqtinchalik 
mehnat qobiliyatini yo'qotganligi uchun nafaqalardan tashqari); 
kompensatsion to'lanmalar; moddiy yordam ko'rsatish summalari 
(tabiiy ofat munosabati bilan); davlat zayomi obligatsiyalari 
va lotereyalari bo'yicha yutuqlar; banklar va boshqa kredit 
tashkilotlaridagi omonatlar bo'yicha foizlar va boshqalar.
FURE FRANSUA MARI SHARL (1772-1837) - Fransiya xayoliy sotsializm
vakilij kelajakni sinfsiz ko'rgan, uningcha, jamiyat ishlab chiqarish 
birlashmalari - falangalardan iborat.
FYUCHERS (futures) - qimmatbaho qog'ozlarni, valyuta yoki tovarlarni
belgilangan narx va kelajakdagi belgilangan muddatda sotish yoki 
sotib olish borasidagi bajarilishi majbur bo'lgan qisqa muddatli 
standart shartnomalardir.
FYUCHERS BITIMI - hali ishlab chiqarilmagan tovarlar namunasi bo‘yicha
tuziladigan fyuchers bitimi shartnomasi maklerlar tomonidan ko‘p 
marta olib sotiladi.
FYUCHERS OPERATSIYALARI - birjalarda amalga oshiriladigan savdo-
sotiq operatsiyalari. Bu operatsiyalar shartnoma tuzilganidan 
so'ng ishlab chiqariladigan yoki yetishtirib beriladigan mahsulotlar 
bo'yicha amalga oshiriladi. Odatda, ushbu shartnoma tuzilgandan 
so'ng buyurtmachi bajaruvchiga avans tariqasida ma’lum summani 
o'tkazib beradi.
FERMER XOJALIGI - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda
qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi 
mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt.
139


G
GAAGA QOIDASI - paroxod egalarining mintaqalararo yuk tashishda rioya
qilishi kerak bo'Igan qoidalar.
GAAP - (Generally accepted accounting principles), GAAP - buxgalteriya
hisobining AQShda umum qabul qilingan qoida va tamoyillari.
GANTT GRAFIKI - bu loyihaning har bir ishining boshlanish va tugatilish
vaqti, ushbu loyihaning barcha ishlari bajarilishining ketma-ketligi 
ko'rsatilgan grafikdir.
GAP - tovar bahosining keskin tushishi (bunda minimal baho joriy maksimal
bahodan yuqori bo'ladi) yoki keskin ko'tarilib ketishi (bunda 
maksimum baho minimal joriy bahodan past bo'ladi).
GARANT - kafolat beruvchi, kafil shaxs; garant. Kafolat beruvchi sifatida davlat va
uning tashkilotlari, banklar, korxonalar va firmalar bo'lishi mumkin.
GARANTIYA (KAFOLAT) - boshlangan ishning mauvaffaqiyatli yakun
topishini ta’minlay oladigan omillar va shart-sharoitlar; omadsizlik 
ro'y beradigan ehtimol mavjud bo'lganda amalga oshiriladigan 
ishning muvaffaqiyatli yakun topishini kafolatlab, mas’uliyatning 
o'z zimmasiga olinishi. Kontrakt tuzuvchi tomonlar, masalan, 
kontraktning bajarilishiga, agar bajarilmasa, zararlarni qoplashga 
kafillik beradi.
GARANTIYALIK MAJBURIYATI 
-
ishonchli, 
kafolatli 
majburiyat;
qarzdordan olinishi lozim bo'Igan summaning vaqtida to'lanishini 
ta’minlash uchun kreditorga berilgan kafolat.
GAROV - 1. Olingan qarz evaziga yoki majburiyatning, va’daning bajarilishiga
ishontirish uchun qoldirilgan omonat. 2. Savdo va tijorat ishlarini 
amalga oshirish hamda banklardan naqd pul bilan kredit olish 
vaqtida ko'char yoki ko'chmas mulkni vaqtincha qarz beruvchi 
ixtiyorigaberish. Bu garoy shahodatnomasi orqali rasmiylashtiriladi. 
Garov shahodatnomasi mol-mulk qarzdor tomonidan garovga 
qo'yilganligi haqidagi hujjatdir.
GAROV SHAHODATNOMASI - savdo va tijorat operatsiyalarini amalga
oshirish uchun foydalanishi mumkin Ьо' lgan mol-mulkning qarzdor 
tomonidan garovga qo'yilishi haqidagi kredit hujjatidir.
GAROVXONA - qimmatbaho buyumlar yoki ko'chmas mulklarni ma’lum foiz
hisobiga muayyan muddatga garovga olib, naqd pul bilan qarz 
beruvchi muassasa.
GASTARBAYTER - chet ellik ishchi.
140 



GATT - 1. Savdo va tariflar bo'yicha bosh kelishuv - tashqi savdo operatsiyalarini
o'tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo'lgan 
mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo'yicha 
xalqaro akt. 2. Savdo va tariflar qo'yish bo'yicha xalqaro bosh 
uyushma. U 1947-yili 23 ta davlat o'rtasida tuzilgan bo'lib, hozirda 
unga 100 ga yaqin davlat a’zo. Uning kengashi va kotibiyati Jenevada 
joylashgan.
GEOEKONOMIKA - yangi amaliy fan bo'lib, u davlatning konkret holdagi
xalqaro miqyosdagi iqtisodiy strategiyasi va taktikasini o'rganadi. 
Geoekonomika siyosiy-iqtisodiy, geografikmuammolarni o'rganadi. 
Bu atama 1980-yillarda dastlab AQSHda ishlatilgan.
GERB SOLIG'I - turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd
etish yoki uning aksionerlik kapitalini oshirish, ijara to'g'risidagi 
shartnoma va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq.
GILDEBRAND BRUNO (1812-1878)- nemis iqtisodchisi, iqtisodiy hodisalarni
tadqiq qilishning o'z tarixiy usulini ilgari surdi (natura, pul, kredit). 
Uningcha, qiymat - foydalilik bo'lib, xususiy mulk abadiydir.
GIPERINFLYATSIYA - haddan tashqari inflyatsiya, narxning shiddat bilan
o'sishi, pul qadrining g'oyat tez pasayishi. Inflyatsiyaning oylik 
darajasi 50% dan ortishi vabuholat 6 oydan ortiq davom etishi uning 
giperinflyatsiya darajasiga o'tganligini anglatadi. Giperinflyatsiya 
sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib bo'lmaydi. 
Giperinflyatsiya narxlar oyiga 1,5 barobar oshganda vujudga 
keladi. Bu hoi, o'z navbatida, moliyaviy tizimdagi beqarorlikka, 
pul muomalasining izdan chiqishiga, qaror topgan iqtisodiy 
munosabatlarning buzilishiga, jamiyatda tanglik o'sib borishiga olib 
keladi.
GIPOTEZA - ilmiy bilimlar rivoji, hodisalarning kelib chiqish sababi, xossalari
va ularning amal qilishini tushuntirish maqsadida ilgari suriladigan, 
asoslangan tasawurlardan iborat bo'lgan shakldir. Gipoteza 
orqali bilimlarning rivojlanishi 2 bosqichda amalga oshadi: 1. 
Gipotezani qurish. 2. Gipotezani tekshirish. Gipotezani qurish 
mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni taqqoslash va ular 
o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlash hamda ularni tahlil qilish 
asosida amalga oshadi. Gipotezani tekshirish gipotezadan kelib 
chiqadigan natijalarni umumiylikka tatbiq etib (deduksiya), ularni 
hodisalarning haqiqiy holati bilan taqqoslash orqali amalga oshadi.
GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY BO ZO R - jahon mamlakatlari o'rtasi­
dagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo'jalik tarzida amal 
qilishiga asoslangan munosabatlar.
GLOBAL MUAMMOLAR - olamshumul ahamiyatga ega bo'lgan va o'z
yechimini topishida jahondagi barcha mamlakatlarningbirgalikdagi


harakatlarini talab etuvchi sivilizatsiyamizning eng dolzarb 
masalalari.
GLOBALLASHISH - butun yer sharini qamrab oluvchi va innovatsiyalar
tomonidan pul sarmoyasi aloqalarini mustahkamlash maqsadida 
jahon bozorida faol harakat qiluvchi yangi aqliy-axborot 
texnologiyalardan tashkil topgan universal jarayondir.
GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY BOZOR - jahon 
mamlakatlari
o'rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo'jalik tarzida 
amal qilishiga asoslangan munosabatlar.
GOLLANDCHA AUKSION - auksionda stavka yuqoridan pastga tovar
sotilgunga qadar pasayib boradi.
GOMER (m.a. XII-VII asrlar oralig'i) - “Iliada” va “Odisseya” asarlarida natural
xo'jalik konsepsiyalarini ilgari surgan.
G O N O R A R - muallifyoki uning merosxo'rlariga ilm, fan va madaniyat sohasidagi
chop etgan ilmiy ishlari uchun mukofot tarzida beriladigan haq; 
muallifga beriladigan qalam haqi.
GORIZONTAL BIRLASHUV - bir xil mahsulotlar yoki bir xil xizmatlar
ko'rsatuvchilarning birlashuvi.
GORIZONTAL DIVERSIFIKATSIYA - firma assortimentini ayni paytda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog'liq bo'lmagan, biroq mijozlar 
qiziqishini uyg'otishi mumkin bo'lgan mahsulotlar bilan to'ldirish.
GORIZONTAL DIVERSIFIKATSIYA - ilgari ishlab chiqarilgan mahsulot
xiliga texnologik aloqasi bo'lmagan yangi mahsulotlarni ishlab 
chiqarish.
GORIZONTALMARKETING TIZIM I - kanalningbir pog'onasida (bo'g'inda)
faoliyat ko'rsatadigan korxonalarning birlashishi natijasida hosil 
bo'lgan tovar tarqatish tizimi.
GORIZONTAL TAHLIL - o'tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan
smeta xarajatlari o'rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.
GRAFIK (CHIZM A) USULI - zararsizlikningiqtisodiy vabuxgalteriya modulini
tuzish uchun asos bo'ladigan daromad, xarajatlar va foyda haj mining 
ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lishi.
GRANT -1 . Davlatlar, davlatlar hukumatlari,xalqaro va chet elhukumatiga qarashli
tashkilotlar tomonidan, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi 
Hukumati belgilaydigan ro'yxatga kiritilgan xalqaro va chet el 
nohukumat tashkilotlari tomonidan O'zbekiston Respublikasiga, 
O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga, fuqarolarning o'zini o'zi 
boshqarishorganlariga,yuridikvajismoniyshaxslargabeg'arazasosda 
beriladigan mol-mulk, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo'lmagan shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasiga hamda


0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga begaraz asosda beriladigan 
mol-mulk. 2. Ilmiy izlanishlar, o'qish, davolanish kabi maqsadlarda 
korxona, tashkilot va jismoniy shaxslarga pul shaklida yoki boshqa 
ko'rinishda beg'araz beriladigan subsidiya. Grantlar innovatsion 
xarakterdagi ishlarni maqsadli-imtiyozli moliyalashtirishdir. Soliqqa 
tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi ishlatilganda, xorijiy 
xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va tashkilotlarga pul 
yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini, 
o'qitish, davolash va boshqa shunga o'xshash maqsadlarni amalga 
oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to'g'risida hisobot berish 
sharti bilan beriladigan mablag'lar tushuniladi. Grant mablag'lari 
qat’iy maqsadli tayinlanishi bo'yicha foydalaniladi.
GROSSBUX - buxgalteriya hisobida bosh kitob.
GUAN-SZI (m.a. IV asr) - Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar. Unda xo'jalikni
davlat tomonidan tartibga solish tizimlari mukammal yoritilgan.
GUDVTL - (ing. goodwill) nomoddiy aktivbo'lib, korxonanixarid qilish chog'ida
yuzaga keladi va sotib olinadigan korxona uchun haq hamda uning 
sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi 
(bozor) qiymati o'rtasidagi farqni bildiradi.
GUMANIZM (INSONPARVARLIK) - 1. Insonning qadr-qimmatini yuqori
qo'yishga asoslangan qarashlar majmuyi. 2. Shaxsning har 
tomonlama kamol topishi, uning qadr-qimmati va huquqi hamda 
erkini himoya qilishga asoslangan ta’limot.
GURUH SAMARADORLIGI - guruhning umumiy maqsadlarini amalga
oshirish darajasidir.
GURUH SAMARADORLIGINING ASOSIY OMILLARI - bularga guruh
hajmi tarkibi, ma’lumotlar topshirig'i, tashqi muhit, rahbarlik 
uslubi, jarayonlar va tadbirlar, o'zaro ta’sir usullari, sabab, maqsadni 
amalga oshirish, guruhning qiziqishi kiradi.
GURUH 
TEXN OLO GIYASI 
PRINSIPI 
BO'YICH A 
USKUNA
J OYLASHISHI - bunda har hil uskunalar ishlanish uslublari 
o xshash bo'lgan mahsulotlar to‘liq tayyorlanadigan ish markazlari 
yoki texnologik kataklarga guruhlanadi. Bunday joylashish uyali 
joylashish deb ham ataladi.
GURUHNING MAQSADI - shaxsiy maqsadlarning bir-biriga mos kelishi va
o'zaro harakatlar induktoridir.
GAROV - olingan qarz evaziga yoki majburiyatning, va’daning bajarilishiga
ishontirish uchun qoldirilgan omonat.
GAROV SHAHODATNOMASI - savdo va tijorat operatsiyalarini amalga
oshirish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan mol-mulkning qarzdor
1
4

Yüklə 22,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə