Shajarai turk



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/16
tarix04.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#108223
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Madaniy hayotda: 
-
Xonlikning madaniy hayotida Xiva, Hazorasp, Urg anch, Vazir kabi 
shaharlarining o’rni; 
-
Eron bilan munosabatlar, jumladan Bug’achaxon davrida shoh 
Tahmasp bilan qarindoshlik munosabatlarining o’rnatilganligi, hamda 
Erondan xonlikka ko’plab sovg’alar yuborilganligi; 
-
Bu davrdagi savdo munosabatlari, jumladan Buxoro xonligi va 
ruslar bilan savdo aloqalari, shuningdek savdo karvonlarining Mang’ishloq 
orqali o’tganligi haqidagi ahamiyatga molik ma’lumotlar kabi masalalar 
yoritilgan. 
Yuqoridagilardan Abulg’ozi Bahodirxon va «Shajarai turk» 
asarining Xiva xonligi tarixini yoritishdagi ahamiyati, shuningdek Xorazm 
madaniyati tarixidagi o’rni haqida shunday xulosa qilishimiz mumkin:
1.
 
Muallif «Shajarai turk» asarini yaratish jarayonida turli uydirma va 
soxtaliklarga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladi. Shu ma’noda, o’zigacha 


62 
bo’lgan davr tarixini yozishda bir necha o’nlab tarixiy asarlarni o’rganib, 
faqat tarixiy haqiqat deb bilgan hodisalarnigina asarga kiritadi. 
Rashididdinning «Jome ut-tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiyning 
«Zafarnoma» asarlari bunda alohida ta’kidlab o’tiladi.
2.
 
Abulg’ozixon asarning asosiy qismi, ya’ni o’zi yashagan davr 
tarixini yozishda qarindoshlar o’rtasidagi kurashlarni ham, o’zining 
surgunlikdagi davrlarini ham g’alaba va mag’lubiyatlarini ham ochiq bayon 
etishga harakat qiladi. Bu hijatdan, olimlar uni Zahiriddin Muhammad 
Boburga qiyoslaydilar. Chunki, Abulg’ozi Bahodirxon ham avvalo hukmdor 
edi. Bu esa, unga mutlaq ijod erkinligi uchun imkon yaratdi. U saroy rasmiy 
arboblariga itoat etishi, qat’iy shakllangan an’anaviy uslub iskanjasida ijo d 
etishi shart bo’lmagan. Uning asarni yozishdan asosiy maqsadi, boshqa 
tarixchilardan farqli o’laroq ma’lum bir hukmdor davrini ulug’lash emas, 
balki tarixning yozilmay qolgan qismini to’ldirib keyingi avlodga 
yetkazishdan iborat edi. Shuning uchun ham, muallif tarixiy voqyea 
hodisalarni sodda, tushunarli, ixcham til birliklari orqali bayon etadi. 
Shuningdek, «Boburnoma» Andijon shevasida yozilgan bo’lsa, «Shajarai 
turk» Xorazm shevasida yozildi. Bu haqida uning ilmiy faoliyati bilan 
tanishgan 
venger 
sharqshunos 
olimi 
G.Vamberi: 
«Abulg’ozi 
Bahodirxonning ko’pgina ishlari Boburni xotirga tushiradi… Jahon uning 
«Shajarai turka asari uchun undan minnatdordir»
113
degan edi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə